Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Moliyaviy va boshqaruv hisobining taqqoslama tavsifi
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Moliyaviy va boshqaruv hisobining taqqoslama tavsifi
Menejmentda boshqaruv hisobi. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish Boshqaruv hisobi boshqaruv bo’g’iniga axborotlar yetkazib berish bilan shug’ullanar ekan, menejmentning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini yanada yaxshiroq tushunish uchun boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni 1.1.chizmada ko’rsatib o’tilgan. CHizmada ko’rsatilgan birinchi beshta bosqich rejalashtirish va boshqaruv qarori qabul qilish jarayonini tashkil etadi. Bunda asosan korxona oldiga qo’yilgan joriy yoki strategik vazifani bajarish uchun taklif etilgan alьternativ harakat variantlari ichidan korxona uchun eng maqbuli tanlab olinadi.Oxirgi ikkita bosqich boshqaruv jarayonini tashkil qilib, bunda tanlab olingan harakat variantini baholash va chetga chiqishlarni aniqlash amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini batafsilroq ko’rib chiqamiz. 1-bosqich. Maqsad va vazifani belgilash Har qanday biznes faoliyatining eng oliy maqsadi, bu- kompaniya foydasini ko’paytirishdir. Bunga erishish uchun esa kompaniya o’z oldiga joriy va uzoq istikbolni hisobga olgan vazifalarni qo’yadi. Bunday vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ■ sotish hajmini oshirish; ■ aktivlar qiymatini oshirish; ■ mahsulot sifatini yaxshilash; ■ ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish; ■ yangi mahsulot turini yaratish va h.k. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling