Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


chizma 1.1 Korxonalarda rejalashtirish va boshqarish jarayoni modeli


Download 2.91 Mb.
bet135/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

chizma 1.1 Korxonalarda rejalashtirish va boshqarish jarayoni modeli.

4-bosqich. Muqobil harakat variantlaridan maqbulini tanlab olish
Kompaniya rahbariyati qo’lida to’plangan ma’lumotlarga asoslanib taklif etilgan muqobil variantlardan biri tanlab olinadi. Bunda har bir variant:
a) strategik
b) amalga oshirilishi mumkinligi va
v) moliyaviy nuqtai nazardan baholab chiqiladi
Tavsiya etilgan variantlarni strategik baholash jarayonida ushbu loyihani kompaniyaning istiqboldagi rejalariga qanchalik darajada mos kelishligi o’rganiladi. Bunda quyidagi savollarga javob olinishi ko’zda tutilgan:
■ ushbu loyiha kompaniyaning strategik rivojlanish rejasiga qanchalik darajada mos keladi:
- samaradorlikni oshiradi yoki xarajatlarni kamaytiradi;
- mavjud mahsulot bilan yangi bozorlarga chikish imkonini beradi;
- mavjud bozorga yangi mahsulot tavsiya etish imkonini beradi;
- yangi mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqish imkoni yaratiladi
■ kompaniyada ushbu loyihaga muqobil variantdagi loyiha (lar) mavjudmi?
■ ushbu loyihani amalga oshirilishi asosiy raqobatchilar bilan bo’lgan munosabatlarga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Loyihaning amalga oshirilishi mumkinligi darajasi o’rganilaetgan paytda - ushbu loyihaning chindan ham kompaniyaga zarurligi va ushbu muammoni boshqacha yo’l bilan hal qilish imkoniyati aniqlanadi. Masalan, loyiha ishlab chikarish quvvatlarini oshirishni mo’ljallab tuzilgan bo’lsa:
- bizga ushbu qo’shimcha quvvatlar kerakmi?
- qo’yilgan maqsadga mavjud quvvatlardan yanada yaxshirok foydalanish orqali erishish mumkin emasmi? degan savollarga javob izlanadi.
5-bosqich. qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish
Muqobil harakat variantlarini kompaniya uchun eng maqbuli tanlab olingach, uni amalga oshirish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon asosan qarorni hayotga tadbiq qilish bilan bog’lik smeta (byudjet)ni tuzishni taqazo kiladi. Smeta (byudjet) – kompaniya menejerlari tomonidan qabul qilingan turli qarorlarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan moliyaviy rejadir. Unda asosiy e’tibor sotish (bajarilgan ishlar,xizmatlar ko’rsatish) dan olingan daromad va ularni bajarish uchun ketgan xarajatlar; qarorni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan pul oqimlari va ularni sarflash yo’nalishlari batafsil yoritiladi.Smetaning tuzilishidan maqsad, kompaniyaning har bir xodimini bosh rahbariyat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarishdagi rolini ko’rsatishdan iborat.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling