13-mavzu. Valyuta operatsiyalari hisobi. Reja: O„zbekiston Respublikasi valyuta munosabatlarini tartibga solish
Download 279.07 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Valyuta ayrboshlash shaxobchalarida naqd pul va chet el valyutasi hisobini yuritish tartibi. 2.Valyuta operatsiyalarini tashkil etish va xisobi. Valyutalarini sotib
143 13-MAVZU. VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI. Reja: 1. O„zbekiston Respublikasi valyuta munosabatlarini tartibga solish. 2.Valyuta operatsiyalarini tashkil etish va xisobi. Valyutalarini sotib olish va sotish bilan bog„liq operatsiyalari hisobi. 3.Valyuta ayrboshlash shaxobchalarida naqd pul va chet el valyutasi hisobini yuritish tartibi. 2.Valyuta operatsiyalarini tashkil etish va xisobi. Valyutalarini sotib olish va sotish bilan bog„liq operatsiyalari hisobi. O ʻzbekiston Respublikasi banklarida amal qilib kelayotgan buxgalteriya hisobi tizimi ko ʻp valyutali tizimga asoslangan. Koʻp valyutali buxgalteriya hisobi tizimi chog ʻida bank har bir alohida valyuta turi boʻyicha alohida Bosh daftarni yuritadilar. Operatsiyalarni hisobga olib borish maqsadida bank uning faoliyat oborotida valyutalarning nechta turlari bo ʻlsa, shuncha bosh daftarlarni yuritadi. Har bir Bosh daftarda zarur miqdordagi balans hisobvaraqlari ochiladi (Naqd chet el valyutasiga oid operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari. O ʻ zR AV tomonidan 17.08.2000 yilda 957-son (AV ro ʻyxat raqami 957-2-son, 15.04.2004 y.) bilan ro ʻ yxatga olingan). Bosh daftar (BD) bu - odatda bankning moliyaviy hisobvaraqlarida ko ʻrsatiladigan balans hisobvaraqlari guruhi. Bosh daftarning balans hisobvaraqlari, ular yordamchi daftarlarda keltirilgan detallashtirilgan axborotni umumlashtirilishi bois, umumlashtiruvchi hisobvaraqlar bo ʻlib hisoblanadi. Bosh 144 daftar balans hisobvaraqlari bo ʻyicha bank operatsiyalari hisobga olinishi amalga oshiriladigan valyuta turlari bo ʻyicha ochiladi. Yordamchi daftar (shaxsiy hisobvaraqlar) bu - tegishli bosh daftarlarning balans hisobvaraqlariga ko ʻmaklashuvchi ancha detallashtirilgan axborot bilan ta ʼminlab beruvchi hisobvaraqlar guruhidir. Naqd chet el valyutasiga oid operatsiyalarning amalga oshirilishi chog ʻida qat ʼiy hisobot blanklaridan foydalaniladi. Qatʼiy hisobot blanklari bank muassasalari kassasida saqlanadi va almashlash punktlarining xodimlariga belgilangan tartibda bank bo ʻlinmalari rahbarlarining ruxsatlari bilan buyurtmanoma asosida beriladi. Qat ʼiy hisobot blanklari 93609-"Saqlashdagi qimmatliklar" nomli favqulodda holatlar hisobvarag ʻida hisobga olinadi. Hisobotlar uchun mas ʼul shaxslarga qatʼiy hisobot blanklarining berilishi chogʻida alohida tahliliy hisob yuritiladi. Qat ʼiy hisobot blanklari boʻlib, quyidagilar hisoblanadi: a) 09002-son shakl ma ʼlumotnoma naqd chet el valyutasining va chet el valyutasidagi yo ʻl cheklarining naqd soʻmlarga sotib olinishiga oid operatsiyalarning rasmiylashtirilishi chog ʻida lotin harflari bilan oʻzbek tilida to ʻldiriladi. b) 09004-son shakl kvitantsiyasi naqd chet el valyutasining va chet el valyutasidagi to ʻlov hujjatlarining inkassoga qabul qilinishiga oid operatsiyaning rasmiylashtirilishi chog ʻida toʻldiriladi. v) 09005-son shakl kvitantsiya naqd chet el valyutasining va chet el valyutasidagi to ʻlov hujjatlarining ekspertiza uchun qabul qilinishiga oid operatsiyaning rasmiylashtirilishi chog ʻida toʻldiriladi. g) 09006, 09006-1-son shakl ruxsatnomalar. 09006-son shakl ruxsatnoma naqd chet el valyutasining chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishiga bo ʻlgan ruxsatnomaning berilishiga oid operatsiyaning rasmiylashtirilishi chog ʻida to ʻldiriladi. 09006-1-son shakl ruxsatnoma O ʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O ʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga ekvivalentda 5000 AQSH dollaridan ortiq bo ʻlgan summada naqd chet el valyutasining chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishi uchun beriladi. d) 09007-son shakl ma ʼlumotnoma naqd chet el valyutasining sotilishiga oid operatsiyaning rasmiylashtirilishi chog ʻida lotin harflari bilan oʻzbek tilida to ʻldiriladi. e) 09012-son shakl kvitantsiya chet el davlatining zararlantirilgan pul belgilarini xuddi shu davlatning zararlantirilmagan pul belgilariga almashtirilishiga oid operatsiyasining rasmiylashtirilishi chog ʻida toʻldiriladi. Qatʼiy hisobot blanklarini saqlash tartibi (Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, Download 279.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling