Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Download 2.91 Mb.
bet141/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Rejalashtirish jarayonining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida uning bosqichlarini bayon etish zarur. Rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Vazifalarni belgilash

  • Qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlarni izlab topish

  • Muqobil yo’llar xaqida ma’lumot olish va natijalarni baholash

  • Harakatlar yo’nalishini tanlash

  • Uzok muddatli rejalarni amalga oshirish

  • Xaqiqiy natijalar monitoringi

  • Rejadan chetga chiqish bilan bogliq bo’lgan masalalar yechimi

Vazifalarni belgilash
Rejalashtirishning dastlabki bosqichi kompaniyadan maqsad va vazifalarni belgilashni talab etadi va unga muvofiq ish tutadi. Maqsadlar quyidagilar nuqtai nazaridan aniqlanadi:

  • iqtisodiy maqsadlar

  • biznes turi

  • sotiladigan tovarlar / xizmatlar

  • xizmat ko’rsatilayotgan bozorlar

  • bozor ulushi

  • rejalashtirilgan daromad

  • daromad, aktivlar, va sotish hajmi o’sishining talab qilingan me’yori



Qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlarni izlab topishda quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim:
* mavjud bo’lgan mahsulot uchun yangi bozorlarni tashkil qilish va rivojlantirish;
* mavjud bo’lgan bozorlar uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqish;
* yangi mahsulotlar uchun yangi bozorlarni tashkil qilish va rivojlantirish.
Muqobil yo’llar xaqida ma’lumot olish va natijalarni baholash
Bu ma’lumotlar yig’ish bosqichidir
Harakatlar yo’nalishini tanlash
qaror qabul qilinganidan keyin mazkur qarorlarga asoslangan uzoq muddatli qarorlar ishlab chiqiladi.
Uzok muddatli rejalarni amalga oshirish
Mazkur bosqichda uzoq muddatli rejalashtirishdan yillik byudjet tuzishga o’tish uchun yo’l beriladi. Byudjet strategik rejalar bilan boshqaruv qarorlarini qa-bul qilish jarayonida ularni amalga oshirilishini bog’laydi. Byudjet uzoq muddatli rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling