5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
HISOB HUJJATLARINI YURITISH
Download 1,74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
HISOB HUJJATLARINI YURITISH
Onkologik bemorlarni hisobga olishni unifikatsiya qilish maqsadida, xavfli o’smalar bilan kasallangan bemorlarni ro’yxatga olish va hisobini yuritish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq maxsus relamentga doir faoliyat yuritadigan, barcha onkologik bemorlarni majburiy ro’yxatga oladigan yagona tizim tashkil qilingan. Reglamentlangan hisobga olish shakllari quyidagilardan iborat: 090/U raqamli hisobga olish shakli "hayotida birinchi bor saraton kasalligi yoki boshqa yomon sifatli o’sma tashxisi qo’yilgan bemor haqida xabarnoma" (..... ilova). Mazkur shakl hayotida birinchi bor xavfli o’sma kasalligi aniqlangan bemorlarga nisbatan to’ldiriladi. Xabarnomani umumiy va maxsus tarmoqdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarining shifokorlari ko’rsatib o’tilgan qaysi tibbiy muassasaga bo’ysunishidan qat'iy nazar, birinchi marta xavfli o’sma tashxisi aniqlangan bemorlarga to’ldiriladi. Xabarnoma poliklinikaga tibbiy yordam uchun mustaqil murojaat qilgan va o’sma kasalligi aniqlangan bemorlarga, statsionar tekshirishda, aholini dispanserlash va vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan profilaktik ko’riklarda, tibbiy tekshiruvlarda, operatsiya vaqtida, murda yorilganda, xavfli o’smalardan o’lganlar to’g’risidagi ma'lumotlarni ZAGS ma'lumotlari bilan solishtirishda va agar tashxis o’limdan keyin aniqlangan bo’lsa, statistika boshqarmasida to’ldiriladi. 090/U shakli bo’yicha "O’limdan so’ng hisobga olindi" belgisi bo’lgan xabarnoma hayotligida onkologik muassasada hisobda turmagan xavfli o’sma kasalligidan vafot etgan bemorlarga to’ldiriladi. Saraton oldi kasalliklari bo’lgan, lekin xavfli o’smaga shubha qilingan bemorlarga, xavfsiz o’sma bilan kasallangan bemorlarga bu xabarnoma to’ldirilmaydi. Bemorda birlamchi ko’plab xavfli o’smalar bo’lganda, mazkur bemorga har bir xavfli o’smaga ushbu o’smaning tartib raqami ko’rsatilib xabarnoma to’ldiriladi. To’ldirilgan 090/U raqamli ro’yxatga olish shakli "hayotida birinchi bor saraton kasalligi yoki boshqa yomon sifatli o’sma tashxisi qo’yilgan bemor haqida xabarnoma" uch kun ichida bemorni doimiy yashaydigan joyi bo’yicha hududiy 14 (respublika, viloyat) onkologik muassasasiga (onkologik dispanser, xona) yo’llanishi shart. "hayotida birinchi bor saraton kasalligi yoki boshqa yomon sifatli o’sma tashxisi qo’yilgan bemor haqida" xabarnomani saqlash muddati kamida uch yilni tashkil qiladi. 027-2/U raqamli hisobga olish shakli "Bemorda o’tinqiragan xavfli o’sma turi aniqlangan hol uchun bayonnoma"(...... ilova). Bu bayonnoma hayotida birinchi marta IV bosqich xavfli o’sma kasalligi aniqlangan har bir bemorga, vizual kirish mumkin bo’lgan lokalizatsiyalarda (teri, til, og’iz bo’shlig’i, lab, qalqansimon bez, bachadon bo’yni, sut bezi va to’g’ri ichak saratoni) to’ldiriladi. Bayonnoma bemorda yo’l qo’yilgan taktik va diagnostik xatolarning tahlili kechikish sabablarinianiqlash uchun xizmat qiladi. Bayonnomada bemorning murojaat etish bosqichlari va uni tekshirish usullari batafsil bayon qilinadi, kechikishning asosiy sabablari ta'kidlanadi. Bayonnoma, shuningdek, o’limga asosiy sababchi bo’lgan xavfli o’sma tashxisi o’limdan keyin aniqlangan hollarda va xavfli o’sma kasalligini o’limdan so’ng kechikkan shaklda, bu tashxis o’limning asosiy sababchisi bo’lish-bo’lmasligidan qat'iy nazar, aniqlangan hollarda tuziladi. Bayonnoma ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi bemorning ambulator kartasiga yopishtiriladi, ikkinchisi onkologik dispanserga yuboriladi. 027-1/U raqamli hisobga olish shakli "Yomon sifatli o’sma kasalligi bor shifoxona bemorining tibbiy kartasidan ko’chirma" (...... ilova). Bu ko’chirma statsionarda xavfli o’sma kasalligi bilan kasallangan har bir bemorga davolash jarayoni yakunlangandan so’ng davolovchi shifokor tomonidan to’ldiriladi. Ko’chirma hayotida birinchi marta mazkur gospitalizatsiya mobaynida xavfli o’sma, jumladan preinvaziv (in situ) tashxisi aniqlangan holatlarda va ilgari tashxis qo’yilgan bemorlarga to’ldiriladi. Ko’chirmani har gospitalizatsiya tugallangandan so’ng, uning davomliligi qanday natija bilan tugashi va keyingi davolash rejalaridan qat'iy nazar, albatta to’ldiriladi. Shakl bemor statsionardan chiqadigan kuni to’ldirilishi kerak. Ko’chirma bemorning doimiy yashash joyi bo’yicha hududiy respublika, viloyat miqyoslaridagi onoklogik muassasaga to’ldirilgan vaqtdan boshlab uch kunlik muddat ichida yetkazilishi shart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling