Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


-qadam.Korxonadagi buxgalteriya hisobi va nazoratning hozirgi holatini baholash


Download 2.91 Mb.
bet132/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

2-qadam.Korxonadagi buxgalteriya hisobi va nazoratning hozirgi holatini baholash
Buning uchun:
- axborotlarni olish va qayta ishlash jarayonini mukammal o’rganib chiqish;
- biznes-jarayonlar mazmunini yoritib chiqish;
- korxonaning tashkiliy va moliyaviy tarkibi chizmasini tayyorlash;
- korxona tarkibiy bo’linmalarining soni va ularga yuklangan xizmat majburiyatlari to’g’risida etarli axborotga ega bulish ;
- ma’lumotlarni uzatish tizimi (kim, qaysi muddatlarda,qanday hajmda va kimga
axborot taqdim qilishi) to’g’risida etarli ma’lumotga ega bo’lish ;
- mavjud hisobot shakllari to’g’risida axborot yig’ish lozim.
3-qadam. Boshqaruv hisobi tizimini joriy qilishga tayyorlash
2-qadamda aniqlangan holat chuqur tahlil qilib chiqilgach, korxonadagi mavjud buxgalteriya hisobini joriy qilinishi ko’zda tutilayotgan boshqaruv hisobidan qanchalik darajada uzoqda ekanligi baholanadi. So’ngra mavjud nomuvofiqliklarni bartaraf qilish va korxona menedjmenti tavsiya etgan darajada boshqaruv hisobini joriy qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunday tadbirlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- boshqaruv hisobini joriy qilishga javobgarlik mas’uliyati yuklatilgan guruh yoki menejerni tayinlash;
- korxona ixtiyorida bulgan resurslar (zaruriy xodimlar,ularning taergarlik darajasi, ishonchliligi; kommunikatsiya va texnik vositalar holati) ni baholash.;
- bajarilishi lozim bo’lgan barcha harakatlar va ularning muddatlari va bajarilishiga mas’ul shaxslarni batafsil tarzda o’z ichiga olgan grafik ishlab chiqish;
- ichki va tashqi xarajatlarni o’z ichiga olgan batafsil byudjet ishlab chiqish;
4-qadam. Boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish
Bu bosqichda boshqaruv hisobi rejada ko’zda tutilgan tarzda amaliyotga joriy qilina boshlanadi va monitoring jarayonida aniqlangan kamchilik va nomuvofiqlar bo’yicha unga tegishli o’zgartirishlar qilinadi.


Boshqaruv hisob va moliyaviy hisob orasidagi farqlar.
Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobiga rasmiy tarzda bo’linishi respublikamizda birinchi marta 1995 yili «Xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom orqali amalga oshirilgan. SHu tariqa iqtisodiy hayotimizga maqsadi, vazifalari va foydalanadigan usullari va yana bir qator belgilari bo’yicha farq qiluvchi boshqaruv hisobi kirib keldi. Uning ko’pchiligimizga maьlum bo’lgan moliyaviy hisobdan farqini aniqroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadval ma’lumotlariga murojaat qilamiz.



Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling