Xo’jalik muomalalari natijasida xo’jalik mablag’lari, ya’ni aktivlar hamda ularning tashkil topish manbalari, ya’ni majburiyatlar va qo’yilmalar o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlarni yozish uchun 2 yoqlama yozuvda quyidagi qonunga bo’ysuniladi.
Schetlar
|
Yozuv
|
Schetning tomoni
|
Aktivlar
|
Ko’payishi
Kamayishi
|
Debet
Kredit
|
Majburiyatlar
|
Ko’payishi
Kamayishi
|
Kredit
Debet
|
Qo’yilmalar
|
Ko’payishi
Kamayishi
|
Kredit
Debet
|
Agar balans tenglikka yuqorida ko’rsatilgan qonunni tatbiq etsak, quyidagicha yozuvlar amalga oshiriladi:
Tenglik
|
Aktivlar
|
Majburiyatlar
|
Qo’yilmalar
|
Moddaning ko’payishi
|
Debet
|
Kredit
|
Kredit
|
Moddaning kamayishi
|
Kredit
|
Debet
|
Debet
|
Aktivlar═ Majburiyatlar + Qo’yilmalar
Demak, schotlarga nisbatan yuqoridagi qonun quyidagicha harakat qiladi:
Aktivlarni hisobga oluvchi schetlar
Debet Kredit
Ko’payishi
+
Majburiyatlarni hisobga
oluvchi schetlar
Debet Kredit
Kamayishi
-
Qo’yilmalar (kapital) ni hisobga
oluvchi schetlar
Debet Kredit
Kamayishi
-
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ularning tayinlanishiga ko’ra tartibga solingan ro’yxati schyotlar rejasi deyiladi.
O’zbekiston Respublikasida harakat qilayotgan schyotlar rejasi olti qism va uning tarkibida bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat. Ularning 1-8 bo’limlari balans tuzilishiga, 9-bo’limi esa moliyaviy natijalar to’ьrisidagi hisobot tuzilishiga mos ravishda joylashtirilgan. Quyidagi jadvalda yangi schyotlar rejasining tuzilishi keltirilgan:
21-Buxgalteriya hisobi milliy standartiga binoan
SCHYoTLAR REJASINING TUZILISHI
Qism va bo’limlar raqami
|
Qism va bo’limlar nomi
|
Schyotlar
raqami
|
I qism
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
|
1-bo’lim
|
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar
|
0110-0990
|
II qism
|
Joriy aktivlar
|
|
2-bo’lim
|
Tovar-moddiy zahiralar
|
1010-2990
|
3-bo’lim
|
Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlarning joriy qismi
|
3110-3290
|
4-bo’lim
|
Olinadigan schyotlar joriy qismi
|
4010-4910
|
5-bo’lim
|
Pul mablag’lari, joriy investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
|
5010-5910
|
III qism
|
Majburiyatlar
|
|
6-bo’lim
|
Joriy majburiyatlar
|
6010-6990
|
7-bo’lim
|
Uzoq muddatli majburiyatlar
|
7010-7920
|
IV qism
|
Xususiy kapital
|
|
8-bo’lim
|
Kapital, foyda va zahiralar
|
8310-8910
|
V qism
|
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
|
|
9-bo’lim
|
Daromadlar va xarajatlar
|
9010-9910
|
VI qism
|
Balansdan tashqari schyotlar
|
001-014
|
Schyotlar rejasidagi schyotlar hisobot tuzishdagi vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi: doimiy schyotlar va vaqtinchalik (tranzit) schyotlar.
Doimiy schyotlar 01-guruh schyotlaridan boshlab 89-guruh schyotlarigacha qamrab oladi. Ularning doimiy deyilishiga sabab shundaki, ularning oxirgi qoldiqlari keyingi hisobot davriga boshlang’ich qoldiq sifatida o’tkaziladi va buxgalteriya balansida o’z aksini topadi.
Vaqtinchalik schyotlar esa faqat bir hisobot davriga ochiladi va hisobot davrining oxirida yopiladi. Ular hisobot davrining moliyaviy natijalarini aniqlash uchungina ishlatilib, ularda yil oxiriga qoldiq qolmaydi. Yil oxirida ularni yopib yuborish orqali ulardagi qoldiqlar yo’qotiladi. Buning uchun barcha vaqtinchalik schyotlar, ya’ni 9-bo’limdagi schyotlarning debet yoki kredit qoldiqlari “Yakuniy moliyaviy natija” nomli schyotda umumlashtiriladi. Aynan mana shu schyotda daromadlar bilan xarajatlar solishitirilib, moliyaviy natija foyda yoki zarar ekanligi aniqlanadi. Aniqlangan summa doimiy schyot hisoblangan “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotiga olib o’tiladi hamda balansda o’z aksini topadi.
Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha. Balansning tuzilishi va uning moddalari. Balansni o’qish tartibi. Xo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar. Hisob siyosati
Balans so’zi, bu muvozanat, ikki tomonning tengligi ma’nosini bildiradi. Buxgalteriya hisobida mablag’lar harakati bo’yicha joylanishi va tashkil topish manbalari bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.
Buxgalteriya balansi yordamida xo’jalik sub’ekti tasarrufida bo’lgan mablag’lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag’larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o’rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan iborat bo’lib, uning chap tomoni aktiv, o’ng tomoni esa passiv deb aytiladi. Buxgalteriya balansining tuzilishini quyidagi sxemada ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |