5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Gastrostomaning parvarishi
Download 1,74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Gastrostomaning parvarishi
Agar bemorda qizilo’ngachni o’tkazuvchanligi buzilishi yuzasidan operatsiya qilingan bo’lsa va unga gastrostoma qo’yilgan bo’lsa (oshqozon devorida, qorin oldingi devorida shakllantirilgan teshikka qo’yilgan rezinali naycha) oziqlantirish bir qator xususiyatlarga ega. Oshqozondagi maxsulot oqib ketmasligi uchun naycha egiladi va bog’lanadi yoki qisqich bilan qisiladi. Oziqlantirishdan oldin naycha yechiladi va uning oxiriga voronka kiydiriladi, unga oziqlantiruvchi aralashma quyiladi. Gastrostoma atrofidagi terini parvarishlash: - agar gastrostoma atrofida tuklar bo’lsa teri tekis tozalanadi; - har bir oziqlantirishdan keyin teri iliq suv bilan yuviladi yoki furatsilin eritmasi bilan yuviladi (1 tabletka furatsilin bir stakan qaynatilgan iliq suvga). Kaliy margansovksining oqish-pushti kuchsiz eritmasidan foydalanish mumkin (bir nechta krastallar bir stakan iliq suvga); - gastrastoma atrofiga shifokor tavsiya qilgan mazlar ("Stomagezin") yoki pasta (ruxli, Lassar, dermatolli) surtiladi va tal'k sepiladi (tanin kukuni yoki kaolindan foydalansa ham bo’ladi). Mazlar, pastalar, sepkichlardan foydalanish gastrastoma atrofida po’stloqlar hosil bo’lishiga olib keladi va terini oshqozon shirasi ta'siridan qimoyalaydi; - maz' yoki pasta qoldiqlari salfetka bilan olib tashalanadi; - gastrostoma orqali oziqlantiriladigan rezinali naycha oziqlantirishdan keyin biroz qaynagan iliq suvda yuviladi. Jarohatlarni parvarish qilish 227 Jarrohlik amaliyotidan keyingi jarohatni parvarishlashda uning holati baholanadi: jarohat atrofida qizarishlar borligi, choklar holati, jarohatga qo’l tekkizganda bemor ta'sirchanligiga e'tibor qaratiladi. Bog’lamni almashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: - hamma ishlatilayotgan predmetlar sterilligi tekshiriladi; - bog’lovdan keyin va oldin qo’llarni sovun yoki antiseptik bilan yuviladi. qo’llarni qog’ozli sochiqqa yoki salfetkalarga artiladi, ko’p marta ishlatiladigan sochiqdan foydalanish mumkin emas; - muolajagacha qo’lqoplar kiyiladi; - ishlatilgan asboblar va material idishga solinib, epidemiyaga qarshi tartibga ko’ra qayta ishlanishi kerar; - hohishga ko’ra bir martalik steril dori vositali upakovkalardan foydalanish kerak. Muolajadan oldin quyidagilar qilinadi: - qo’llar yuviladi; - bog’lov uchun hamma kerakli narsalar tayyorlanadi (steril salfetkalar, qo’lqoplar: steril va nosteril, qaychi, pinset, lotok, yod spirtli eritmasi, bint, leykoplastir yoki bog’lamni mustahkamlash uchun kleol); - bemorga muolaja va uni maqsadi tushuntiriladi; - bemor qulay yotqiziladi, jarohat joylashgan soha ostiga kleyonka qo’yiladi; - ifloslangan predmetlar uchun yon tomonda paket bo’lishi kerak. Muolaja quyidagicha amalga oshiriladi: - nosteril qo’lqoplar kiyilib ifloslangan bog’lam olib tashlanadi. Bu tez, bemor uchun og’riqsiz va tartibli amalga oshiriladi. Agar bog’lam jarohatga yopishgan bo’lsa uni steril suv yoki vodorod perioksid bilan ho’llash kerak. Iflos material va qo’lqoplar plastik paketga tashlanadi; - steril qo’lqoplar kiyiladi; - pinset bilan steril dokali salfetka olinadi, uni steril distillangan suv bilan yoki 0.9 %li natriy xlorid bilan qo’llanadi, jarohat yuviladi, steril salfetka bilan quritiladi. Ishlatilgan material paketga solinadi; 228 - jarohat yod spirtli eritmsi bilan qayta ishlanadi, buning uchun pinset va salfetkadan foydalaniladi; - jarohat steril salfetka bilan yopiladi, tepasidan katta salfetka qo’yiladi. Bog’lov materiali leykoplastr' yoki kleol bilan mustahkamlanadi; - bemor qulay yotqiziladi; - kleyonka olib tashlanadi; - ishlatilgan predmet va qo’lqoplar plastik paketga solinadi; - qo’llar yuviladi. Download 1,74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling