5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

KANSER - REGISTR 
Kasallanish,  xavfli  o’sma  kasalliklaridan  o’lim  to’g’risidagi  statistik  va 
epidemiologik  ma'lumotlar,  shuningdek  turli-tuman  statistik  ko’rsatkichlarning 
ko’pligi  (kasallanish,  bir  yillik  va  besh  yillik  yashash)  sog’liqni  saqlash  tizimida 
asoslangan  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  uchun  davlat  va  mintaqaviy 
dasturlarni  ishlab  chiqishning  eng  muhim  va  dolzarb  masalalaridan  biri 
hisoblanadi.  Bu  masalalarning  barchasi  muammoni  batafsil  o’rganishni, 
shuningdek eng to’liq va ishonarli statistik axborotni talab qiladi. 
Kanser-registr  -  bu  onkologik  kasalliklarning  har  bir  hodisasi,  uning  paydo 
bo’lishi,  kechishi,  davolash  va  oqibatlari  haqidagi  ma'lumotlar  yig’indisidir. 
Axborotlar  yig’ilib  shu  tarzda  tahlil  qilingan  taqdirdagina,  qimmatli  statistik, 
epidemiologik  va  klinik  tadqiqotlar  olib  borish  imkonini  yaratadi.  Ular  saraton 
paydo  bo’lish  jarayonida  xavf  omillarining  ta'sirini,  turli  davolash  usullarining 
samaradorligini,  har  xil  guruxdagi  bemorlarning  yashab  ketishini  baholash 
imkonini  beradi.  Axborot  to’planadigan  aholi  guruhlari  bo’yicha,  shuningdek 
yechiladigan 
vazifalarning 
sinflari 
bo’yicha 
kanser-registrlar 
hududiy 
(populyatsion) va kasalxona (gospital) turlariga bo’linadi. 
hududiy  registr  -  bu  muayyan  hudud  (populyatsiya)  ichida  yashaydigan 
shaxslardan xavfli o’smalarning barcha turlarida ma'lumotlarni yig’ish,  
saqlash  va  tahlil  qilishni  tashkil  etishdan  iborat.  Uning  vazifalariga  kasallanish, 
o’lim  tahlili,  muayyan  mintaqa  yoki  butun  mamlakat  populyatsiyasi  o’rtasida 
xavfli  o’smalarning  tarqalganligini  tahlil  qilish,  shuningdek  aholiga  onkologik 
yordamni  rivojlantirishni  rejalashtirish,  mintaqada  skrining  dasturlarini  tashkil 
qilish kiradi. 
Kasalxona  registri  -  bu  onkologik  klinika  statsionarlariga  tushgan  bemorlar 
to’g’risida  axborot  yig’ishni  tashkil  qilishdir.  Uning  vazifalariga  klinik 
statsionarlarni takomillashtirish maqsadida uni faoliyatini tahlil qilish, xavfli o’sma 
kasalligi bilan kasallangan bemorlarning yashab ketishini tahlil qilish va davolash 
usullari samaradorligini baholash kiradi. 


 
16 
hududiy saraton registri  - onkologik xizmat axborot tizimining zamonaviy va eng 
ilg’or  rivojlangan  shaklidir.  hududiy  kanser-registr  kompleksining  asosiy 
funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: 
1. 
... 
2. 
Mintaqada saratonga qarshi tadbirlarning samaradorligi ustidan nazorat. 
3. 
Tezkorlik  bilan  bemorlar  to’g’risida  axborot  bazasida  zarur  miqdorlarda 
saqlanadigan ma'lumotlarni olish. 
4. 
Mintaqadagi  onkologik  bemorlar  to’g’risidagi  ma'lumotlarni  uzoq 
muddatgacha saqlash va o’zgartirishlar kiritish. 
Hududiy  registrga  ma'lumotlar  turli  manbalardan  doimo  kelib  tushadi.  Registr 
shunday  ma'lumotlarni  tahlil  qilish,  sharhlash  va  halqaro  standartlarga  muvofiq 
kasallanish,  o’lim  va  aholining  har  xil  guruhlari  o’rtasidagi  xavfli  o’smalarning 
ayrim  turlarini  ta'riflash,  ko’rsatkichlarning  vaqtincha  o’zgarishlari  to’g’risidagi 
axborotlarni  taqdim  etishga  imkon  beradi.  Saraton  registrining  bahosi  uning 
ma'lumotlari  sifati  va  ulardan  foydalanish  darajasiga  bog’liq.  O’z-o’zidan 
ma'lumki, saraton kasalligini  ro’yxatga olish imkoni  boricha to’liq  bo’lishi  kerak. 
hududiy  registrni  to’liqligi  deganda,  qamrab  olingan  hududda  har  bir  onkologik 
kasallik hodisasi to’g’risidagi ma'lumotlarni kiritish tushuniladi. Kasalxona kanser-
registri  uchun  to’liqlik,  statsionarda  zarur  hajmda  davo  olgan  har  bir  bemor 
haqidagi  ma'lumotlarni  aks  ettirish  hisoblanadi.  Ayrim  registrlar  ma'lumotlari 
o’zaro  taqqoslanadigan  bo’lishi  kerak.  Shuningdek,  halqaro  miqyosda  umumiy 
qabul  qilingan  belgilar  ro’yxatini  ham  hisobga  olish  va  ularni  yig’ishga  hamma 
registrlar  jalb  etilishi  darkor.  hududiy  saraton  registrlari  tarmoQini  vujudga 
keltirishda mavjud bo’lgan davlat onkologik xizmati bazasidagi bir xillikni hisobga 
olish zarur.  
Kanser-registr to’xtovsiz yangilanib korreksiya qilinib turadigan ro’yxatdan iborat 
bo’lib,  o’zida  bemorlarning  kasalliklari  va  davolash  jarayonlari  haqidagi 
ma'lumotlarni saqlaydi. Asosiy vazifalaridan biri onkologik bemorlar to’g’risidagi 
ma'lumotlar  bazasini  shakllantirish  hisoblanib,  uning  negizida  onkologik  yordam 
holatini miqdoriy mezonlarda adekvat baholash, davolash jarayoni va dispanser  


 
17 
kuzatuvi  nazoratini  optimallashtirish  imkoniyati  yotadi.  Kasalxona  kanser-registri 
ma'lumotlari  klinik  tadqiqotlar  o’tkazishga,  har  xil  davolash  turlarining 
samaradorligini 
va  yashab  ketish  ko’rsatkichini  baholashga  ko’proq 
moslashtirilgan. 
Registrga  kiritiladigan  ma'lumotlar  hajmi  sifatli  tibbiy  axborotlar  olish  uchun 
registr foydalanadigan birlamchi hujjatlarga bog’liq.  
Kasalxona registridagi shunday hujjat kasallik tarixi hisoblanadi, hududiy registrda 
esa maxsus ro’yxatga olish shakllaridir. 
Birlamchi  hujjatlar  pala-partish  yoki  chala  to’ldirilgan  taqdirda  registrning  ilmiy 
tadqiqotlar o’tkazish va ishonarli natijalarni qo’lga kiritish imkoniyatlari kamayadi. 
Davolash  tugallangandan  so’ng  onkologik  bemorlarni  kuzatish  jarayoni 
to’xtatilmaydi.  Faqat  birlamchi  ma'lumotlar  emas,  balki  keyingi  davolashga  doir 
rejalar,  asoratlar,  retsidivlar  yoki  metastazlar  paydo  bo’lganligi  to’g’risidagi, 
bemorning  o’limi  (saraton  yoki  boshqa  sabablardan)  to’g’risidagi  ma'lumotlar 
registrga  kiritiladi.  Bu  bemorlarning  ko’p  yillik  (5-,  10-yillik)  yashovchanligini 
baholash imkonini beradi. 
Kanser registrlar butun dunyoda bir necha o’n yilliklar davomida faoliyat ko’rsatib 
keladi. hozirgi vaqtda ularning ko’pchiligi avtomatlashtirilgan. Avtomatlashtirilgan 
texnologiyalarning  joriy  qilinishi  qanday  bo’lmasin,  jadvallar  va  ko’rsatkichlarni 
hisoblash  jarayonini  avtomatlashtirishga,  ayni  vaqtda  birlamchi  tibbiy  axborot 
sifatiga  va  ilmiy  tadqiqotlar  o’tkazishga  imkon  beradi.  Hozirgi  vaqtda 
Respublikamizda  sog’liqni  saqlash  tomonidan  ko’rsatilayotgan  davolash-
profilaktika  yordamini  yaxshilashga,  shuningdek  kasalliklarni  erta  diagnostika 
qilishga  qaratilgan  chuqur  islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  O’zbekiston 
Respublikasi  hukumati,  umuman,  sog’liqni  saqlash  tizimida  axborotlashtirish  va 
komp'yuterlashtirish masalalariga katta e'tibor qaratmoqda. 
Bizning respublikamizda onkologik xizmat yuzasidan axborot yig’ish va uni ishlab 
chiqish  Respublika  Onkologiya  Ilmiy  Markazi  tomonidan  7-tib  raqamli  shakl 
"Xavfli  kasalliklar  to’g’risida"  gi  statistik  hisobot  qabul  qilish  bo’yicha  amalga 
oshiriladi. hisobotning bu shakli barcha viloyatlar bo’linmalari tomonidan yig’iladi 


 
18 
va  yiliga  1  marta  ROIM  ga  topshiriladi,  shundan  so’ng  yig’ilgan  hisobotlardan 
respublika  bo’yicha  yagona  hisobot  shakllantiriladi  va  statistik  ko’rsatkichlar 
hisob-kitobi o’tkaziladi. 
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimida shakllangan sharoit onkologik 
xizmatni  axborotlashtirish  va  komp'yuterlashtirishning  o’z  vaqtida  olib 
borilayotganligi  va  uning  dolzarb  masala  ekanligini  hamda  milliy  kanser-
registrning to’liq tadbiq qilinganligini ko’rsatdi. 2009 yilda O’zR SSV Respublika 
Onkologiya Ilmiy Markazi tomonidan innovatsion grantni qo’lga kiritilganligi bois 
kanser-registr tashkil etildi.  
Uni  tashkil  qilishdan  asosiy  maqsad  -  O’zbekiston  Respublikasi  onkologik 
dispanserlarida malakali va ixtisoslashgan onkologik yordamni takomillashtirish va 
O’zR  SSV  ROIM  da  muassasalar  axborot  infrastrukturasini  yaratish,  aholining 
onkologik kasallanishi bo’yicha to’liq hisobini yuritish va ko’rsatilayotgan yordam 
sifatini oshirish, shuningdek markaz yetakchi onkologlarining konsul'tativ-uslubiy 
yordamini amalga oshirishdan iborat.   
Hozirgi  vaqtda  O’zR  SSV  ROIM  da  barcha  klinik  bo’linmalarni,  qabulxona  va 
markaziy serveri bo’lgan maslahat poliklinikasini birlashtiradigan lokal tarmoqlar 
o’tkazilgan (1-rasm).  
      

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling