Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik Texnalogiyasi fakulteti
Download 279.61 Kb.
|
2 5258189389451764488
Qattiq holatdagi reaktsiya yo'li - qattiq boshlang'ich materiallar aralashmasidan polikristalli qattiq moddalarni tayyorlashda eng ko'p qo'llaniladigan usul . Qattiq jismlar xona haroratida odatdagi vaqt shkalasida birga reaksiyaga kirishmaydi va reaksiya sezilarli tezlikda sodir bo'lishi uchun ularni ancha yuqori haroratlarda, ko'pincha 1000 dan 1500 °C gacha qizdirish kerak. Qattiq holatdagi reaktsiyaning amalga oshirilishi va tezligi bog'liq bo'lgan omillarga reaksiya sharoitlari, reaktivlarning strukturaviy xossalari, qattiq jismlarning sirt maydoni , ularning reaktivligi va reaksiya bilan bog'liq bo'lgan termodinamik erkin energiya o'zgarishi kiradi.
Konstruksion materiallar, elektr pech qizdirgichlari, olovbardosh materiallar va b. tayyorlashda qoʻllaniladi. Nitrid Keramkaga bor nitrid (BN), alyuminiy nitrid (A1N), kremniy nitrid (Si3N4), (U, Pu) N asosida, shuningdek, tarkibida kremniy (Si), alyuminiy (A1), kislorod (O), azot (N) yoki ittriy (Y), sirkoniy (Zr), O va N boʻlgan birikmalarni qizdirish yoʻli bilan olingan materiallar kiradi. Bunday Keramka kukun holidagi modda yoki birikmalarni azot atmosferasida 100 MPa bosim ostida yuqori t-ralarda (1700—1900°) qizdirib, issiq holatda presslab olinadi. Nitrid K. dielektrik xossalarining barqarorligi, mexaniq mustahkamligi, issiqbardoshligi, turli muhitlarda kimyoviy mustahkamligi va b. xossalari bilan tavsiflanadi. Metall ishlab chchiqarish sanoati uchun asbob-uskunalar, baʼzi yarimoʻtkazgich materiallarni eritish uchun tigellar, izolyatorlar va boshqalar ishlab chchiqarisda qoʻllaniladi. Si3N4 ga kobalt (So), nikel (Ni), xrom (Sg), temir (Gʻe) lar qoʻshib tayyorlanadigan K. issiqbardosh qotishmalar oʻrniga ishlatiladi. Silitsid K.ning eng koʻp tarqalgan turi molibden disilitsid (MoSi2) asosida olingan keramikadir.U elektr qarshiligining pastligi (170—200 mkOmsm), oksidlovchi muhitlarga (1650° gacha), metall eritmalari va tuzlar taʼsiriga chidamliligi bilan tavsiflanadi. Oksidlovchi muhitlarda ishlatiladigan elektr qizdirgichlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Baʼzi metallarning ftoridlari, sulfidlari, fosfidlari va arsenidlaridan tayyorlangan optik keramika infraqizil texnikada ishlatiladi.
Download 279.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling