Strategik reja va uni tuzish tartibi
Download 65,78 Kb.
|
logistika faoliyat turla
Logistika tizimi tushunchasi logistika fanining asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Tovar va moddiy oqimlar harakati yuqori malakali xizmatchilar tomonidan transport vositalari va turli uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Logistika jarayoniga turli inshootlar, uskunalar biriktirilgan bo‘ladi. Demak, logistikada tovar va moddiy boyliklar oqimi shu uskunalarning ishga qay darajada shay bo‘lishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, tizim deb atalishi uchun bir necha element, ularning bir maqsadga qaratilganligi va ular orasida bog‘lovchi munosabat bo‘lishi kerak. Logistika tizimida yetkazuvchi va iste’molchi tizim elementi bo‘lsa, ular orasidagi logistika munosabatlari ularni bir-biri bilan bog‘laydi. Butun logistika tizimning tuzilishidan asosiy maqsad iste’molchi va yetkazuvchi ehtiyojlarini qondirishdir. Yuqorida aytilganlardan tashqari yana shuni ham aytib o‘tish lozimki, logistik tizim ham boshqa tizimlar kabi tashqi olam bilan munosabatda bo‘ladi. Shunday qilib, logistika tizimi teskari aloqaga ega bo‘lgan tizim, u yoki bu logistika vazifasini bajaruvchi moslashuvchan tizimdir. Odatda, logistika tizimlari quyi tizimlarga va tashqi muhit bilan uzviy aloqaga ega. 14 - chizma. Logistika tizimi chegarasi
Logistika strategiya korxona faoliyati strategiyasining ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim. Logistika tizimi strategiyasini ishlab chiqishda uning tarkibiga transport operatsiyalari va harajatlar, quvvat, aloqa, buyurtmalarni qayta ishlash, zahiralarni boshqarish nazorat va reja tizimlari hamda tizim tashkiliy tuzilmasi kiradi. Logistika strategiyasini ishlab chiqishning andozaviy texnik usullaridan biri harajat va xizmatlar orasidagi logistik muvozanatni tahlil etishdan iborat. Bundan tashqari yana bir element komplekslilik bo‘lib, u o‘z ichiga: ta’minot hamda zahira manbalari soni; tovar hamda qadoqlash nomenklaturasi; buyurtma tushadigan manba va tovarlarni yuklash manzillari soni; mavsumiylik; ishlayotgan markazlar soni kabilarni oladi. Xo‘jalik strategik muammolarini hal etish logistik tizimning har bir funksional sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar guruhi qarorlariga asoslanadi. Logistika tizimi strategiyasini ishlab chiqish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda, strategik maqsad aniqlanadi va xo‘jalik rivojlanish yo‘nalishi belgilab olinadi. Ushbu bosqichda quyidagi muammolar hal etilishi ko‘zda tutiladi:
Birinchi bosqichda firma strategiyasi ishlab chiqiladi (uzoq muddatga mo‘ljallangan tadbirlar). Ikkinchi bosqichni birinchi bosqichning davomi desak bo‘ladi. Bunda strategiyani amalga oshirishga yordam beradigan taktikalar ishlab chiqiladi. Taktikaning strategiyadan farqi shundaki, u bozor sharoitlariga mos holda o‘zgaruvchan va qisqa muddatga mo‘ljallanadi. 2-bosqich 1-bosqichda ishlab chiqilgan strategik reja yo‘nalishini ta’minlaydi. Ikkinchi bosqich quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Logistika strategiyasining korxonalar mahsulotlarini yetkazishda ahamiyati kattadir. Hozirda bozor munosabatlari sharoitida logistik tizim va uning strategiya va taktikasini to‘g‘ri amalga oshirish xizmatlar va tovarlarning iste’molchilarga sifatli holda yetib borishini ta’minlaydi. Shuningdek, to‘g‘ri tuzilgan strategiya bir qator muammolarni qisqartiradi va ombordagi zahiralar qulayligini ta’minlaydi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling