5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


ONKOLOGIK STATSIONARDA OLIY MA'LUMOTLI TIBBIY


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

ONKOLOGIK STATSIONARDA OLIY MA'LUMOTLI TIBBIY 
HAMSHIRANING ISHI 
So’nggi  o’n  yillik  mobaynida  tibbiyot  hamshirasi  faoliyati  doirasi  asta-sekin 
o’zgardi: ixtisosliklar ro’yxati kengaytirildi, muntazam malakasini oshirish va oliy 
ma'lumotli  diplom  olish  imkoniyati  vujudga  keldi.  Oliy  malakali  hamshiralarni 
tayyorlash  davlat  ta'lim  standartlariga  binoan  amalga  oshiriladi,  ularda  tibbiyot 
hamshirasining  ma'suliyati  va  mustaqil  mutaxassis  sifatidagi  ko’nikmalari  va 
bilimdonligi belgilab berilgan. 
Onkologik  muassasalarda  oliy  ma'lumotli  hamshiralarning  ishi  tibbiyot 
hamshiralari  faoliyatini  tartibga  soladigan  me'yorlar  va  qoidalarga  binoan  tashkil 
etilgan.Rivojlanib  borayotgan  onkologiya  xizmatida  alohida  ixtisoslashtirilgan 
bo’limlar  mavjud  bo’lib,  har  bir  tibbiy  hamshiraning  amaliy  ishi  ularga  muvofiq 
tarzda tashkil qilinadi. Butun dunyoda bunday vazifalarning tibbiyot hamshiralari  
tomonidan  shifokorlar  bilan  hamkorlikda  ishlab  chiqilishi  ular  ishining  tarkibiy 
qismi va faoliyatining negizidir. Oliy ma'lumotli hamshira tashkilotchi sanaladi va 
bo’limning  hamma  ishlariga  mas'ul  hisoblanadi.  Uning  vazifasi  quyidagilardan 
iborat: 

 
O’rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan ishlash; 

  Kuratsiya, bemorlarni qabul qilish va ularni palatalarga joylashtirish

 
harxil hujjatlarni rasmiylashtirish, bemor va uning yaqinlari bilan bo’limdagi 
qoidalar,  davolash  va  parvarish  xususiyatlari,  profilaktika,  reabilitatsiya 
tadbirlariga doir suhbatlar o’tkazish; 

 
Bo’limni  hamma  zarur  dori-darmonlar  va  sarflash  materiallari  bilan 
ta'minlash; 

  Farmatsevtik artibga qattiq rioya qilish ustidan nazorat


 
11 

  Me'yoriy hujjatlar bilan ishlash; 

 
Bo’limdagi  o’rta  va  kichik  tibbiyot  xodimlarini  intizom,  etika  va 
deontologiyaga rioya qilishlarini nazorat qilish

 
Bemorlarni ovqatlanishi haqida Qamxo’rlik qilish; 

 
Bemorlarning  hisobot  hujjatlarini  olib  borish,  anketalar  (so’rovnomalar) 
o’tkazish va ma'lumotlar bazasiga kiritish. 
Onkologik  statsionarda  va  poliklinikada  oliy  ma'lumotli  hamshira  ishining 
xususiyatlari  muayyan  malaka  va  maxsus  tayyorgarlikni  talab  qiladi.  Onkologiya 
bo’limida  oliy  ma'lumotli  hamshiraning  funksional  vazifalari  ana  shu 
xususiyatlarni  aks  ettiradi.  Ularda  o’smaga  qarshi  intensiv  kimyoterapiya 
o’tkazishni nazorat qilish ko’zda tutilgan. Oliy ma'lumotli hamshira o’rta tibbiyot 
xodimlarini  kadrlar  bo’yicha  ishini  joy-joyiga  o’o’yishni  ta'minlaydi,  bemorlarni 
davolash  va  parvarishiga  doir  o’zgarishlarni  qayd  etadi,  tibbiyot  xodimlarining 
shifokor ko’rsatmalarini o’z vaqtida va aniq bajarishlarini nazorat qiladi, bo’limni 
muntazam  aylanib  chiqadi.  Oliy  malakali  hamshira  faoliyati  faqat  diagnostik  va 
davolash  jarayoniga  taaluqli  bo’lmay,  balki  bemorlar  parvarishini  to’liq  yoki 
imkoni  boricha  reabilitatsiya  qilishgacha  yetkazishni  ko’zda  tutadi.  hamshira 
shifokorlarning  bemorlarni  davolash  jarayonini  muhim  tarkibiy  qismini 
ta'minlaydi:  bemorni  tashqi  muhit  sharoitlarini  optimallashtiradi,  uning 
muammolarini baholaydi va parvarishni amalga oshiradi, shifokor ko’rsatmalarini 
bajaradi.  
Oliy  ma'lumotli  hamshiralar  bemor  salomatligi  bilan  bog’liq  bo’lgan  aniq  va 
potensial  jismoniy  va  psixologik  muammolarini  baholaydi.  Ular  bemor  holatiga 
baho  beradilar  -  kayfiyati  va  jismoniy  faolligi,  teri  qoplami  va  shilliq  pardalari, 
me'da-ichak yo’li holati, nafas, yurak-qon tomirlar, qon yaratilish, siydik-tanosil va 
nerv  tizimlarining  holatini  baholaydilar.  Ushbu  ma'lumotlar  va  shifokor 
ko’rsatmalariga  asoslanib,  ular  bemor  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda 
hamshiralik  yordami  va  parvarishi  rejasini  tuzadilar.  Hamshiralik  yordami 
individual  yondoshuvni  hisobga  olgan  holda  hamshiralik  faoliyatining  qabul 
qilingan  standartlariga  binoan  amalga  oshiriladi.  Oliy  ma'lumotli  hamshira 


 
12 
tashxislash  va  davolash  jarayonining  asosiy  ishtirokchisi  hisoblanib,  tashkiliy 
masalalarni hal qilishda  ko’maklashadi. Bu  bemorlarning  holati ustidan  kuzatish, 
ularning muammolarini hal qilish, davolash bilan shug’ullanish, manipulyatsiyalar 
o’tkazish  va  hamshiralik  parvarishini  amalga  oshirishga  imkon  beradi.  Tibbiy 
hamshira  bemorga  diagnostik  muolajalarga  tayyorgarlik  ko’rish,  shifo  topish 
jarayoni  to’g’risida  va  o’tkazilayotgan  muolajalar  va  manipulyatsiyalarning 
maqsadga muvofiqligi haqida tushuntirish ishlarini olib boradi. 
Oliy  ma'lumotli  hamshiraning  shaxsiy  ishi  jarayonida  oqartuv  faoliyatini  amalga 
oshirishga  to’g’ri  keladi.  Ular  bemor  va  yaqinlari  bilan  bu  kasallik  sababli  unga 
duch  kelishi  mumkin  bo’lgan  barcha  ehtimolga  tutilgan  hollar  yuzasidan  tibbiy 
munozara  qilishi  va  tibbiy  bilimlari  darajasida  yordam  ko’rsatishi  shart. 
Onkologiya  va  "saraton"  so’zi  bilan  bog’liq  tushuncha  aholining  ko’pchiligini 
qo’rquvga soladi. Bemorlar bilan ishlashda oddiy nutq eng yaxshi muloqot shakli 
hisoblanadi.  qisqa  jumlalarni,  shuningdek  ikkita-uchta  jumlalarni  ishlatish 
maqsadga muvofiq.  
Tibbiy atamalarni tushuntirishda bemor tushunadigan tilda bayon qilish shart. Agar 
hamshira o’z ishini yuksak kasb sohibi darajasida olib boradigan bo’lsa, bemorda 
o’z  xastaligidan  forig’  bo’lishiga  ishonch  uyg’onadi,  uzining  sog’ayib  ketishiga 
umidvor bo’ladi.  
Oliy  ma'lumotli  hamshiralarni  onkologiya  konsul'tativ  poliklinikasida  ishlash 
ko’proq  ma'suliyatni talab  qiladi.  Bu poliklinika ishining  tabiati bilan  izohlanadi. 
qabulda shifokordan tezkorlik, aniqlik va hamjihatlik talab qilinadi, chunki u ko’p 
miqdordagi  patsientlarni  qabul  qilishi  kerak:  kasallik  tabiatini  aniqlashi,  davolash 
choralarini  tayinlashi,  tavsiya  qilinayotgan  rejim  va  davolash  xususida  suhbat 
o’tkazishi, bemorning kasalligi yuzasidan savollariga javob berishi kerak bo’ladi. 
Shifokor  zarur  bo’lgan  tekshirishlarni  tayinlashi,  mutaxassislar  bilan 
maslahatlashishi va bu hamma ma'lumotlarni bemorning ambulator tibbiy kartasiga 
yozib  qo’yishi  shart.  Poliklinikada  oliy  ma'lumotli  hamshira  vazifalariga  qabulni 
tashkil  qilishi  va  qabul  vaqtida  shifokorga  faol  yordam  berishi,  shifokorning  o’z 


 
13 
diqqat  e'tiborini  faqat  bemorga  qaratishi  zarurligini  nazarda  tutib,  uni  murakkab 
bo’lmagan vazifalardan ozod qilishi shart.  

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling