Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
- Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari. Kassa operatsiyalarini hisobga olish. Hisob – kitob scheti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish
Hisob yuritish siyosati – bu xo’jalik sub’ekti rahbari farmoyishi yoki buyrug’i bilan tasdiqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha sub’ekt tomonidan tanlab olingan shakllar, qoidalar, tamoyillar hamda usullar jamlamasidir.
Hisob yuritish siyosatida quyidagilar o’z aksini topishi kerak: Korxona buxgalteriyasi tarkibiy tuzilmasi; Buxgalteriya hisobini yuritish shakli; Boshlang’ich hisob hujjatlari shakllari; Ichki buxgalteriya hisoboti uchun hujjatlar shakllari; Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini hisobga olish tamoyillari, qoidalari, usullari; Aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish tartibi va ularni baholash usullari; Hujjat aylanish va hisob axborotlarini qayta ishlash qoidalari; Xo’jalik muomalalari ustidan nazorat o’rnatish tartibi; Xo’jalik-moliyaviy faoliyatini hisobga olishning ishchi schyotlar rejasi; Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi. Hisob yuritish siyosati moliyaviy hisobotlarni taqdim etish hamda auditorlik va boshqa tekshiruvlar uchun rasmiy asos bo’lib xizmat qiladi. 2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari. Kassa operatsiyalarini hisobga olish. Hisob – kitob scheti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish Valyuta scheti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi Olinadigan va to’lanadigan pul nazorati, maqsadli pul fondlari va naqd pul hisobining moliyaviy hisoboti. Debitorlik hisobotlari olinadigan qimmatli qog’ozlar, boshqa debitorlar Joriy majburiyatlar va to’lovlar, yordamchi daftarlar, maxsus jurnallar, kirim jurnali, naqd pul kvitantsiyalari, sotib olish jurnali, naqd pul to’lovlari jurnallari. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish. Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish. Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari. Kassa operatsiyalarini hisobga olish. Hisob – kitob scheti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida amalga oshirilgan hisob-kitoblarning to’g’ri yuritilishi mablag’lardan samarali foydalanishga qayta ta’sir ko’rsatadi. Barcha amalga oshirilgan hisob-kitoblar ichki va tashqi hisob-kitoblarga, naqd pulli va pul o’tkazish yo’li bilan olib boriladigan hisob-kitoblarga bo’linadi. Naqd pul bilan yoki pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan barcha hisob-kitoblar korxona faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lishi va ,albatta, tegishli hujjatlar bilan to’g’ri rasmiylashtirilishi shart. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi zarur bo’lgan pul mablag’larining mavjudligi hisob-kitob ishlarini belgilangan muddatlarda to’liq bajarilishi tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini so’zsiz bajarilishiga zamin yaratadi ikkinchidan banklarning kassa rejasining bajarilishini ta’minlaydi. Ammo kassada pul mablag’larini uzoq saqlanishiga mutlaq yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki u pul mablag’larining aylanishiga, korxonalar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni buzilishiga olib keladi. Korxona va xo’jalik sub’ektlar faoliyatida naqd pulli operatsiyalar korxona kassasi orqali, naqd pulsiz, ya’ni pul o’tkazib berish yo’li bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar esa korxonaning bankdagi hisob-kitob schyoti orqali amalga oshiriladi. Qorxona kassasi orqali ichki hisob-kitob ishlari amalga oshirilsa, hisob-kitob schyoti yordamida esa uning tashqi hisob-kitob ya’ni bajarilgan ish va xizmatlar uchun to’lovlar tartibga solinadi. Barcha kassa operatsiyalari kirim-chiqim hujjatlari asosida olib boriladi. Kassadagi pul mablag’larining holati va to’liq saqlanishi uchun kassir javobgar deb hisoblanadi. Hisob-kitob ishlarini to’g’ri va o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha to’lov hujjatlarini o’z vaqtida banklarga topshirilishini talab qiladi. Bank tizimida hujjatlarni rasmiylashtirish topshirish tartibi va muddatlari, ularga qo’yiladigan talablarda belgilab qo’yilgan. Korxona va xo’jalik sub’ektilar o’rtasida bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha hisob-kitobning qaysi shakli amalga oshirilishi tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomada ko’rsatiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan bankda o’z hisob-kitob schyoti mavjud bo’lgan, korxona va xo’jalik sub’ektlarida amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarining to’g’riligi bank tomonidan nazorat qilinadi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling