Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti3-bosqich myaMT
Download 273.67 Kb.
|
Sodiqov Ro‘zibek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Degidratlanish sintezi •Monomerlardan polimerlarni qanday hosil qilish mumkin Yirik biologik molekulalar koʻpincha degidratlanish sintezi
• Monomer va polimerlarKoʻplab biologik molekulalar polimer hisoblanib, monomerlar deb nomlanuvchi molekulyar birlikchalardan tashkil topgan. Agar siz monomerni marjon donasi deb tasavvur qilsangiz, polimerni shu donalardan tashkil topgan taqinchoqqa oʻxshatish mumkin. Uglevodlar, nuklein kislotalar va oqsillar tabiatda koʻpincha uzun polimerlar sifatida uchraydi. Polimerlarga xos tabiati va kattaligi tufayli (baʼzida juda ulkan) ular kichikroq birliklarning birlashishi natijasida hosil boʻladi va makromolekulalar deb tasniflanadi. •Lipidlar odatda polimerlarga kirmaydi va qolgan uchta makromolekulalardan kichikroq boʻladi, shuning uchun ular baʼzi manbalarda makromolekula sifatida tasniflanmagan^{1,2}1,2start superscript, 1, comma, 2, end superscript. Ammo boshqa koʻplab manbalarda toʻrt turdagi yirik biologik molekulalarning umumiy nomi sifatida “makromolekula” atamasi erkinroq ishlatiladi^{3,4}3,4start superscript, 3, comma, 4, end superscript. Bu shunchaki nomlashdagi farq xolos, shuning uchun unga haddan tashqari eʼtibor berib oʻzingizni chalgʻitmang. Shuni esda tutingki, lipidlar ham hujayradagi muhim toʻrtta makromolekulaning biri, shunchaki ular qolganlaridan polimerlarni hosil qilmasligi bilan farq qiladi, xolos. •Degidratlanish sintezi •Monomerlardan polimerlarni qanday hosil qilish mumkin? Yirik biologik molekulalar koʻpincha degidratlanish sintezi reaksiyalari orqali birlashadi, bunda bitta monomer boshqa monomer bilan kovalent bogʻni (monomerlarning oʻsuvchi zanjirini) hosil qiladi va bu jarayonda suv molekulasini ajratib chiqaradi. Siz reaksiyada nima sodir boʻlishini uning nomi bilan ham eslab qolishingiz mumkin: degitratlanish suv molekulasining ajralib chiqishini, sintez esa yangi bogʻning hosil boʻlishini anglatadi. •Yuqoridagi degidratlanish sintezi reaksiyasida glyukozaning ikki molekulasi (monomerlar) birlashib, maltoza molekulasini hosil qiladi. Glyukoza molekulalaridan biri H ni, ikkinchisi OH guruhini yoʻqotadi va ikkita glyukoza molekulalari oʻrtasida yangi kovalent bogʻlar hosil boʻlganda suv molekulasi ajralib chiqadi. Xuddi shu jarayonga qoʻshimcha monomerlar qoʻshilsa, zanjir uzunlashib, polimer hosil boʻladi. •Polimerlar monomerlar ketma-ketligidan tashkil topgan boʻlsa ham, ularning shakli va tuzilishi juda xilma-xil. tUglevodlar, nuklein kislotalar va oqsillarning barchasi turli xil monomerlarni oʻz ichiga olishi mumkin va ularning tarkibi va ketma-ketligi ularning funksiyalari uchun muhimdir. Masalan, tanamizdagi DNK tarkibida nukleotid monomerlarning toʻrt turi mavjud, shuningdek, tanamizda oqsillarning yigirma turdagi aminokislota monomerlari uchraydi. Hatto bir turdagi monomerning oʻzi ham turli xossalarga ega boʻlgan turli xil polimerlarni hosil qilishi mumkin. Masalan, kraxmal, glikogen va sellyuloza – barchasi uglevodlardir va ular glyukoza monomerlaridan tashkil topgan, ammo ularning bogʻlanish va tarmoqlanishi turlicha boʻladi. Download 273.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling