5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


 Chekish va tamakining boshqa is'temol shakllari


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

         2.2.1 Chekish va tamakining boshqa is'temol shakllari 
        Yomon  sifatli  o’smalar  rivojlanish  xavfi  chekish  oqibatida  yuzaga  kelishi 
to’lik  o’rganib  chiqilgan  .1985  yil  va  2002  yil  chaqirilgan  Xalqaro  saratonni 
o’rganish agentligi (XSUA)ning ishchi guruxi  umumlashtirilgan epidemiologik va 


 
28 
ekspremental natijalariga ko’ra tamaki chekish inson uchun kanserogen ta'sir qilib 
lab, til, og’izning boshqa qismlari, xalqum, qizilo’ngach, oshqozon, oshqozon osti 
bezi,  jigar,  xiqildoq,  traxeya,  bronxlar,  siydik  qopi,  buyraklar,  bachadon  bo’yni 
saratoni va miyeloid leykozga olib keladi. 
         Tamaki  tarkibida  nikotin  bo’lib  xalqaro  tibbiy  muassasalar  tomonidan 
narkotik  qaramlikka  olib  kelishi  tan  olingan.  Nikotinga  qaramlik  xalqaro 
kasalliklar  klassifikatsiyasiga  qaratilgan.  Nikotin  narkotik  qaramlikni  asosiy 
mezoniga kiradi va quyidagicha xarakterlanadi: 
 -  tashlashga  bo’lgan  takrorlanuvchi  xarakatlar  va  xoxishga  qaramasdan,  iste'mol 
qilishga bo’lgan yengib bo’lmas xolat; 
 - miyaga ta'sir etuvchi psixoaktiv ta'sirotlar rivojlanishi
 -  abstinensiya  sindromini  o’z  ichiga  oluvchi  psixoaktiv  modda  ta'siridan 
rivojlanuvchi xulq-atvor. 
         Nikotindan  tashqari  tamaki  tutuni  tarkibida  o’nlab  toksik  va  kanserogen 
moddalar  bor,  jumladan  politsiklik  aromatik  uglevodorodlar  (PAU),  masalan 
benzopiren, aromatik aminlar (naftilamin, aminobifenil), uchuvchi nitrobirikmalar, 
tamaki  spetsifik  nitrozoaminlar  (TSNA),  vinilxlorid,  benzol,  al'degidlar 
(formal'degid),  fenollar,  xrom  kadmiy  poloniy-210,  erkin  radikallar  mavjud. 
Yuqoridagi  ayrim  moddalar  tamaki  bargida  mavjud  qolganlar  qayta  ishlash 
jarayoni  va  yonish  oqibatida  paydo  bo’ladi.  Qayd  etish  kerakki  tamaki  tutunini 
yutish  jarayonida  sigaretda  xarorot  yuqori  bo’ladi,  bu  tamaki  tutuni  tarkibining 
turli  kimyoviy  moddalar  konsentratsiyasini  belgilaydi.  Aynan  shunaqa  tutun 
tarkibida nikotin, benzol, PAU miqdori yuqori bo’ladi. 
          Ko’pchilik  kanserogen  va  mutagen  moddalar  tamaki  tutuni  zich  fazasida 
bo’ladi va chekish paytida kembridj filtrida qolib ketadi. Kembridj filtrida tamaki 
tutunining  zich  fazasida  ushlanib  qolgan  qismi  smola  deyiladi,suv  va  nikotindan 
tashqari.  Sigaret  turi,  uning  filtri,  tamaki  navi  va  qayta  ishlanishi,  sigaret  qog’ozi 
perforatsiyasi  sifati,  darajasiga  bog’liq  xolda  tamaki  tutuni  tarkibida  nikotin  va 
smola  miqdori  xar  xil  bo’lishi  mumkin.  Oxirgi  20-25  yil  ichida  rivojlangan 
davlatlar  va  Rossiyada  tamaki  tutuni  tarkibida  smola  va  nikotin  miqdori  sezilarli 


 
29 
darajada  kamaydi.  Ko’pchilik  mamlakatlarda  smola  va  nikotin  miqdori  uchun 
normativlar  mavjud.  Smola  uchun  ushbu  ko’rsatkich  10-15  mg  atrofida  bitta 
sigaretada, nikotin uchun 1-1.3 mg bir sigaretada. 
           Epidemiologik  tekshiruvlarda  chekish  va  yomon  sifatli  o’smalar  o’rtasida 
etiologik  bog’liqlik  borligi  ko’rsatib  o’tilgan.  Chekishga  bog’liq  nisbiy  xavf 
ko’rsatkichi  (NXK)  xar  xil  lokalizatsiyadagi  o’smalar  uchun  turlicha  va  chekish 
boshlangan yosh, chekish davomiyligi va bir kunda cheqiladigan sigaret miqdoriga  
bog’liq. 
            Og’iz  bo’shlig’i  va  xalqum  saratoni  rivojlanish  xavfi  chekuvchilarda 
chekmaydiganlarga  qaraganda  2-3  baravar  yuqori  bo’ladi,  bir  kunda  bir  pachka 
sigaretdan  ko’p  chekadiganlarda  esa  nisbiy  xavf  10  baravargacha  yetadi.            
O’pka va xiqildoq saratoni rivojlanish xavfi chekuvchilarda juda yuqori. 
            Ko’pchilik  epidemiologik  tajribalarda  NX  ko’rsatkichi  chekish  boshlanish 
yoshi  ,  davomiyligi,  bir  kunda  iste'mol  qilinadigan  sigaret  miqdoriga  bog’liqligi 
aniqlangan.  Masalan  ingliz  shifokorlarining  tekshiruvlariga  ko’ra  o’pka  saratoni 
kuniga 1-14 sigaret chekuvchilarda  NX 7,9 bo’ladi, 15-24 ta chekadiganlarda12,7 
va  25  tadan  ortiq  chekadiganlarda  25  bo’ladi.  Boshqa  davlatlarda  o’tkazilgan 
Amerika saratonga qarshi kurash tashkiloti tekshirishlari natijasiga ko’ra chekishni 
boshlanish yoshi asosiy axamiyatga ega. O’pka saratoni eng yuqori NX erkaklarda 
15 yoshgacha chekishni boshlaganlarda kuzatilgan. 15-19yoshda NX 12,9 , 20-24 
yoshda 9,7 25dan yuqoridagilarda 3,2. Shuni takidlab o’tish kerakki chekish xamda 
o’pka  saratoni  o’rtasida  bog’liqlik  adenokarsinomaga  nisbatan  yassi  xujayrali  va 
kichik xujayrali saratonda ko’proq namoyon bo’ladi.  
            Qizilo’ngach 
saratoni 
rivojlanishi 
chekmaydiganlarga 
qaraganda 
chekuvchilarda  5  marta  yuqori.  Oshqozon  saratoni  paydo  bo’lishi  xavfi  1,3-1,5 
marta  yuqori  bo’ladi,  bunda  chekish  oqibatida  kardial  va  oshqozonning  boshqa 
qismlarida  saraton  rivojlanish  xavfi  ortadi.  Chekish  oshqozon  osti  bezi  saratoni 
sababchilaridan biri xisoblanadi. Chekadiganlarda oshqozon osti bezi saratoni NX 
2-3  baravar  yuqori  bo’ladi.  To’g’ri  ichak  va  chambar  ichak  saratoniga  chekish 
ta'sir  qilmaydi,  lekin  ayrim  tekshiruvlarda  yo’g’on  ichak    adenamatoz  polipi  va 


 
30 
chekish  o’rtasida  bog’liqlik  aniqlangan.  Shuningdek  chekish  va  anus  raki  paydo 
bo’lishida  xavf omili mavjud (yassi xujayrali yoki o’tuvchi xujayrali o’sma).  
             Bir  qancha  epidemiologik  tekshiruvlarda  jigar  saratoni  bilan  chekish 
o’rtasida  bog’liqlik  kuzatilgan.  Odatda  chekish  ichish  bilan  birga  kelganda 
gepatotsellyulyar  saraton  xavfini oshiradi. Undan  tashqari gepatit  C  va  V bo’lgan 
bemorlarda  chekish  oqibatida  jigar  saratoni  xavfi  oshadi.  Xolangiotsellyulyar 
saraton  xamda  o’t  qopi  o’t  yo’llari  yomon  sifatli  o’smalari  o’rtasida  bog’liqlik 
aniqlanmagan. 
             Chekish  siydik  qopi  va  buyraklar  saratoni  sababchisi  xisoblanadi.  Xavf 
omili  chekuvchilarda  5-6  martagacha  yuqori.  Chekishga  bog’liq  xolda  
adenokarsinomaga  nisbatan  buyrak  yassi  xujayrali  va  o’tuvchi  xujayrali  saratoni 
ko’prok uchraydi. 
            Bachadon  bo’yni  saratoni  va  intraepitelial  neoplaziya  xamda  chekish 
o’rtasida  bog’liqlik  qayd  etilgan.  Pi-virus  papillomasi  bilan  zararlanish  oqibatida 
rivojlanuvchi  bachadon  bo’yni  saratonida  chekish  kanserogenez  "jarayoni 
promoteri"  rolini  o’ynaydi.  Bir  qator  epidemiologik  tekshirishlarda  chekish  va 
miyeloblastoz  leykoz  NX  borligi  aniqlangan.  O’tkir  miyeloblastoz  leykozda  NX 
1,5ga  teng.  Chekuvchi  ayollarda  faqat  bachadon  tanasi  saratonigina  kamroq  xavf 
omili  xisoblanadi.  Bu  kuzatish  "xolat-  nazorat"  uslubi  bilan  tekshirilganda 
isbotlangan.  Chekuvchi  ayollarda  endometriy  saratoni  nisbiy  xavfi  ko’rsatkichi 
0,4-  0,8  ga  teng.  Ushbu  lokalizatsiyadagi  saratonga  qarshi  bunaqa  ximoya 
mexanizmini 
esterogenlar 
(ingibirlanishi) 
miqdorining 
pasayishi 
bilan 
tushuntiriladi. 
Bundan 
tashqari 
chekuvchi 
ayollarda 
menopauza 
chekmaydiganlarga  nisbatan  2-3  yil  oldinroq  yuzaga  keladi.  Chekish  odatda 
tuxumdonlar saratoniga ta'sir kursatmaydi. Shu bilan birga chekish va  qin saratoni 
xavfi  o’rtasida  bog’liqlik  bor.  Epidemiologik  tekshirishlarda  chekishning  sut  bezi 
saratonini paydo  qilishi  o’rganilgan bulib,  natijalar  sut bezi saratoni  xavfiga  ta'sir 
etmasligini  ko’rsatadi.  Shuningdek  prostata  saratoni  rivojlanish  xavfiga  xam 
chekish odatda ta'sir etmaydi. 


 
31 
           Chekish bilan  bog’liq  yomon  sifatli  o’smalar    aniqlovchi  xavfi  (AX), ya'ni 
xamma  saraton  xolatlarining  foizi  xar  xil  o’smalar  uchun  turlicha.Konservativ 
baxolashga  ko’ra  chekish  erkaklardagi  87-91%  ayollardagi  57-86%  o’pka 
saratoniniig  sababchisidir.  43%  dan  60%  gacha  og’iz  bo’shlig’i,  qizilo’ngach  va 
xiqildoq saratoni chekish yoki chekish bilan birga ko’p miqdorda alkogol' iste'mol 
qilish oqibatida chaqiriladi. Siydik qopi va oshqozon osti bezi saratonining sezilarli 
foizi xamda kam miqdorda buyrak, oshqozon, bachadon bo’yni saratoni va mieloid 
leykoz o’rtasida bog’lanish mavjud. Sigaret chekish xavfli o’smalar sababining 25-
30% ni tashkil etadi. Ba’zi fikrlarga ko’ra sigara chekish kanserogen ta'sirga emas, 
lekin epidemiologik natijalarga ko’ra SIGARA chekish xuddi SIGARETA chekish 
singari og’iz bo’shlig’i, xalqum, xiqildoq, o’pka, qizilo’ngach, oshqozon osti bezi 
saratoni  xavfini  oshiradi.  SIGARA  chekuvchilarda  o’pka  saratoni  xavfi  nisbatan 
pastroq,  lekin  chuqur  tortib  chekadiganlarda  yuqori  bo’lishi  xam  mumkin. 
Chekuvchilarda  yomon  sifatli  o’smalar  nisbiy  xavfi  chekish  davomiyligiga,  bir 
kunda cheqiladigan sigaret soniga, shuningdek SIGARA, SIGARETA yoki trubka 
chekish  bir-biriga  mosligiga  bog’liq.  SIGARA  tutuni  SIGARETA  tutuni  tarkibi 
singari  deyarli  xamma    toksik  va  kanserogen  moddalarga  ega.  Biroq  uning 
tarkibida  ko’proq  nikotin  va  TSNA  bor.  Sigara  tutuni  sigareta  tutuni  pH  ga 
nisbatan yuqoriroq, shunga ko’ra nisbatan kamroq yutilishiga olib keladi. Nikotin 
va boshqa moddalar og’iz bo’shlig’I shilliq qavati orqali so’riladi, agar chekuvchi 
ko’proq tortsa bronxlar orqali suriladi. 
            Bir  nechta  o’nlab  epidemiologik  tekshiruvlar  oqibatida  MAIR  (2003) 
passiv  chekish  xam  kanserogen  degan  xulosaga  keldi.  Chekuvchi  erkaklarning 
chekmaydigan  turmush  o’rtog’lari    o’pka  saratoni  NX  1,3  -1,7.  AQSH  atrof 
muxitni  ximoya  qilish  agentligi  passiv  chekish    yiliga  uch  ming  amerikalik 
o’limiga  sababchi  bo’lishi  va  o’pka  saratoni  xavfini  30%ga  oshiradi  degan 
xulosaga kelishdi. 
             Chekishdan  tashqari  tamaki  iste'mol  qilishning  boshqa  shakllari  xam 
mavjud.  Xindistonda tamaki va va boshqa aralashmalar (masalan betel' usimligi  


 
32 
barglariga  uralgan  tamaki  va  oxak  yoki  mayda  qilib  ezilgan  chiganok  kukuni) 
chaynaladi  yoki  til  otiga,  lunj  ortiga  qo’yiladi.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida 
NOSVOY  tarqalgan  bulib,  tamaki  va  oxak  yoki  kul  aralashmasidan  iborat. 
NOSVOY    xam  til  osti  yoki  lunj  ortiga  qo’yiladi.  Shvetsiyada  spus  tamaki 
maxsuloti tarqalgan, peroral iste'mol qilinadi. Bundan tashqari xidlash uchun ham 
tamakilar mavjud. 
          Tamaki  tutunidan  farqli  ravishda  yuqorida  sanab  o’tilgan  tamaki 
maxsulotlarida  tamaki  yuqori  xaroratda  yonish  oqibatida  paydo  bo’ladigan 
kanserogen moddalar yok. Biroq ular tarkibida kanserogenligi isbotlangan TCHA, 
N-nitrozonornikotin  (NNN),  4-metilnitro-amino1-(3-piridil)-1-butanon  (NNK) 
mavjud.  Epidemiologik  tekshiruvlar  oral  tamaki  maxsulotlari  og’iz  bo’shlig’i  va 
xalqum saratoni xavfini oshirishini ko’rsatadi. Tamaki oral maxsulotlarini iste'mol 
qilish va saratonga olib keluvchi og’iz bo’shlig’i patologik xosilalari, leykoplakiya 
o’rtasida bog’liqlik aniqlangan.  
          1984  yil  tuzilgan  MAIR  ishchi  guruxi  eksperemental  va  epidemiologik 
taxlillarga  ko’ra  tamaki  maxsulotlarining  oral  shakllari  inson  uchun  kanserogen 
xususiyatga ega degan xulosaga keldi.(1-tabl.) 
Shunday qilib tamaki yomon sifatli o’smalarning asosiy sababidir. 
           Ayrim rivojlangan mamlakatlar masalan AQSH va Buyuk Britaniyada axoli 
o’rtasida chekishni kamaytirish oqibatida o’pka saratoni va chekish bilan etiologik 
bog’liq boshqa saraton shakllarining kamayishiga olib keldi. 
           Yomon 
sifatli 
o’smalardan  tashqari  chekish  o’pka  obstruktiv 
kasalliklarining  asosiy  sababi  xisoblanib,  miokard  infarkti  va  bosh  miya 
insul'tining  sababchilaridan  biridir.  Xar  ikkinchi  chekuvchi  odam  chekish  bilan 
bog’liq  sabablardan  xalok  bo’ladi.  Chekuvchilarning  o’rta  yoshda  (35-69)  o’lim 
soni  chekmaydiganlarga  nisbatan  3  marta  yuqori,  bunda  ularning  xayot 
davomiyligi chekmaydiganlarga qaraganda 20-25 yil kamroq. 
          Xattoki  o’rta  yoshda  chekishni  tashlash  oqibatida  O’pka  saratonidan  va 
chekish bilan bog’liq boshqa sabablardan nobud bo’lish xavfi kamayadi. Masalan 


 
33 
butun umr chekkan erkaklarda (70 yoshgacha) o’pka saratonidan kumulyativ o’lim 
xavfi 16%, 60 yoshda chekishni tashlaganlarda bu kursatkich 11% ni tashkil etadi.  
Chekishni  50  va  40  yoshda  tashlanganlarda  o’pka  saratondan  kumulyativ  o’lim 
xavfi 5 va 3% ni tashkil etadi. 
               Saraton  profilaktikasida  asosiy  yo’nalish  chekishga  qarshi  kurash 
xisoblanadi. Xamma xalqaro va milliy saratonni oldini olish  dasturlarida chekishni  
nazorat qilishga juda katta axamiyat berilmoqda. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling