Mavzu: Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Download 0.5 Mb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1477925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Презентация (12)

MAVZU: Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi

Reja

1. Pul mablag‘lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari. 2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish. 3. Hisob – kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish. 4. Valyuta schyotini ochish tartibi, uning ahamiyati va vazifalari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish. 5. Valyuta schyotidagi mablag‘lar harakatini hujjatlashtirish va hisobga olish.

1. Pul mablag‘lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari.

Korxona, firma va tashkilotlarning faoliyatida xo‘jalik aloqalari muhim o‘rin tutadi, chunki bu aloqalar orqali ta’minot, ishlab chiqarish, mahsulotlarni jo‘natish va sotish jarayonlari amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalari shartnomalarga asoslanib amalga oshiriladi. Natijada bitta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tovar-material zaxiralarini yetkazib beruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko‘rsatuvchi, ikkinchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt esa sotib oluvchi, iste’molchi sifatida maydonga chiqadi, natijada ushbu qiymatliklar, ish va xizmatlarning qiymatliklarini to‘lash bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Bu aloqalar natijasida xosil bo‘lgan hisoblashishlarni aniq tashkil qilish, ayniqsa bozor sharoitida aylanma mablag‘larning tezkorlik bilan aylanishiga va pul mablag‘larining o‘z vaqtida kelib tushishiga sharoit yaratib beradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuqoridagi muomalalaridan tashqari ishlab chiqarish topshiriqlarini bajaruvchi xodimlar bilan ham o‘zaro hisoblashishlar - ishchi va xizmatchilar, ijtimoiy muhofaza, byudjet bilan bo‘ladigan hisoblashishlarni ham amalga oshiradi. Ko‘p hollarda korxona, tashkilot va muassasalar bilan hisoblashishlar naqd pulsiz amalga oshiriladi. Bu hisoblashishlar jarayonida banklarning xizmatidan foydalaniladi, chunki hisoblashishlar amalga oshiriladigan schyotlar tegishli bankda ochiladi. Banklar yuridik shaxslar hisoblanib korxona va tashkilotlarning mablag‘larini qaytarib berish, foizlarni to‘lash va muddatli shartlar to‘lash bilan jalb qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida Markaziy Bank, tijorat banklari (tarmoqqa xizmat qiluvchi – paxta, g‘alla, meva, sabzavot, qurilish va hokazo) va xususiy banklar mavjud.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling