Mavzu: Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Valyuta schyotidagi mablag‘lar harakatini hujjatlashtirish va hisobga olish


Download 0.5 Mb.
bet10/10
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1477925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Презентация (12)

5. Valyuta schyotidagi mablag‘lar harakatini hujjatlashtirish va hisobga olish

  • Xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini va xorijiy valyuta operatsiyalarini har bir korxona amalga oshirishi mumkin. Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qat’iy nazar O‘zR hududida xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilangan.Xorijiy valyuta mablag‘lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan sanaga Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi. Jumladan quyidagilar bo‘yicha: a) kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, valyuta ssuda qarzlari; b) xorijiy valyutadagi debitor va kreditor qarzlar; v) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan tovar-material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; g) bojxona to‘lovlarining amalga oshirilishi; d) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi pulli hujjatlar; ye) xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar. Xorijiy valyutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir bo‘lgan sanaga bo‘lgan Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiriladi. Xorijiy valyutani sotish (sotib olish)da sodir bo‘ladigan kursdagi farq (ijobiy yoki salbiy) ijobiy bo‘lsa – 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, salbiy bo‘lsa – 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi.

Xorijiy valyutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo‘yicha o‘tkazilishi: Dt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti, Kt -5020-«Valyuta schyoti». b) Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani «Blokschyot» dan chiqarilishi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti. v) valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha sotilgan xorijiiy valyutaning so‘m ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi: Dt 5110-«Hisob-kitob schyoti», Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. g) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortig‘ini aks ettirilishi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti. d) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank kursidan kam) aks ettirilishi: Dt 9620-«Kurs farqlaridan zararlar», Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.

  • Xorijiy valyutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo‘yicha o‘tkazilishi: Dt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti, Kt -5020-«Valyuta schyoti». b) Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani «Blokschyot» dan chiqarilishi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti. v) valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha sotilgan xorijiiy valyutaning so‘m ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi: Dt 5110-«Hisob-kitob schyoti», Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. g) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortig‘ini aks ettirilishi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti. d) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank kursidan kam) aks ettirilishi: Dt 9620-«Kurs farqlaridan zararlar», Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Google.com
  • WWW.fallar.org
  • WWW.arxiv.uz

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling