Ustiyurt neft gazli regioni
Download 1.34 Mb.
|
ustyurt
Ustiyurt neft gazli regioni
Neft va gaz sanoatining rivojlanishi yangi uglevodorod konlarini ochish yo‘li bilan xom ashyo bazasini kengaytirishga bog‘liq. Bu jihatdan O‘zbekistonning imkoniyatlari juda katta. Mamlakatimizdagi mavjud neft va gaz zaxiralari pul hisobida 1 tril. AQSh dollaridan ortiq, deb baholanmoqda. Gologiya-qidiruv jarayonining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiya talab etiladi. Bu esa qidiruv bilan aniqlangan zaxiralar miqdorini oshishini ta’minlaydi. Ustyurt havzasi geologik tuzilishida tokembriy, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari uchraydi. Tokembriy. Ustyurt havzasining katta qismida Tokembriy yotqiziqlari metamorfik jinslardan iborat. Ustyurt havzasida eng qadimgi, tokembriy yotqiziqlari Bazay ko‘tarilmasida ochilgan. Bu yerda ular asosiy tarkibi o‘lkaviy metomorfizga uchragan magmatik jinslardan, biotit - xloritli slanes, epidot - amfibalitli slanes va ortoamfibolitlardan tashkil topgan. Paleozoy. Oqtumshuq va Markaziy - Ustyurt dislokatsiya tizimlarida, Kuanish - Kaskala tektonik zonasida va uning yon qismlarida - Shaxpaxti va Berdax pog‘onalarida paleozoy yotqiziqlari eng katta qalinlikda ochilgan. Botiqliklarda mezo - kaynozoy yotqiziqlari qalinligi 4 km ga yetadi va ko‘p hollarda paleozoy yotqiziqlarining eng yuqori qismlarigina burg‘ilangan. Silur. Yuqorisilur yoshidagi yotqiziqlar Aybugirda (146 - quduq, 206 -305 m oraliq) ochilgan. Bu yotqiziqlar Shimoliy Tomditau qing‘ir svitasi bilan taqqoslanganda, ularning yoshi kechkisilur yoshidagiligi ma’lum bo‘ldi. (V. S. Knyazova va bosh, 1972 y). Bular to‘q - jigarrang va yashil, slaneslangan qizil gravelit Yura yotqiziqlari quduq bo‘ylab tarqalgan va to‘liq 3 bo‘limdan iborat. Genetik jihatdan yuqori yura dengiz yotqiziqlari, quyi va o‘rta yura kontenental yotqiziqlaridan iborat. Yura yotqiziqlari qalinligi juda keng miqyosda o‘zgaradi. Kabanbay maydonida, qisman Sudoch egikligida (Orol, Urga) 1500-2000 metr, yirik ko‘tarilma xududlarida (Bayterak) esa 400-500 metrgacha qalinlikka ega. Quyi yura. Quyi yura yotqiziqlari qumtosh, gil, alevrolitlarning qatqatlanishidan iborat. Quyi qismida esa «Kuanish» nimini olgan maxsuldor qumtosh gorizonti ajratiladi. Quyi yura qumtoshlari litologik jixatdan jigarrang, to‘q-jigarrang, qattiq, zich, slyudali, xar xil donador, yaxshi saralanmagan allyuvial-daryo yotqiziqlaridan iborat. Cho‘kindilar chuchuk suvli basseynlarda, ba’zi qismlarida esa yer ustida nam va issiq iqlim sharotida paydo bo‘lgan. O‘rta yura. O‘rta yura yotqiziqlari tarkibida aalen-bayoss va bat yaruslari ajratiladi. Aalen-bayoss qatlami qumtosh alevrolitli va gil jinslarini qat-qatlanganidan iborat. Bu jinslar tarkibida ko‘plab ko‘mir qatlamlari bor. Aalen-bayoss yotqiziqlari daryo sharoitlarida paydo bo‘lgan, qalinligi 100 dan 700 m gacha o‘zgaradi Yuqori yura. Yuqori yura jinslari kellovey-oksford va kimeridj-titon yaruslaridan iborat. Kellevey-oksford tarkibida qisman yashil, jigarrang, qumtosh qatlamchisi bo‘lgan qalin gil qatlamidan iborat. Kimeridj-titon yotqiziqlari oksford ustida yuvilish bilan yotadi va tarkibi yashil-jigarrang, qumgilli oxaktoshlardan iborat. Jinslar fatsial va qalinlik jixatdan juda o‘zgaruvchan. KAYNOZOY. Taxtakair vali xududida paleogen yuvilgan. Cho‘kkan xududlarda barcha 3 bo‘lim mavjud: paleotsen, eotsen va oligotsen. Paleogen yotqiziqlari kam qalinlikdagi (15-30 m) mustaxkam yashil-jigarrang oxaktoshlardan iborat. Eotsen yotqiziqlari turli rangdagi gilli oxaktosh, mergellardan, oligotsen yotqiziqlari yashil, jigarrang,zich alevrolitli, ba’zi joylarda oxaktoshli gillardan iborat. Umumiy qalinligi 0 dan (Taxtakair, Qiziltosh) 377 m (Orol) gacha o‘zgaradi. Neogen yotqiziqlari bir nechta svitalarga ajratilgan va quyi qismi dengiz sharoitida paydo bo‘lgan gil, qumtosh va qumdan tarkib topgan.Yuqori qismi esa qum, gil, alevrolitli gil va alevrolitdan iborat. Qalinligi o‘zgaruvchan bo‘lib, ko‘tarilmalarda 0 dan, Qipchoqdaryo grabenida 500 m gacha to‘rtlamchi yotqiziqlar kontinental xosilalardan iborat. Bu yotqiziqlar litologik jixatdan gil va qumlardan iborat. Qalinligi 50 m dan oshmaydi. ХХ аср ўрталарига қадар Орол - Устюрт ҳудуди систематик ўрганилмаган. Табиий очилган ётқизиқлар стратиграфияси, жинслари таркиби ва тоғ жинсларининг ётиш шароити ҳақидаги маълумотлар Н. Муравьев. 1822, Г.Мейндроф, 1826, К. Цимерман, 1841, Ф. Базинера, 1848, А.Гумбольдт, 1845, Г.Н. Данильев, 1851, А.В. Каульбарс, 1881, И.Е. Мушкетов, 1886, илмий ишларида келтирилган. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling