Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Asosiy vositalar sotilishi sababli chiqib ketishini qayd qilish
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi holat
- Asosiy vositalar bo’yicha pulsiz asosda ay-riboshlash
2. Asosiy vositalar sotilishi sababli chiqib ketishini qayd qilish. Asosiy vositalarni pulga sotishni aks ettiruvchi buxgalteriya o’tkazmalarida yukoridagiga o’xshash uning boshlang’ich qiymati va jamlangan eskirishso’mmasi ko’rsatiladi va shu bilan birga uni sotish natijasida olingan pul mablag’i ham aks ettiriladi. Misolimizdagi dastgohni sotilishini bir nechta holatlarni ko’rib chiqaylik:
Birinchi holat - sotish bahosi 200.000 so’mni tashkil qiladi, bu qoldiq qiymatiga teng va shunday qilib foyda yoki zarar mavjud emas. Dt Pul mablag’lari 200.000 Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000 Kt Dastgoh 550.000 Ikkinchi holat - asosiy vosita 150.000 so’mga, ya’ni balans qiymatidan kam qiymatda sotildi. Bu holda zarar 50.000 so’mni tashkil qiladi. Dt Pul mablag’lari 150.000 Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000 Dt Hisobdan chiqarishdan zarar 50.000 Kt Dastgoh 550.000 Uchinchi holat - asosiy vosita 280.000 so’mga, ya’ni balans qiymatidan ko’proq narxda sotildi. Bu holatda asosiy vositalarni sotishdan olingan qo’shimcha 80.000 so’m foyda sifatida aks ettiriladi. Dt Pul mablag’lari 280.000 Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000 Kt Asosiy vositani sotishdan olingan foyda 66.667 Kt Ko’shilgan qiymat solig’i 13.333 Kt Dastgoh 550.000 3 a). Asosiy vositalarni pulsiz asosida almashtirish. Buxgalteriya hisobi-ning xalqaro standartlari (BHXS)da asosiy vositalar ba’zi holda boshqa asosiy vositalarga yoki ko’rsatilayotgan xizmatlarga ayriboshlash inobatga olinadi. Bun-day ayriboshlash harid qilish maqsadida ham, asosiy vositalarni hisobdan chiqa-rish maqsadida ham amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo’yicha pulsiz asosda ay-riboshlash deganda aktivlarni, majburiyatlarni yoki xizmatlarni, boshqa aktivlar, majburiyatlar yoki xizmatlar bilan ko’p bo’lmagan miqdordagi pulni jalb qilish bilan yoki umuman pul mablag’larni jalb qilmay ayriboshlash tushuniladi. Agarda pul ifodasida bo’lgan ob’ektning haqiqiy qiymati chiqib ketgan yoki olingan aktivlar haqiqiy qiymatining 10% dan kamini tashkil qilsa, savdo pul-siz shakldagi bitim deb hisoblanadi. BHXS ko’ra agar harid qilingan asosiy vositalarning haqiqiy qiymati aniq belgilangan bo’lmasa, u holda boshqa aktivlarga ayriboshlash orqali xarid qilingan aktivlar qiymati, berilgan aktivlarning haqiqiy qiymatiga teng deb hisoblanadi. Agarda aktivlar turli toifada bo’lsa, unda ayriboshlash puldagi savdo shak-lida amalga oshiriladi. Foyda ham, zarar ham pul olinishi yoki to’lanishidan qat’iy nazar hisobga olinadi. Ayriboshlash holida foyda va zararni aniqlash va hisobga olish binoni hisobdan chiqarishga o’xshash jarayondek amalga oshiriladi. Foyda va zarar berib yuborilayotgan aktivning balans va bozor qiymatlari o’rtasida farq bo’lib daromad moddasi bo’yicha hisobga olinadi. Balans qiymati bozor bahosidan ortiq bo’lgan holda, zarar vujudga keladi; bozor qiymati balans qiymatidan past bo’lganida - foyda vujudga keladi. Ushbu holda foyda va zararlar avval hisoblangan amortizatsiyaning tuzatish kiritishi hisoblanadi va u asosiy vositalar qiymatining ortishini (foyda) yoki kamayishini (zarar) bilan aks ettiriladi. Bir turdagi yoki o’xshash aktivlarni o’rinma-o’rin ayriboshlashda foyda va zararlar hisobga olinmaydi. Korxonaning ayriboshlash natijasida olingan ak-tivlar hisobiga vujudga kelgan ish unumdorligini har qanday ortishi yoki kama-yishi kelgusidagi daromadiga ta’sir qiladi. Buning natijasida xarid qilingan aktivlar ayriboshlash jarayonida berib yuborilgan aktivning balans qiymati bo’-yicha hisobga olinib to’langan pul mablag’lari summasi qo’shiladi yoki olingan pul mablag’lari summasi ayriladi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling