Valyuta scheti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatni boshqarish jarayoni muayyan xarajatlarni talab qiladi. Bunday xarajatlar boshqarish tihzimi bilan bevosita bog’liq bo’lsa xam u naqd pulli xarajatlarni keltirib chiqaradi, Bunday operatsiyalarni pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirish imkoniyati yo’q.
Har bir korxona va xo’jalik sub’ekti faoliyatida bunday xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan tartibga solinadi. Xisobdor shaxslarga maxsus xo’jalik ishlarini bajarish maqsadida kassadan avans summasi beriladi. Hisobdor shaxslarga beriladigan avans summasini tasdiqlovchi hujjat bo’lib korxona rahbarining buyrug’i hisoblanadi. Buyruqda beriladigan avans summasining miqdori, bajariladigan ish hajmi, sarflanishi o’z ifodasini topadi. Buyruqni nushasi hisobdor shaxs kassadan pul olish to’g’risida to’ldirilgan chiqim orderiga ilova qilinadi. Hisobdor shaxslarga xo’jalik faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish maqsadida berilgan pul mablag’lari bo’yicha har bir hisobdor shaxs alohida alohida pul mablag’larini sarf xarajati bo’yicha buxgalteriyaga hisobot beradilar. Kassadan hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari belgilangan maqsadlar bo’yicha ishlatilishi shart. Agar hisobdor shaxs tomonidan olingan pul mablag’lari hisobidan turli materiallar, anjomlar sotib olingan bo’lsa, bunday buyumlar xo’jalik sub’ektining materiallar saqlanadigan omboriga kirim qilinishi va bu to’g’rida tegishli buxgalteriya yozuvi berilishi kerak.
Buxgalteriya hisobida hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari turlari bo’yicha hisobga olinadi va quyidagi schyotlarda ko’rsatiladi:
4220 «Xizmat safari bo’yicha bo’naklar»;
4230 «Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar»
4290 «Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar»
Agar hisobdor shaxsga xizmat safari uchun kassadan avans berilgan bo’lsa u holda debet «Xizmat safariga berilgan bo’naklar» schyoti, kredit «Kassa» schyoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Hisobdor shaxsga berilgan bo’nak umumxo’jalik xarajatlari bilan bog’liq bo’lsa debet «Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» schyoti, kredit «Kassa» schyoti deb yozuv beriladi.
Avanslar qaysi yo’nalish bo’yicha berilmasin, avans olgan hisobdor shaxs pul mablag’larini sarflanishi bo’yicha buxgalteriyaga hisobot berish shart. Buxgalteriyada hisobotni to’g’riligi bosh buxgalter tomonidan tekshirilib chiqilgandan keyin, korxona rahbari hisobotda ko’rsatilgan xarajatlarni tasdiqlaydi va uni keyin korxona xarajatlariga o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |