5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASALLANISH VA O’LIM STATISTIKASI
5 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI Djuraev M.D Mirzaraimova S.S Mallaev M.M Khudoyberdieva M.Sh ONKOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash – 500000 Sog’liqni saqlash – 510000 Oliy hamshiralik ishi – 5510700 Onkologiya - 140014 6 RESPUBLIKADA ONKOLOGIK XIZMATNI TASHKIL QILISH KASALLANISH VA O’LIM STATISTIKASI Onkologik xizmat aholi o’rtasida xavfli o’smalarni tarqalganligini hisobga olgan holda saratonga qarshi rejali kurash olib borish zarurati yuzaga kelganligi munosabati bilan tashkil etilgan. hozirgi zamon sharoitida onkologik yordamni tashkil qilish statistik va epidemiologik tadqiqotlarni hisobga olish xavfli o’smalarning tarqalganligi va ular bilan kasallanishni prognoz qilish tizimiga asoslanadi. O’zbekiston RSSV Respublika Onkologiya Ilmiy Markazi (O’zR SSV ROIM), 1962 yilda UzFA onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti, 2000 yildan - O’zR SSV Respublika Onkologiya Ilmiy Markazi sifatida asos solingan. O’zR ROIM O’zbekiston Respublikasi onkologiya xizmatining bosh markazi xisoblanib, o’z tarkibiga onkologik xizmatning 17 yirik muassasalarini (shaharlar, viloyatlar, respublika dispanserlarini), shuningdek tuman va shahar poliklinikalarida 271 ta onkologik xonalarni olgan. Onkologik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) Onkologik bemorlar va kasalliklarni hisobga olish; 2) Xavfli o’smalardan kasallanish va o’lim tahlili; 3) Onkologik bemorlarni yuqori malakali ixtisoslashtirilgan (statsionar yoki poliklinika) tibbiy yordam bilan ta'minlash; 4) Onkologik bemorlar ustidan dispanser nazoratini olib borish; 5) Onkologik muassasalar funksional faoliyatini tahlil qilish; 6) Saratonga qarshi tadbirlar hududiy dasturlarini ishlab chiqish; 7) Xavfli o’smalarni erta aniqlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishni tashkil qilish va o’tkazishga doir uslubiy dasturni amalga oshirish; 8) Xavfli o’smalarni oldini olish bo’yicha sanitariya-oqartuv ishlarini tashkil qilish. Onkologik tarmoqning asosiy strukturaviy bo’linmasi onkologik dispanser hisoblanadi. quyidagi onkologik dispanserlar: respublika, viloyat, shahar dispanserlari farq qilinadi. Onkologik dispanser hududda aholiga onkologik 7 yordamni tashkil qiladigan va amalga oshiradigan sog’liqni saqlashning ixtisostirilgan muassasasi hisoblanadi. Onkologik dispanser strukturasi aholining xavfli o’smalar bilan kasallanish darajasi va onkologik patologiya srukturasiga muvofiq belgilanadi. Onkologikdispanser ilmiy ta'lim muassasalarining klinik bazasi hisoblanadi va onkolog shifokorlar, asosiy klinik ixtisosliklar egallagan shifokorlar, oliy va o’rta ma'lumotli tibbiy xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish vazifalarini bajaradi. Onkologik dispanser ishining asosiy yo’nalishlari statsionar va ambulator sharoitidagi bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashgan yordam ko’rsatish hisoblanadi. Onkologik dispanserning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Biriktirilgan hududdagi onkologik bemorlarga ixtisoslashtirilgan statsionar va poliklinika sharoitida to’liq hajmda yordam bilan ta'minlash; 2. Onkologik bemorlar ustidan dispanser nazorati; 3. Tegishli hududdagi davolash-profilaktika muassasalariga xavfli o’smalar va saraton oldi kasalliklarini erta diagnostika qilish masalalari bo’yicha tashkiliy- uslubiy rahbarlik qilish; 4. Tegishli hududda xavfli o’smalar bilan kasallanish va o’lim ko’rsatkichlarini muntazam tahlil qilib borish; Onkologik xizmat strukturasida onkologik xona birlamchi bo’g’in hisoblanadi. Onkologik xona onkologik dispanser bilan kelishilgan va onkologik xona ochilgan muassasa rahbari tasdiqlagan reja bo’yicha ish olib boradi. Onkologik xona ma'muriy jihatdan muassasa bazasi rahbariyatiga, tashkiliy-uslubiy jihatdan esa onkologik dispanserga bo’ysunadi. Onkolog shifokor lavozimiga onkologiya bo’yicha maxsus bilimi bo’lgan shifokor tayinlanadi. Onkolog shifokor o’z ishini saratonga qarshi tadbirlar bo’yicha onkologik dispanser bilan muvofiqlashtiradi, shu jumladan onkologik xona faoliyati doirasida sanitariya-oqartuv ishini tashkil qiladi va uslubiy yordamni amalga oshiradi. 8 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling