5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Onkologik xona vazifasiga quyidagilar kiradi
Download 1,74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Onkologik xona vazifasiga quyidagilar kiradi:
- Xavfli, xavfsiz o’smalar, saraton oldi kasalliklari va saratonga shubha qilingan kasalliklari bo’lgan bemorlarni konsul'tativ qabulini o’tkazish, xavfli kasalliklari bo’lgan bemorlarni sindromga mos davolash yoki uni tashkil qilish, shuningdek patronajga muhtoj bemorlarni uyda davolash; - Xavfli o’smalari va saraton oldi kasalliklari bo’lgan bemorlar ustidan dispanser nazorati olib borish, dispanser ko’riklari to’g’risidagi kartalarga statsionar davolash va davo tadbirlari haqidagi ma'lumotlarni kiritish; - Xavfli o’smalarga shubha qilingan yoki xavfli o’sma bilan kasallangan bemorlarni qo’shimcha tekshirish, ularni onkologik muassasalarga joylashtirishni va davolashni tashkil etish; - Xavfli o’smalari bo’lgan bemorlarni davolanishdan bosh tortish sabablarini tahlili qilish, maxsus yoki simptomatik davolash uchun ularni gospitalizatsiya qilish bo’yicha shoshilinch choralar ko’rish; - Tibbiy-sanitariya kengashida muhokama qilish uchun onkologik xizmat masalalari bo’yicha materiallar tayyorlash. Onkologik xona faoliyati miqyosida xavfli o’smalari bo’lgan hamma bemorlarni hisobga olish, xavfli o’smalar bilan kasallanish va o’limga doir ma'lumotlarni yig’ish va tahlil qilish alohida o’rin egallaydi. So’nggi yillarda har bir poliklinika va QVP da tashkil qilinadigan va onkologik xonalar bilan uzviy aloqada ishlaydigan ko’ruv xonalari xavfli o’smalar bilan kurashish ishida muhim o’rin egallaydi. Ko’ruv xonasi bemorlarni saraton oldi kasalliklari va sohaga vizual kirishga imkon beradigan o’smalarni erta tashxislash maqsadida profilaktik ko’rikdan o’tkazishni amalga oshiradi. Patologiya aniqlanganda bemorlarni tashxisni aniqlashtirish va davolashni tashkil qilish uchun tegishli mutaxassisga yo’llanma beradi. Profilaktik ko’riklarni va sitologik tekshiruvlar natijalarini hisobga oladi va qayd etadi. Kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari xavfli o’smalar tarqalganligi sabablari to’g’risida dalolat beradigan asosiy statistik ko’rsatkichlar hisoblanadi. Aholining turli guruhlarida xavfli o’smalar bilan kasallanishni o’rganish va ulardan o’limning 9 miqdoriy ko’rsatkichlarini tahlil qilish sog’liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga saratonga qarshi kurash dasturini ishlab chiqish va takomillashtirishga imkon beradi. Asosiy axborot manbalariga binoan har yili birlamchi hujjatlardan "Xavfli o’sma kasalliklari to’g’risidagi hisobot" (7-shakl) va "Xavfli o’smalari bo’lgan bemorlar to’g’risidagi hisobot" (35-shakl) tuziladi. 7-shakl bo’yicha hisobotga asoslanib kasallanish strukturasi aniqlanadi: xavfli o’sma bilan kasallanish ko’rsatkichlari hisoblanadi, onkologik kasalliklar tarqalganlik xususiyatlari va har bir alohida lokazatsiyaning salmog’i foizlarda aniqlanadi. 35-shakl bo’yicha hisobotga asoslanib, hisobda turgan xavfli o’smalari bo’lgan bemorlar qatlamlari, xavfli o’sma kasalligidan vafot etganlar to’g’risidagi ma'lumotlar, maxsus davolashga muhtoj xavfli o’smalari bo’lgan bemorlarni davolashga doir ma'lumotlar aniqlanadi. Xavfli o’smalar bilan kassallanish ko’rsatkichlari: Intensiv - xavfli o’sma birinchi marta aniqlangan bemorlar (mutloq raqamlarda) G` hudud aholisining o’rtacha yillik soni (1000, 10 000, 100 000 aholiga hisoblanadi); Standartlashtirilgan - kasallanishga har xil yosh strukturasi ta'sirini tenglashtirish uchun hisoblanadi. Kasallanish ko’rsatkichi qandaydir vaqt mobaynida yangi kasallik hollari paydo bo’lish sonini (chastotasini) ta'riflaydi. Kasallanishning kumulyativ ko’rsatkichi muayyan vaqt oraliQi ichida mazkur kasallik bilan kasallangan shaxslar toifasini ta'riflaydi. Xavfli o’smalardan o’lim ko’rsatkichlari: Intensiv - xavfli o’smalardan o’lgan bemorlar (mutloq raqamlarda) G` hudud aholisining o’rtacha yillik soni (1000, 10 000, 100 000 aholiga hisoblanadi); Standartlashtirilgan - o’limga har xil yosh strukturasi ta'sirini tenglashtirish uchun hisoblanadi. Onkologik kasalliklarning tarqalganlik xususiyatlari ularning chastotasi, kasallanish (o’lim) strukturasiga tegishli ko’rsatkichlari ta'sirini qiyosiy o’rganish 10 yo’li bilan aniqlanadi. Onkologik kasalliklar tarqalganligi ko’rsatkich sifatida muayyan vaqt mobaynida aholining qanday qismi mazkur patologiya bilan kasallanganligini baholashga imkon beradi. Download 1,74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling