5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
BEMORLARNI YUVINTIRISH
Yotoqda uzoq muddat yotgan bemorlar va har xafta gigienik vanna qabul qilmaydigan bemorlar, shuningdek siydik hamda axlatni ushlab tura olmasdigan bemorlar kuniga bir necha marta yuvintirilishi kerak, chunki chov sohasidagi burmalarda to’planib qoladigan siydik va axlat teri butunligi buzilishi va yotoq yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuvintirish kaliy permanganat kuchsiz eritmasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritma bilan amalga oshiriladi. Eritma iliq bo’lishi kerak(30-32gradus). Yuvintirish uchun ko’za, kornsang va steril paxtali shariklar bo’lishi kerak. Ko’pincha ayollarni yuvintiriladi. Yuvintirishda dumbalar ostiga tuvak qo’yiladi. Bemor chalqanchasiga oyoqlarini tizzadan bukib va sonlarini biroz ochgan holda yotadi. Chap qo’lga iliq dezenfeksiyalovchi eritma bilan ko’za olinadi va tashqi jinsiy a'zolarga quyiladi. Paxtali tampon bilan jinsiy a'zolar asta-sekin orqa chiqaruv yo’li tomon harakatlantirilib (tepadan pastga) bir marta yuviladi, shundan so’ng paxtali quruq tampon bilan teri o’sha yo’nalishda artiladi va infeksiyani orqa chiqaruv yo’lidan siydik qopiga kiritmaslik uchun tampon tashlab yuboriladi. Yuvintirish rezinali naycha, qisqich va qinli uchlikka ega Esmarx krujkasi orqali qilingani qulayroq, oraliqqa suv oqimi yoki margansovka kuchsiz eritmasi yo’naltiriladi. 217 Erkaklarni yuvintirish osonroqdir. Bemor holati chalqanchasiga yotgan, oyoqlar tizzadan bukilgan holda; dumbalar ostiga tuvak qo’yiladi va suv oqimi oraliq hamda chov burmalariga yo’naltiriladi. Paxtali tampon bilan teri artiladi, keyin quruq paxtali tampon bilan uni quritib artiladi; agar chov burmalarida qipiqlanish bo’lsa vazelin yoki har qanday yog’ bilan surkash mumkin. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling