Strategik reja va uni tuzish tartibi
Logistika faoliyatining strategiya turlari
Download 65.78 Kb.
|
logistika faoliyat turla
Logistika faoliyatining strategiya turlariKorxona logistika tizimining strategik rejasini tuzayotganda, u ishlab chiqarish funksional strategik rejasining ajralmas qismi bo‘lishi lozim. Tuzilgan strategik reja ishlab chiqarish, marketing, tashkiliy bo‘lim rejalarini o‘zaro bog‘lab, umumiy yaxlitlikni tashkil etishi lozim. Logistika tizimi strategiyasini ishlab chiqayotganda quyidagilarni nazarda tutish lozim: transport operatsiyalari - ulardagi uzilishlar; ishlab chiqarish quvvati; aloqa (iste’molchilar bilan o‘rnatilgan aloqa); zahiralar boshqaruvi; yuklash, ortish - tushirish ishlari; reja va nazorat tizimi; tashkiliy tizim. Logistik strategik reja tuzish 2 bosqichdan iborat. Logistik strategik reja tuzilishining 1-bosqichida quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi: ehtiyojlarning o‘zgarishi; logistika tizimi ehtiyojining ortishi; mahsulot taqsimotining Pareto tamoyili; zahiralar hajmi va egiluvchan ishlab chiqarish tizimi; alohida faoliyat turlariga e’tibor; egiluvchanlik; ta’minotchilar logistik ko‘rsatkichlarining ortishi. bosqichda barcha xo‘jalik funksional qismlari holati aniqlanadi va firma qiyinchiliklari ko‘rib chiqiladi, ularni bartaraf qilish choralari ko‘riladi. bosqichda firmaning umumxo‘jalik funksional rejalari ishlab chiqiladi va bular 1-bosqich strategik yo‘nalishini tasdiqlashi lozim. Strategik yo‘nalishga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish quvvati; milliy taqsimot tizimi; yuklash, ortish - tushirish ishlari; transport turlari; nazorat tizimi; ta’minotchilar; umumxo‘jalik rejalari. logistik strategik reja tuzilishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va raqobatchilarning raqobatda g‘alaba qozonish imkonini yaratadi. Download 65.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling