Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xujjat raqami Kassa muomalasi mazmuni Korres. schyot
- Ko’rsatilgan yozuvlarimiz schyotlar sxemasida quyidagicha aks ettiriladi
- D-T “Kassa” K-T D-T “Hisob-kitob” K-T
- Xizmat safari uchun berilgan
- Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar
- Xo’jalik sub’ekti “Kassa” - 5010 schyoti bo’yicha yuritiladigan JURNAL - ORDER aprelь oyi _________ 200____ yil
- Operatsiyalar mazmuni «Kassa» schyoti debetlanganda kreditlanuvchi schyotlar korrespondentsiyasi
- Kassa schyoti kredit bo’yicha jami 5110 4010 9010
- Oyning boshiga bo’lgan qoldiq
- DEBET 5100 KREDIT Bosh. qold. ... ... ... ... ...
- Quyidagi misolimizda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini ko’rib chiqamiz: 1.
- 1. Debet
Kassa kitobi varag’i - 30
15-18 aprel kunlari uchun kassir hisoboti
Kassa kitobi kassa hisoboti tuzish hamda kassa muomalalari bo’yicha buxgalteriya yozuvlarini umumlashtirilgan holda qayd etish uchun xizmat qiluvchi dastlabki hujjat bo’lib xisoblanadi. Kassir hisobotidagi barcha yozuvlar kassa kirim hamda chiqim orderlari va ulardagi yozuvlar asosida amalga oshirilishi shart. Kassir hisobotidagi yozuvlarni ikki yoqlama yozuv ko’rinishida quyidagicha aks ettiriladi: 1) Dt Kassa - 355000 so’m Kt Hisob-kitob schyoti -355000 so’m 2) Dt Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar - 235000 so’m Kt Kassa - 235000 so’m 3) Dt Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar - 40000 so’m Kt Kassa - 40000 so’m 4) Dt Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar - 50000 so’m Kt Kassa - 50000 so’m Bu yozuvlar kassa va kassa muomalalarini hisobga olish va umumlashtirish uchun ishlatiladigan hisob registri – jurnal-orderda amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan yozuvlarimiz schyotlar sxemasida quyidagicha aks ettiriladi:
“Kassa” schyoti bo’yicha sintetik hisob alohida jurnal-orderda yuritiladi. Unda oy davomida amalga oshirilgan kassa operatsiyalari, pul mablag’lari kirim-chiqimini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan qayd etib boriladi. SHunday qilib, buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar odatda buxgalteriya hisob registrlari hisoblangan jurnallarda o’z aksini topadi. Quyida kassa hisobi bo’yicha jurnal-order shakli ko’rsatilgan. Xo’jalik sub’ekti “Kassa” - 5010 schyoti bo’yicha yuritiladigan JURNAL - ORDER aprelь oyi _________ 200____ yil
Kassadagi pul mablag’larining to’liqligi nazorat qilib borish uchun har oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya natijalari alohida dalolatnomada ko’rsatiladi va korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs maqomga ega bo’lgan xar bir xo’jalik sub’ekti mulk shaklidan qat’iy nazar o’z faoliyatini amaldagi qonun va yo’riqnomalarga asosan tashkil qiladi va korxona o’z faoliyatida boshqa xo’jalik sub’ekti bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarni hisob-kitob schyoti orqli tartibga soladi. Bank boshqaruvchisi nomiga bankda o’z hisob-kitob schyotini ochish uchun ariza beradi. Hisob-kitob schyoti orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun korxona rahbari va bosh buxgalterlarining ismi, sharifi va imzolarini korxona muhri bilan tasdiqlangan holda tegishli bank muassasasiga namuna sifatida taqdim qiladi. Hisob-kitob schyotida pul mablag’lari harakatini hujjatlashtirish bank tomonidan belgilangan tartiblarga rioya qilingan holda olib boriladi va uning nazoratini bank olib boradi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini tasdiqlovchi hujjatlar korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Korxona va xo’jalik sub’ektining hisob-kitob schyoti qaysi bankda ochilgan bo’lsa shu bankda korxonaning naqd pulsiz barcha operatsiyalari amalga oshiriladi, nazorat qilinadi. Korxonalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni hisob-kitob schyotidan pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradilar. Bu schyotdan o’tkaziladigan pul mablag’lari bajarilgan ish va xizmatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ish va xizmatlarni to’liq yoki qisman bajarilganligi ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan holda ya’ni uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari aktiv 5100 «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Bu schyotning debet tomonida bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun kirim qilingan pul mablag’lari ko’rsatilsa, kredit tomonida hisob-kitob schyotidan to’langan pul mablag’lari ko’rsatiladi. Schyotning tuzilishi quyidagicha:
«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotidagi pul mablag’larining xarakati bo’yicha bank xo’jalik sub’ektiga o’rnatilgan tartibda ko’chirma beradi. Ko’chirmada hisob-kitob schyotidagi o’tkazilgan va bu schyotdan to’langan pul mablag’larini tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan yozuvlar bayon etiladi. Quyidagi misolimizda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini ko’rib chiqamiz: 1. Hisob-kitob schyotidan kassaga xodimlarga ish haqi berish uchun naqd pul olindi – 100.000 2. SHahar elektr tarmoqlari tashkilotiga foydalanilgan elektr energiyasi uchun pul to’landi – 500.000 Bu muomulalar uchun quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi: 1. Debet 5010 Kassa schyoti – 100.000 Kredit 5110 Hisob-kitob schyoti – 100.000 2. Debet Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar – 50.000 Kredit 5100 Hisob-kitob schyoti – 50.000 Hisob-kitobi sintetik hisobini yuritish uchun jurnal-orderdan foydalaniladi. Hisob-kitob schyoti orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etiruvchi bank ko’chirmalari hamda ularga asos bo’lgan hujjatlar asosida yuqoridagi kabi buxgalteriya yozuvlari jurnal-orderda amalga oshiriladi. Uning ma’lumotlari schyotlar bo’yicha aylanma qaydnomaga olib o’tiladi va keyinchalik hisobot tuzish uchun asos bo’ladi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling