Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Dt Asosiy vositalar (turlari bo’yicha)


Download 2.91 Mb.
bet39/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Dt Asosiy vositalar (turlari bo’yicha)


Kt Tekinga olingan mulk
Agar bepul olingan mulk ma’lum muddat ishlatishda bo’lib, uni berish boshlang’ich qiymati bo’yicha amalga ohirilgan bo’lsa, u holda buxgalteriya xisobida quyidagi qo’shimcha o’tkazma amalga oshirishi lozim:
Dt Tekinga olingan mulk

Kt Asosiy vositani eskirishi (turlari bo’yicha)

Asosiy vositalarni kredit hisobiga sotib olish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish ham ularni naqd pulga sotib olish jarayoniga o’xshash holda amalga oshiriladi. Faqat bu erda qo’shimcha quyidagi o’tkazmalar beriladi, ya’ni
  1. Bank krediti olingan vaqtida:
Dt Hisob-kitob schyoti

Kt Bank krediti (uzoq yoki qisqa muddatli)

  1. Bank kreditini qaytargan vaqtda:



Dt Bank krediti (uzoq yoki qisqa muddatli)
Kt Hisob - kitob varag’i
Albatta, korxona kreditdan foydalangan davr uchun belgilangan foiz stavkalar bo’-yicha kredit foizlarini hisoblash va to’lab borish kerak.
Korxonalar qurilish yo’li bilan xam asosiy vositalarni yaratishi (bino, inshoot va bosh-qalarni qurish) mumkin. Bunday qurilish pudrat usulidagi qurilish deb aytiladi. Qurish bo’yicha loyihalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar ushbu aktiv tannarxining bir qismi sifatida kapitallashtiriladi.Bu xarajatlar o’z ichiga moddiy xarajatlarni, mehnat haqi xa-rajatlarini hamda ustama xarajatlarni oladi.
Ba’zi bir umumiy, ustama xarajatlar hamda qurilish vaqtida foizlar bo’yicha qilingan xarajatlar xam ushbu aktivlar tannarxiga kiritiladi.
Bu borada ayrim mutaxassislar, o’z kuchlari bilan qurilgan aktivlar bo’yicha xarajatlarga faqatgina ushbu ob’ekt bilan identifikatsiyalanadigan ustama xarajatlar taqsimlanishi kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ustama xarajatlarining bir qismi faoliyatdagi shunga o’xshash ob’ektlar mezonlariga muvofiq o’z kuchlari bilan qurayotgan ob’ekt tannarxiga olib boriladi deb hisoblaydilar.
Bir qator mutaxassislar, umumiy ustama xarajatlarining ma’lum bir qis-mini o’z kuchi bilan amalga oshiriladigan qurilish bo’yicha loyihalarga olib bo-rish imkoniyatining yo’qligi o’z kuchlari bilan yaratilgan aktivlar qiymatining pasayishiga, TMZ va sotilgan mahsulot qiymatining oshishiga olib keladi, degan fikrni bildiradilar. Bundan tashqari aktiv sotib olingan bo’lsa, sotib olish narxi shubhasiz, sotuvchining ustama xarajatlarining bir qismini aks ettirishi lozim.
Tugallanmagan qurilish bo’yicha to’plangan xarajatlar qurilish tugaguncha odatda "Tugallanmagan qurilish" schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Bino qurilishining tugashi va uni foydalanishga topshirishda aktiv "Bino va inshootlar" schyotiga o’tkaziladi va unga amortizatsiya hisoblanadi.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling