Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplari. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi va ular o’rtasidagi tafovutlar
Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplari kontseptual tuzilmaga rioya qilish uchun buxgalterlar foydalanadigan ma’lum bir qo’llanmalardir.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida“gi amaldagi Qonuniga muvofiq buxgalteriya hisobining quyidagi asosiy printsiplari belgilangan:
“Uzluksizlik, ishonchlilik, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy printsiplaridir.”
O’zbekiston Respublikasi nolinchi buxgalteriya hisobi milliy standarti hamda xalqaro satandartlarda tamiyillar batafsilroq yoritilgan.
SHunday qilib, asosiy xo’jalik jarayonlarini hisobga olishda ma’lum bir kundalik qo’llanmalarga asoslanish lozim. Buxgalterning kundalik hisobni yuritishda foydlanishi ko’zda tutilgan qo’llanmalari hisob tamoyillari deyiladi. Ularni uchta guruhga birlashtirish mumkin:
Muhit tamoyillari.
Sotish tamoyillari.
CHeklov tamoyillari.
Muhit tamoyillari – bu hisobni yuritish uchun umumiy qoidalarni belgilovchi ko’rsatmalardir. Ularga quyidagi to’rtta tamoyil kiradi:
Ikki yoqlamalik.
Xo’jalikdagi har bir voqelik bir xil summada ikki marta bir schyotning debetida va ikkinchisining kreditida ko’rsatiladi. Bu tamoyil balans tengligidan kelib chiqadi:
AKTIVLAR MAJBURIYaTLAR + KAPITAL
Baholash.
Faqat pul ko’rinishida ifoda etish mumkin bo’lgan xo’jalik voqeligigina buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
3. Aloxida xo’jalik yurituvchi sub’ekt
Firma o’z mulkdoriga nisbatan huquqiy jihatdan mustaqildir. Mulkdor va firmaning hisob-kitob varaqlari alohida bo’ladi va ularning majburiyatlar bo’yicha mas’uliyati bir-biri bilan kesishmaydi. Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga alohida taqdim etiladi.
4. Uzluksizlik.
Korxona qaysidir bir kuni paydo bo’ladi va qandaydir muddat faoliyat ko’rsatadi. Bu o’ziga xos tamoyil bo’lib, u quyidagi fikrga qarshi turadi: har bir odam o’zining vafot etishini biladi, shunday ekan har qanday zavod, firma va boshqalar doimiy emas. Moliyaviy hisobotlar tuzilganda va taqdim etilganda xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatini davom ettiradi, degan faraz ustun turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |