Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo
II Bob. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash, uning miqyoslari va xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi sifatida
Download 0.74 Mb.
|
Iqtisodiy tizimda xufyona iqtisodiyotning o’rni va funksiyalari
II Bob. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash, uning miqyoslari va xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi sifatida
2.1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullari Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ichiga maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar uslublarini o‘z ichiga oladi. 2. Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi. 3. Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi. 4. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi. 5. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash. 6. Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning alohida elementlarini baholash . Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi: – monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi gipoteza asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi); – xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar va xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi; – bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi); – texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi); – uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert baholarini beradi; – sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat . • mikro darajadagi usullar (to‘ridan-to‘g‘ri, bevosita); • makro darajadagi usullar (bilvosita) (qarang: 2.1.1-rasm). Xufyona iqtisodiyotni mikrodarajada o‘lchashda bevosita (to‘g‘ri) usullardan foydalaniladi: xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash uchun so‘rovlar, ochiq tekshirish usuli va iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari. 1. So‘rovlar usuli. So‘rov orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar ijtimoiy izlanishlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, anonim intervyu usuli. Bunda intervyuda qatnashayotgan respondentlarni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin: • “yashirin faoliyatchilar” – noqonuniy iqtisodiy munosabatlarni amalga oshiruvchi va buni tan olishga tayyor bo‘lgan shaxslar; • “bevosita kuzatuvchilar” – yashirin muhitda bo‘lib, uni ichidan kuzatayotgan, lekin noqonuniy bitimlarda qatnashayotganini qayd etmaydigan shaxslar; • “tashqi kuzatuvchilar” – yashirin iqtisodiyotni u yoki bu faoliyatiga baho beruvchi respondentlar bo‘lib, ular bu faoliyatga qo‘shilmaydi yoki qo‘shilganini tan olmaydi. • “jabrlanuvchilar” – yashirin iqtisodiyot va korrupsiyadan jabr ko‘rgan, lekin yashirin faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar. So‘rov natijalari ma’lumotlar ishonchliligi nuqtai nazaridan “yashirin faoliyatchilar” va “bevosita kuzatuvchilar” afzalligini ko‘rsatmoqda. Ammo boshqa ikki guruh tomonidan berilgan ma’lumot ham muhim sanaladi. 2. Ochiq tekshiruv usuli. Ochiq tekshiruv usulini qo‘llash valyuta, bojxona, bank, soliq sohasida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalariga rioya qilmaslik kabi qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi nazorat organlarining vakolatidir. Ochiq tekshirish usuli, masalan soliq tekshiruvi yordamida olingan natijalardan hisob-statistika maqsadlarida foydalaniladi5. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling