Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti bxa 2-kurs k-18-22 Guruh talabasi rustamov sultonbekning moliya fanidan Mustaqil Ishi Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalari Mavzu


Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili


Download 9.73 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi9.73 Kb.
#1831764
1   2
Bog'liq
RUTAMOV SULTONBEK MOLIYA

3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari; aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot.
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’milashda oldindan belgilangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi (chizma). Bunday tamoyillar qatoriga budjet mablag’larini maqsadli taqsimlash,ulardan eng yuqori samara olinishiga erishiladigan holda foydalanish, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish va budjet xarajatlarini ijrosini ta’minlashda budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash kabilar kirishi mumkin. Bu tamoyillarga so’zsiz amal qilish budjet mablag’laridan maqsadli, samarali va tejamlilik asosida foydalanishga katta imkoniyat yaratadi.
Budjet intizomiga rioya etish buzilishining eng ko’p tarqalgan xarakterli ko’rinishi – bu bdjet mablag’larini mahalliy hokimliklarning farmoyishlari asosida adres dasturiga kiritilmagan qurilish va ta’mirlash ob’ektlariga, avtomobillar sotib olish, dabdabali tadbirlarni o’tkazishga yo’naltirishdir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 9.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling