5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


 Ul'trabinafsha nurlanish


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

 2.2.5. Ul'trabinafsha nurlanish 
 Eksperemental  va  epidemiologik  tekshirishlar  ko`rsatishicha  UB  nurlanish 
inson  uchun  kanserogen  xisoblanadi  va  yassi  xujayrali  saraton,  bazalioma  xamda 
teri melanomasiga olib keladi. 
  
UB nurlanish quyosh nurining ko’rinmaydigan spektr qismi xisoblanib 100-
400 nanometr (nm) uzunlikda bo’ladi. UB nurlanish radiatsiyasi shartli uch qismga  
bo`linadi:  UB-S,  garbetsid  UB  nurlari,  280nm  kam  uzunlikdagi  to`lqinlar;  UB-A 
radiatsiya  insonlar  va  laboratoriya  xayvonlarida  pigmentatsiya  xamda  eritema 
chaqiradigan  330-44  nm  uzunlikdagi  to`lqinlardir;  UB-B  radiatsiya  280-330  nm 
uzunlikdagi nurlardir. 290  nmdan kam  bo`lgan  UB-B  radiatsiya  nurlari  atmosfera 
bilan  yutiladi,  ozroq  qismi  yergacha  yetib  keladi.  UB  radiatsiyaning  aynan  shu 
qismi eng xavfli xisoblanadi. UB-A radiatsiya ta'siriga nisbatan uning ta'siri odam 
terisiga  kanserogen  ta'siri  sezilarli  kuchlirok.  Xar  xil  uzunlikdagi  UB  nurlarini 
o`rganish  oqibatida, eritemani  eng ko`p 297  nm  uzunlikdagi  UB  nurlar chaqirishi 
aniqlandi.  To`lqin  uzayishidan  UB  nurlari  samaradorligi  kuchi  pasayadi.  UB-B 
radiatsiya  teri  qarishi  jarayoniga  ta'sir  etadi.  Ekperemental  sistemalar  UB-B 
radiatsiyasi  natijasida  ko`pchilik  odam  terisi  yassi  xujayrali  saratoni  r53gen 
supressorida  mutatsiya  aniqlanadi.  Lekin  boshqa  tomondan  UB-B  radiatsiya 
organizmda  D  vitamini  va  kal'siy  oshishiga  olib  keladi,  bu  ayniqsa  nomutanosib 
ovqatlanadigan axoli uchun muximdir. UB radiatsiyasidan asosiy ximoya qiluvchi 
tarkibiy  qism  bu  OZON  (O
3
)  dir.  Ozon  UB-b  nurlanishni  stratosferada  yutib 
kamroq  UB-B  nurlarini  yerga  o`tkazadi.  Ozonning  yo’qolib  ketishi  UB-B 
nurlanishini yerga yetib keluvchi nurlanishi oshishiga olib kelishi mumkin. 
 Yassi  xujayrali  saraton  va  melanoma  bilan  kasallanishning  ortishini  ayrim 
olimlar  UB-B  nurlanishi  darajasining  yer  yuzining  ayrim  xududlarida,  masalan 
Kanada  va  Shveytsariyada,  ortishi  bilan  bog`lashmoqda.  Lekin  UB-B 
nurlanishining  global  ortishi  kuzatilmadi,  lekin  yomon  sifatli  va  teri  o’smalari  
ortishini 
iqtisodiy 
rivojlangan 
davlatdagi 
insonlarning 
ta'tillarini 
issiq 
mamlakatlarda  o`tqazishi  bilan  bog’lash  mumkin.  Teri  yomon  sifatli  o’smalari 
ko’proq  oq  tanli  axoli  o’rtasi  jumladan  quyoshda  ko’proq  toblanadigan  ko`k  va 


 
44 
kulrang  ko`zli  sariq  xamda  qizg`ish  sochli  axolida,  sepkil  chiqishga  moyil 
bo`lganlarda  uchraydi. Teri o’smalari ko’proq tananing ochiq joylarida kuzatiladi. 
  
Teri  o’smalari  yomon  sifatliligi  bo`yicha  yer  yuzining  turli  xududlarida 
teskari bog`lanish mavjud va UB nurlanish bilan esa musbat bog`lanish bor. Yassi  
xujayrali  saraton  bilan  ko`pincha  ochiq  xavoda  ishlaydigan, uzoq  muddat  quyosh 
nurlari  ta'sir  etadigan  ishchilar  kasallanishadi,  teri  melanomasi  bilan  esa  yopiq 
binolarda  ishlaydigan,  quyoshda  toblanishni  yaxshi  ko’radigan    va  terisi  tez 
kuyadigan    ishchilar  kasallanishadi  quyosh  nurlari  ta'siridan  (masalan  keratoz  va 
elastoz)  yuzaga  kelgan,  shuningdek  genetik  buzilishlarga    sindromlar  al'binizm, 
kseroderma, pigmentozum ega bo`lganlarda teri saratoni xavfi yuqori xisoblanadi. 
UB  nurlanishni  yassi  xujayrali  saraton  xavfiga  ta'siri  ko’proq  ifodalangan. 
Melanoma  etiologiyasida  quyosh    nurlanishi bilan  birga  ko`plab  xollar, displastik 
nevuslar ko’rinishidagi konstitutsional xususiyatlar muxim o’rin egallaydi.  
  
UB  nurlarning  uch  shakldagi  yomon  sifatli  o’smalar  oldini  olishdagi 
axamiyatini xisobga olib, ayniqsa 12 va 15.00 o’rtasida, uzoq muddatli quyoshda 
Bo`lishdan  saqlanish  lozim,  kanserogenez  nuqtai  nazaridan    quyosh    nurlarining 
faolligi eng xavfli bo’ladigan davr xisoblanadi. Ximoya kremlarini qo`llash  
kuyishni  oldini  oladi  lekin  melanoma  xavfini  kamaytirmaydi.  Bundan  tashqari 
tibbiy yo`riqnomalarsiz solyariylardan foydalanish tavsiya etilmaydi.  

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling