Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Kontrakt tannarxini kalьkulyatsiya kilish
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy materiallar
- Ishlab chiqarish ishchilarning ish haqlari
- To’g’ri xarajatlar
- Ishlab chikarish uskunalari
- Egri xarajatlar
Kontrakt tannarxini kalьkulyatsiya kilish jarayonida, har bir kontrakt kalьkulyatsiya kilinayotgan mahsulotning alohida birligini bildiradi, shuning uchun har bir kontrakt buyicha xarajatlar bosh buxgalteriya kitobining alohida schyotida yig’ib boriladi. Xarajatlarning turli elementlari quyidagilar bilan bog’lik:
Asosiy materiallarKontraktga kiritiladigan materiallar ham maxsus sotib olingan materiallardan, ham pudratchining omborida mavjud bo’lgan materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda tegishli xarajatlar kontrakt schyotiga debetlanadi. Ishlab chiqarish joyida materiallarni nazorat qilishga kontrakt shartlariga muvofiq mate-riallarni kelib tushishi va qurilish uchastkasidan ortiqcha materiallarni qaytarilishini hisobga olishning samarali tadbirlarini tashkil etishning qiyinligi to’sqinlik qilishi mumkin. Ishlab chiqarish ishchilarning ish haqlariKontraktga kiritiladigan mehnat xarajatlari reja va hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog’liq xarajatlar, korxonadagi ishlab chiqarish muomalalari va qu-rilish uchastkasidagi ishlardan iborat bo’ladi. Kontrakt bo’yicha qurilish uchast-kasidagi barcha ishlar to’g’ri mehnat sifatida qaraladi. Turli uchastkalardagi qu-ruvchilar tomonidan ish vaqtini ochib berish uchun ish vaqtini hisobga olib boruv-chi tabellarni yuritish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday mehnat xarajatlari kontrakt schyotiga debetlanadi. To’g’ri xarajatlarMateriallar va mehnatdan tashqari muhim axamiyatga ega bo’lgan kontrakt bilan bog’liq to’g’ri xarajatlar ham mavjud. Ushbu toifadagi xarajatlarga ikki asosiy moddalar, xususan ishlab chiqarish uskunalari va subpudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar kiradi. Ishlab chikarish uskunalariIshlab chiqarish uskunalari kontrakt uchun maxsus sotib olinishi mumkin. Ushbu holatda kontrakt hisobvaragi sotib olingan uskuna tannarxiga debetlanadi. Yoki uskunalar boshka kontraktlar orqali berilishi ham mumkin. Bunday holatda qisman hisobdan chiqarilgan qiymat bizning kontrakt schyotiga debetlanadi va u hisobdan chiqarilgan kontrakt schyotiga kreditlanadi. Har bir hisobot davrining oxirida egalik huquqidagi ishlab chiqarish uskunalarining amortizatsiya summasi kontrakt hisobvaragida kreditlanib aks ettiriladi (ya’ni qoldiq keyingi davrga o’tkaziladi). Buxgalteriya yozuvlarining sof natijasi shundan iboratki, ish-lab chiqarish uskunalarining amortizatsiyasi kontrakt schyotiga avtomatik tarzda debetlanadi. Ishlab chiqarish uskunalari ma’lum bir kontrakt asosida foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya bunday ishlab chiqarish uskunalariga ega bo’lmaganligi uchun, buxgalteriya yozuvlari kontrakt schyotiga debetlanadigan ijara xarajatlaridan iborat bo’ladi. SHuningdek kontrakt hisob varagini kompaniyaga tegishli ishlab chiqarish uskunalarining ijarasi bo’yicha shartli xarajatlar bilan debetlash mumkin, bunda ijaraga olingan ishlab chiqa-rish uskunalari alohida iqtisodiy birlik sifatida hisobga olinadi. Subpudratchilar (subkontrakt) bo’yicha ishlar Yirik kontrakt yoki ishning ma’lum bir jihatlari mutaxassislar yoki maxsus xizmatlar ko’rsatish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan holatda kompaniya subpud-ratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchilar tomonidan bajarilgan har qanday ishlar to’g’ri xarajatlar bo’lib hisoblanadi va kontrakt schyotiga debetlanadi Egri xarajatlarAksariyat pudratchilar o’z xarajatlarini alohida kontraktlar bo’yicha taqsimlashga harakat qilmaydilar, chunki ular to’g’ri xarajatlarga nisbatan unchalik sezilarli emas. SHunga qaramay agar egri xarajatlarni taqsimlash amalga oshirilsa, kontrakt schyotiga sezilarli summa debetlangan bo’lar edi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling