5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


  Saraton  birlamchi  profilaktikasi:  saratonga  qarshi  kurash    o’rni


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

              2.2  Saraton  birlamchi  profilaktikasi:  saratonga  qarshi  kurash    o’rni 
va roli 
         1947  yilda  ulug’  onkologiya  akademigi  N.N.  Petrov:  "Biz  saraton  sabablari 
haqida  ko’p  narsa  bilamiz,  shuning  uchun  saratonga  qarshi  kurashni  profilaktika 
qilish nafaqat iloji bor balki zarurdir" deb yozgandi. Qancha yillar o’tsa xam ushbu 
fikr amaliyotda o’z  o’rnini topmoqda. Xozirgi kunda umumiy nuqtai nazar qabul 
qilingan bo’lib, saratonga qarshi kurashda profilaktika ustuvor axamiyatga ega. 
         Saraton  profilaktikasi  deyilganda  yomon  sifatli  xosilalarning  kompleks 
profilaktikasi  ya'ni  birlamchi  (klinik  ko’rinishgacha),  ikkilamchi  (klinik), 
shuningdek uchlamchi (retsedivga qarshi) saraton profilaktikasi tushiniladi. 
         Onkologik  kasallanishni  kamaytirish  asosiy  rolni  birlamchi  saraton 
profilaktikasi  (BSP)  egallaydi,  bunda  yomon  sifatli  o’smalar  paydo  bo’lishini 
oldini  olish  va  o’sma  oldi  jarayonlarini  yo’qotish, noxush  atrof  muxit  faktorlarini 
zararsizlantirish  yoki  susaytirish,  hamda  organizmning  nospetsifik  rezistentligini 
oshirish  nazarda  tutiladi.  Chora  tadbirlar  sistemasi  antenatal  (tug’ruqqacha 
bo’lgan) davrdan boshlab  butun inson xayotini qamrab olishi kerak. 
           Boshqacha  aytganda  BSP  chora  tadbirlari  atrof  muxit  ta'sirlarini 
yo’qotishiga,  shuningdek  organizmning  biologik  xususiyatlarini  qayd  etishga 
(o’sma  paydo  bulishining  nasliy  va  orttirilgan  moyilligi,  yoshga  bog’liq 
o’zgarishlar) qaratilishi kerak. 
           BSP  ning  strategik  maqsadi    axoli  o’rtasida  onkologik  kasallanishni 
kamaytirishdir. 


 
26 
            BSP  asosiy  yo’nalishlari  asosan  oxirgi  uch  o’n  yillikda  shakllangan  va 
quyidagicha namoyon bo’ladi: onkogigiyenik profilaktika, biokimyoviy (kimyoviy 
profilaktika),  tibbiy  genetik,  immunobiologik,  endokrin-  yoshga  bog’liq 
profilaktika. 
            Onkogigienik  profilaktika-  bu  atrofdagi odamga  ta'sir  qiluvchi kanserogen 
faktorlarni  aniqlash  va  yo’qotish,  xayot  tarzini  xususiyatlarini  tartibga  solishdir. 
Keng qo’llaniladigan va yaxshi ishlab chiqilgan  yo’nalish xisoblanadi. 
           Biokimyoviy  profilaktika  (kimyoviy  profilaktika).  Kanserogen  faktorlarni 
blastomogen  ta'sirini  oldini  olish  uchun  ma'lum  bir  kimyoviy  preparatlar, 
birikmalar  va  maxsulotlarni  ishlatishdir,  shuningdek  inson  organizmiga 
kanserogenlarning  biokimyoviy  monitoringidir.  Bu  yo’nalish  amaliy  qo’llanish 
darajasiga yetdi. 
             Tibbiy genetik profilaktika. Bunda nasliy o’sma va o’sma oldi kasalliklari 
bo’lgan  oilalar,  xromosom  noturg’un  bo’lgan    shaxslar  aniqlanadi    va  ularga 
kanserogen  faktorlarning  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  ta'sirini,o’smalarni  paydo 
bo’lish  xavfini  kamaytirish  choralari  tushiniladi.  Onkologik  kasalliklarni  tibbiy 
genetik  profilaktikasi    ya'ni  birlamchi  va  ikkilamchi  saraton  profilaktiksining 
sistemasi yaratilishi mumkin. 
              Immunobiologik profilaktika. O’smalar paydo bo’lishiga sababchi immun 
statusida  o’zgarishlar  bo’lgan  shaxslarni  aniqlash  va  tartibga  soluvchi  chora 
tadbirlar amalga oshirish, kanserogen ta'sirlardan ximoya qilish tushuniladi.  
               Vaksinoprofilaktika.  Samarador  profilaktik  choralarni  ishlab  chiqish  va 
amalga oshirishdir. 
               Endokrin-  yoshga  bog’liq  profilaktika.  O’smalar  rivojlanishiga  sababchi 
disgormonal  xolatlarni,  gomeostaz  yoshga  bog’liq  o’zgarishlarini  aniqlash  va 
tartibga solish tushiniladi. Amaliyotda qisman qo’llaniladi.  
                Albatta  ko’rsatilgan  sxema  shartlidir.  Sanab  o’tilgan  BSP  yo’nalishlari 
o’rtasida  xar  doim  xam  chegaralanish  bo’lavermaydi,  chunki  ular  bir  birining 
ichiga kirgan xolda bir birini to’ldirishadi. Biroq bunaqa bo’linish foydali xamdir, 


 
27 
chunki xar bir yo’nalish o’zaro farqli o’z maqsadiga ega va xar birining o’z uslubiy 
nuqtai nazari, xal qiluvchi yo’llari mavjud. 
                 Bunda  asosiy  e'tibor  onkogigienik  profilaktikaga  qaratilishi  kerak  - 
chunki  saratonga  qarshi  kurash    bosqichida  eng  samarador  va  amalga  oshirib 
bo’ladigan yo’nalishdir. 
              Dunyoda  amalga  oshirilgan  ishlar  natijasida  BSP  taraqqiy  etgan 
yo’nalishlari  belgilab  olingan,  mutaxassislar  fikricha  asosan  shularga  e'tibor 
qaratilishi kerak. Bularning xammasi saraton onkogigienik profilaktikasi doirasida 
amalga oshiriladi.  
 Zamonaviy fan taraqqiyotida BSP ustuvor yo’nalishlari: 
 Chekishga qarshi kurash; 
 Ovqatlanish ratsionalizatsiyasi; 
 Ortiqcha vaznga qarshi jismoniy faollikni oshirish ; 
 Kimyoviy va fizik kanserogenlar ta'sirini kamaytirish (ishlab chiqarish, tabiiy 
muxit, yashash joyida). 
         Infeksion kanserogen faktorlar ta'siri profilaktikasi 
          Axoli  o’rtasida  onkologik  kasallanishni  kamaytirishda  yuqoridagilar  BSP 
doirasida  natijaga  erishishga  imkon  beradi.  Ijtimoy-iqtisodiy  taraqqiy  etgan 
mamlakatlar(AQSH,  Garbiy  Yevropa)  tajribalariga  asoslanib  ,    ushbu 
yo’nalishlarda sistematik ish olib borilsa xaqiqatdan xam onkologik kasallanishni 
kamaytirish  mumkin.  Bu  jarayonda  maqsadga  yo’naltirilgan  va  qatiy  saratonga 
qarshi, axoli o’rtasida tushuntirish ishlari asosiy o’rin egallaydi. 
          Xar  bir  mamlakatda  ustuvor  yo’nalishlar  ijtimoiy-iqtisodiy,  ekologik  va 
boshqa omillarni xisobga olib amalga oshiriladi. Bunda nafaqat profilaktik choralar 
samaradorligi  balki  buni  amalga  oshirish  sharoitlarini  xam  xisobga  olish  kerak 
bo’ladi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling