Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Download 2.91 Mb.
bet10/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Sotish tamoyillari – bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z mahsulotini, bajarilgan ishlari yoki ko’rsatgan xizmatlarini sotishda qo’llanaligan qoida yoki ko’rsatmalardir. Ularga navbatdagi to’rtta tamoyillar kiradi.
1. Tannarx.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari ularni sotib olish narxi va olib kelish, o’rnatish, foydalanishga topshirish bilan bog’liq xarajatlar summasi bilan baholanishi kerak. Tannarx tamoyili quyidagi sabablarga ko’ra tan olinishi kerak:
-u ob’ektiv, chunki baholash hujjatlarga asoslangan bo’ladi va eng asosiysi baholash predmetiga haqiqatan ma’lum bir summada pul to’langan yoki to’lanishi shart;
-ikki yoqlamalik tamoyilidan kelib chiqadi va aniqrog’i, xo’jalik voqealar - holatlar hisobda o’zining amalga oshirilgan haqqoniy bahosida ko’rsatilishi kerak;
-mulk sotib olingan bahosida aks ettiriladi;
-moliyaviy natijalar juda to’g’ri aniqlanadi, chunki ularga qayta baholashning ta’siri o’tkazilmaydi.
2. Hisoblash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng tortishuvli, ya’ni munozarali masa-lalardan biri hisobga olinayotgan ob’ektning sotilish paytini aniqlashdir. G’arb olimlari sotish payti deb moddiy boylikka bo’lgan mulkchilik huquqining sotuvchidan xaridorga o’tish paytini qabul qilishgan, ya’ni ular huquq kontseptsiyasini olg’a surishadi. Hisoblash tamoyiliga binoan daromadlar va xarajatlar ular paydo bo’lgan paytda aks ettirilishi kerak, ya’ni pul tushgan yoki to’langan paytda emas.
3. Mos kelish.
Ushbu tamoyilga muvofiq muayyan hisobot davrining daromadlari ularni olish uchun sarflangan xarajatlarga mos tushishi kerak.
4. To’liq ochib berish tamoyiliga binoan korxona moliyaviy holati yoki moliyaviy natijalarini keskin o’zgartiruvchi, biroq moliyaviy hisobotga kiritilmagan holatlar izohlar, tushuntirish xatlarida aks ettirilishi majburiydir.
S. CHeklovchi tamoyillar – buxgalteriya hisobini yuritishda ayrim hollarda to’siq vazifasini bajaruvchi tamoyillardir. Ularga tannarx-daromad, muhimlik, tarmoq xususiyatlari, konservatizm tamoyillari kiradi.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling