Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti3-bosqich myaMT


Download 273.67 Kb.
bet3/3
Sana27.12.2022
Hajmi273.67 Kb.
#1069441
1   2   3
Bog'liq
Sodiqov Ro‘zibek

Gidroliz

  • Qanday qilib polimerlar monomerlarga aylanadi (masalan, tana bir molekulani hosil qilish uchun boshqasini qayta ishlashi kerak boʻlsa)? Polimerlar gidroliz reaksiyasi orqali monomerlarga parchalanadi. Bunda suv molekulasining qoʻshilishi natijasida bogʻ uziladi.

  • Gidroliz reaksiyasi jarayonida bir nechta kichkina birliklardan tashkil topgan molekula ikkiga ajraladi, molekulalardan biri vodorod atomini olsa, ikkinchisi gidroksil (-OH) guruhini oladi. Ularning ikkalasi ham bu ionlarni suvdan oladi. Bu degidratlanish sintezi reaksiyasiga teskari jarayon boʻlib, bu reaksiyada yangi polimerlarni hosil qilish uchun kerak boʻladigan monomerlar ajralib chiqadi. Misol uchun, quyidagi gidroliz reaksiyasida ikkita glyukoza monomerlariningajralib chiqishi uchun suv molekulasi maltozani ikkiga boʻladi. Bu reaksiya yuqoridagi degidratlanish reaksiyasining ayni teskarisidir.



    • Degidratlanish reaksiyalari yangi molekulani hosil qilgani bois energiya talab qilsa, gidroliz reaksiyalari molekulalar parchalanganda energiya ajratib chiqaradi. Monomerlar bu ikki reaksiyalarda turlicha ishtirok etsa ham, uglevod, oqsil va nuklein kislotalar ushbu reaksiyalar orqali hosil qilinadi hamda parchalanadi. (Aslida hujayrada nuklein kislotalar degidratlanish reaksiyalari natijasida polimer hosil qilmaydi. Ularning qanday hosil boʻlishini nuklein kislotalar mavzusida oʻrganamiz). Lipidlar polimer boʻlmasa ham, ularning ayrim turlari degidratlanish reaksiyalari natijasida hosil boʻladi^33cubed.



    • Tanamizda fermentlar ham degidratlanish, ham glikoliz reaksiyalarini tezlashtiradi yoki katalizlaydi. Kimyoviy bogʻlarni uzuvchi fermentlar odatda -aza qoʻshimchasi bilan tugaydi. Misol uchun, maltaza fermenti maltozani, lipaza lipidlarni va peptidaza oqsillarni (polipeptidlar ham deyiladi, bu haqida oqsillar mavzusidan maʼlumot olasiz) parchalaydi. Biz tanovul qilgan biror-bir yegulik oshqozonimizda, aniqrogʻi, halqumimizga tushishi bilan soʻlak kabi fermentlar uni parchalashni boshlaydi. Fermentlar yirik biologik molekulalarni maydaroq qismlarga parchalaydi va uning tana boʻylab soʻrilishini osonlashtiradi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
    Download 273.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling