Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Dt Olinadigan schyotlar -1800000 co’m Kt
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotilgan tovarlar tannarxi” jurnali (schyot 9120)
- Olinadigan schyotlar” jurnali (xisobvaraq 4010)
- Tovar sotishdan olingan daromadlarni hisobga olish” jurnali (xisobvaraq 9020 )
- 2910 “Ombordagi tovarlar” schyoti
- Tuzatilmagan sinov balansi
- Tuzatuvchi buxgalteriya o’tkazmalari. Tuzatuvchi yozuvlarga
Dt Olinadigan schyotlar -1800000 co’m
Kt Tovar sotishdan olingan daromad -1800000 co’m Sotilgan tovarni ro’yxatdan chiqarib yuborish uchun esa uni sotildi, deb yozib qo’yish kerak. Buning uchun uning tannarxi haqidagi ma’lumot kerak bo’ladi. Faraz qilaylik, ushbu muomala bo’yicha tovarning tannarxi 1500000 co’mni tashkil qiladi: Dt Sotilgan tovarning tannarxi -1500000 co’m Kt Ombordagi tovarlar -1500000 co’m Bunday yozuv, amaliyotda odatda tegishli jurnallarda amalga oshiriladi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: “Tovar-moddiy zahiralar” jurnali (schyot 2910)
Xuddi shu muomala sotilgan mahsulot tannarxini hisobga olish jurnaliga ham qayd etiladi: “Sotilgan tovarlar tannarxi” jurnali (schyot 9120)
Xuddi shu muomala “Olinadigan schyotlar” deb nomlanadigan jurnalda ham qayd etiladi: “Olinadigan schyotlar” jurnali (xisobvaraq 4010)
“Tovar sotishdan olingan daromadlarni hisobga olish” jurnali (xisobvaraq 9020 )
SHunday qilib, buxgalter ikkinchi qadamni ijro etdi. 3-Qadamda jurnallardagi yozuvlar bosh kitobga olib o’tiladi. Jurnallardagi yozuvlar buxgalterga moliyaviy axborotni o’z vaqtida qayd qilib borish va oylik, choraklik hisobotlar uchun umumlashtirish imkonini bersa, bosh kitobga axborotni jurnallardan ko’chirish- axborotni Schyotlarda saqlash usuli hisoblanadi. Bosh kitobga har oyda schyotlar bo’yicha umumiy debet va kreditso’mmalar qayd qilinadi. Bosh kitobda har bir schyot uchun alohida varaqlar ajratiladi. Bosh kitob shakli va vazifasi bilan tanishtirish uchun biz yuqoridagi misolni davom ettiramiz. Quyida bosh kitobning “Tovar-moddiy zahiralar” hisobvara-qasiga tegishli varag’ining shaklini keltiramiz: 2910 “Ombordagi tovarlar” schyoti
Ko’rib turganingizdek, bosh jurnalda alohida schyotlarda bo’lib o’tgan o’zgarishlarning jami o’z aksini topib, schyotlar bo’yicha hisobot davri oxiriga mavjud bo’lgan qoldiqni aniqlash imkoni paydo bo’lar ekan. 4-qadamda tuzatilmagan sinov balansi tayyorlanadi. Sinov balansini tuzish debet va kreditning tengligini tekshirish va tuzatuvchi jurnal yozuvlarining boshlang’ich nuqtasi uchun qulay ro’yxat tuzish uchun zarurdir. Amalda tuzatilmagan sinov balansi yoki aylanma qaydnoma bosh kitob ma’lumotlariga asosan tuziladi. Quyida sinov balansini tuzish uchun foydala-iladigan jadval ko’rinishini keltiramiz:
5-qadamda tuzatuvchi jurnal yozuvlarining bosh jurnalda qayd qilinishi amalga oshiriladi. Tuzatuvchi yozuvlar amalga oshirilishining sababi shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobida hisoblash, muvofiqlik va boshqa tamoyillardan foydalaniladi. Buning natijasida xo’jalik muomalalarining bilan ular bo’yicha pullik to’lovlarni amalga oshirish payti bir-biriga mos tushmaydi. Masalan, sotiladigan Mahsulotlar uchun to’lovlar oldindan qilingan bo’lishi, Mahsulot esa bir necha kundan so’ng jo’natilgan bo’lishi mumkin. Bunday holda hisobda aks ettirilgan muddati uzaytirilgan daromad ko’rinishidagi majburiyat mavjud bo’lib, keyinchalik buxgalter uni daromadlar schyotiga olib borishni yozib ulgurmagan bo’lishi mumkin. Bunday holatni tuzatish talab etiladi. Tuzatuvchi yozuvlarni xalqaro tajribada mavjud bo’lgan transformatsion qaydnomalardan foydalanish orqali amalga oshirish qulaydir. O’quv maqsadlarida biz bu registr o’rniga ishchi jadvaldan foydalanamiz. Hisob tsiklining keyingi qadamlari ishchi jadval, bosh jurnal va bosh kitoblar yordamida amalga oshirilgani tufayli ularning amalga oshirilish tartibini ishchi jadvalni to’ldirish bosqichlarini ko’rib chiqish orqali izohlash zarur. Ishchi jadval - bu hisob jarayonlarini soddalashtirish va hisobotlar tayyor-lash maqsadida umumlashtirish uchun qo’llaniladigan dastakdir. Uni tayyorlash hisob tsiklining bir qismi hisoblanmaydi. Biroq uning qo’llanilishi tuzatilgan sinov balansini, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotni, taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobotni va buxgalteriya balansini tayyorlashni soddalashtirishi mumkin.Quyida ishchi jadval ustunlarining nomlari keltirilgan: schyotning nomi schyotining raqami tuzatilmagan (dastlabki) sinov balansi tuzatuvchi buxgalteriya o’tkazmalari tuzatilgan sinov balansi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobo buxgalteriya balansi Ishchi jadvalning ustunlarini to’ldirish tartibi va mohiyatini yoritib berish ishchi jadvalning vazifasini anglashga yordam beradi. Tuzatilmagan sinov balansi - ana shu nomdagi ustunda tuzatilmagan sinov balansi ko’rsatilib, u aylanma qaydnomaning oxirgi - hisobot davri oxiriga schyotlarning qoldiqlari berilgan ustuni asosida to’ldiriladi. Sinov balansining debet va kredit ustunlari tekshirish uchun ko’shib chiqiladi, chunki debet va kredit tomon teng bo’lishi kerak. a) tuzatuvchi yozuvlardan foydalanish.Tuzatuvchi buxgalteriya o’tkazmalari. Tuzatuvchi yozuvlarga qachon ehtiyoj tug’iladi? Tuzatuvchi yozuvlar o’zi nima uchun kerak? Buxgalter oldingi qadamlardagi ishlarni qadamma-qadam bajarib chiqqandan so’ng davriy - choraklik, yillik hisobotlarni tuzishi kerak. Bu jarayon bir qarashda uncha murakkab emasdek tuyuladi. Beshta dastlabki qadamlarni bosib o’tishning o’zi hisobot tuzish uchun yetarlidek tuyuladi, lekin aslida bunday emas. Gap shundaki, ayrim hollarda ba’zi muomalalarni qayta ko’rib chiqish zarurati tug’iladi. Buning sababi esa yo’l qo’yilish ehtimoli mavjud hatoliklar, noaniqliklar, hisoblash usulidan foydalanish natijalaridir. Masalan, korxona uskunasining ijarasi uchun to’langan pul hisob-kitob raqamiga 2004 yil 1 oktyabr kuni qabul qilingan. 12 oylik ijara uchun oldindan to’langan bu summa 120000 cumni tashkil qiladi, deb faraz qilaylik. Ijara muddati 2004 yil 1 oktyabrdan 2005 yil 1 oktyabrigacha deb belgilangan. Pul raqamiga kelib tushgan kuni buxgalter ushbu muomala bo’yicha quyidagi yozuvni bergan edi: Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling