Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli


Download 2.91 Mb.
bet41/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

1. Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli. Bu usulda ob’ekt qiymatining eskirish hisoblanayotgan qismi xarajat schyotlariga uning xizmat qilish muddati davomida bir tekisda (maromda) o’tkazib boriladi. Har yil uchun eskirish summasi (A) eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning boshlangich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(T)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning foydali xizmat muddati(M)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - T
A = ------------ .
M
Masalan, dastgohning boshlang’ich qiymati 550.000 so’m, xizmat muddati besh yil, xizmat muddati oxiridagi tugatish qiymati - 50.000 so’m. Bu holda har yillik eskirishso’mmasi eskirish hisoblanadigan qiymatning 20% ni tashkil qiladi yoki bir tekisda eskirish xisoblash usuliga binoan 100000 so’mni tashkil etadi, ya’ni
Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (T) 550.000 – 50.000
A h -------------------------------------------------------- h ------------------------ h 100.000 so’m
Xizmat qilish muddati (M) 5

Ushbu dastgohga besh yil mobaynida eskirish hisoblashni quyidagi ishchi jadval orqali ko’rsatish mumkin:


(so’m hisobida)

Sana


Boshlangich
qiymat

Yillik eskirish summasi

Jamlangan eskirish
summasi

Balans qiymati

xarid sanasi

550.000

-

-

550.000

1 yil oxiri

550.000

100.000

100.000

450.000

2 yil oxiri

550.000

100.000

200.000

350.000

3 yil oxiri

550.000

100.000

300.000

250.000

4 yil oxiri

550.000

100.000

400.000

150.000

5 yil oxiri

550.000

100.000

500.000

50.000



2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli. Ba’zi ob’ektlarni eskirishi ularning ishlatish jadalligi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Bunda ob’ektning mavjudlik davri (vaqti) e’tiborga olinmaydi. Dastavval ish (maxsulot, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan eskirish so’mmasi (A) hisoblab olinadi. Uni hisoblash eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning boshlangich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(T)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning bajargan ishi hajmiga (I)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - T
A h ------------ .
I
Bajarilgan ish birligiga to’g’ri keladigan eskirish summasi hisoblab olingach, uni bir yilda bajaradigan ish hajmiga ko’paytirish yo’li bilan asosiy vositaning yillik eskirish summasi aniqlanadi.
Masalan, balans qiymati 550.000 so’m, tugatish (qoldiq) qiymati 50.000 so’m bo’lgan dastgohning 5 yillik xizmat muddati mobaynida umumiy bajaradigan ish hajmi 200.000 donani tashkil qiladi. Har bir dona hisobiga to’g’ri keladigan eskirish xarajatlari summasi quyidagicha aniqlanadi:

Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (T) 550.0000 – 50.000


A h ----------------------------------------------- h -------------------- h 2,5 so’m bir donaga
Bajarilgan ish hajmi (I) 200.000
Agar dastgohni xizmat muddatining birinchi yili 50.000 dona, ikkinchi yili – 60.000 dona, uchinchi yili – 40.000 dona, to’rtinchi yili -30.000 dona va beshinchi yili -20.000 dona mahsulot ishlab chiqarsa, u holda dastgohga hisoblangan eskirish quyidagicha bo’ladi: (so’m hisobida)

Sana


Boshlang’ich
qiymat

Bajarilgan ish hajmi, tG’km

Yillik eskirish summasi

Jamlangan
eskirish
summasi

Balans qiymati

xarid sanasi

550.000

-

-

-

550.000

1 yil oxiri

550.000

50.000

125.000

125.000

425.000

2 yil oxiri

550.000

60.000

150.000

275.000

275.000

3 yil oxiri

550.000

40.000

100.000

375.000

175.000

4 yil oxiri

550.000

30.000

75.000

450.000

100.000

5 yil oxiri

550.000

20.000

50.000

500.000

50.000

Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, yillik eskirish summasi va bajarilgan ish birligi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlik mavjud. Jamg’arilgan eskirish har yili ish birligi hajmiga bog’langan holda o’zgarib boradi, balans qiymati esa yil sayin ish hajmiga mutanosib ravishda qoldiq qiymatga etmaguncha kamayib boradi. Bu usulga muvofiq har bir ob’ektni taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddatini aniqlashda qo’llaniladigan ish birligi ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori aniq bir uskunaga mos kelishi kerak, bunda ob’ektdan foydalanish soatlari miqdori boshqa uskunaga eskirish hisoblashda yaxshi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu usulni ob’ektdan foydali ishlatish muddati ichida fondlar qaytimi etarlicha aniqlash mumkin bo’lgan hollarda qo’llash ma’quldir.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling