Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- B - T A = ------------ . M
- 2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli.
1. Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli. Bu usulda ob’ekt qiymatining eskirish hisoblanayotgan qismi xarajat schyotlariga uning xizmat qilish muddati davomida bir tekisda (maromda) o’tkazib boriladi. Har yil uchun eskirish summasi (A) eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning boshlangich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(T)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning foydali xizmat muddati(M)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - T A = ------------ . M Masalan, dastgohning boshlang’ich qiymati 550.000 so’m, xizmat muddati besh yil, xizmat muddati oxiridagi tugatish qiymati - 50.000 so’m. Bu holda har yillik eskirishso’mmasi eskirish hisoblanadigan qiymatning 20% ni tashkil qiladi yoki bir tekisda eskirish xisoblash usuliga binoan 100000 so’mni tashkil etadi, ya’ni Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (T) 550.000 – 50.000 A h -------------------------------------------------------- h ------------------------ h 100.000 so’m Xizmat qilish muddati (M) 5 Ushbu dastgohga besh yil mobaynida eskirish hisoblashni quyidagi ishchi jadval orqali ko’rsatish mumkin: (so’m hisobida)
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli. Ba’zi ob’ektlarni eskirishi ularning ishlatish jadalligi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Bunda ob’ektning mavjudlik davri (vaqti) e’tiborga olinmaydi. Dastavval ish (maxsulot, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan eskirish so’mmasi (A) hisoblab olinadi. Uni hisoblash eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning boshlangich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(T)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning bajargan ishi hajmiga (I)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni B - T A h ------------ . I Bajarilgan ish birligiga to’g’ri keladigan eskirish summasi hisoblab olingach, uni bir yilda bajaradigan ish hajmiga ko’paytirish yo’li bilan asosiy vositaning yillik eskirish summasi aniqlanadi. Masalan, balans qiymati 550.000 so’m, tugatish (qoldiq) qiymati 50.000 so’m bo’lgan dastgohning 5 yillik xizmat muddati mobaynida umumiy bajaradigan ish hajmi 200.000 donani tashkil qiladi. Har bir dona hisobiga to’g’ri keladigan eskirish xarajatlari summasi quyidagicha aniqlanadi: Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (T) 550.0000 – 50.000 A h ----------------------------------------------- h -------------------- h 2,5 so’m bir donaga Bajarilgan ish hajmi (I) 200.000 Agar dastgohni xizmat muddatining birinchi yili 50.000 dona, ikkinchi yili – 60.000 dona, uchinchi yili – 40.000 dona, to’rtinchi yili -30.000 dona va beshinchi yili -20.000 dona mahsulot ishlab chiqarsa, u holda dastgohga hisoblangan eskirish quyidagicha bo’ladi: (so’m hisobida)
Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, yillik eskirish summasi va bajarilgan ish birligi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlik mavjud. Jamg’arilgan eskirish har yili ish birligi hajmiga bog’langan holda o’zgarib boradi, balans qiymati esa yil sayin ish hajmiga mutanosib ravishda qoldiq qiymatga etmaguncha kamayib boradi. Bu usulga muvofiq har bir ob’ektni taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddatini aniqlashda qo’llaniladigan ish birligi ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori aniq bir uskunaga mos kelishi kerak, bunda ob’ektdan foydalanish soatlari miqdori boshqa uskunaga eskirish hisoblashda yaxshi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu usulni ob’ektdan foydali ishlatish muddati ichida fondlar qaytimi etarlicha aniqlash mumkin bo’lgan hollarda qo’llash ma’quldir. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling