Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Ish haqi hisobi. Xodimlarni mukofotlash va moddiy yordam bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Ijtimoiy nafaqalar bo’yicha xisob-kitoblar hisobi


Download 2.91 Mb.
bet75/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Ish haqi hisobi. Xodimlarni mukofotlash va moddiy yordam bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Ijtimoiy nafaqalar bo’yicha xisob-kitoblar hisobi

Xo’jalik sub’ektlari xodimlariga mehnatga haq to’lash va u bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitobni amalga oshirishning analitik va sintetik hisobi yuritiladi. Analitik hisobni tashkil etish kadrlar bo’limi ma’lumotlari hamda tegishli hujjatlarga asoslangan holda har bir bo’lim, bo’linma yoki tsex va ulardagi har bir xodim bo’yicha alohida tashkil etiladi. Xodimlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun sintetik 6710 “Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan xisoblashishlar” schyoti ishlatiladi. Ushbu schyot passiv schyot bo’lib, hisoblangan ish haqi summalari xo’jalik sub’ektining xodim oldidagi qarzi, ya’ni majburiyati sifatida aks ettiriladi.


Xodimlarga hisoblangan ish haqi xo’jalik sub’ekti faoliyati davomida amalga oshirilgan xarajatlarning eng salmoqlisi hisoblanib, ish haqi hisoblanganda ish haqi xarajatlari ular paydo bo’lgan joylarda aks ettiriladi. Ish haqi xarajatlari paydo bo’lish joylariga qarab “Tugallanmagan qurilish”, “Asosiy ishlab chiqarish” kabi schyotlarning debetida taalluqligi bo’yicha aks ettiriladi:
Ish haqining 2 xil turi ham mavjud: asosiy va qo’shimcha ish haqi. Asosiy ish haqi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun to’lanadigan ish haqidir. Qonunchilikka binoan ishlanmagan vaqt uchun to’lanadigan summalar qo’shimcha ish haqi deyiladi. Masalan, ustamalar, mukofotlar, ish vaqtidagi to’xtab qolishlar uchun to’lovlar. Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag’batlantirish va shu kabi summalaridan qonunchilikda belgilangan chegara doirasida soliqlar hamda aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ariza - majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o’tkazib berganda, kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo’ladi.
Eng kam ish haqining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan qayta ko’rib chiqilishi mumkin. 2017 yilda O’zbekiston hududida eng kam ish haqi — oyiga 149775 so’m summada belgilangan.
Xodimlarga ish haqi hisoblanganda har oyda quyidagi tartibda buxgalteriya o’tkazmasi rasmiylashtiriladi:

        1. Asosiy ishlab chiqarish ishchilariga ish haqi hisoblansa:

Debet 2010 - Asosiy ishlab chiqarish schyoti
Kredit 6710 - Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan xisoblashishlar schyoti

        1. Asosiy ishlab chiqarishdagi yordamchi ishchilarrahbar xodimlar, xizmat ko’rsatuvchi personal kabilarga ish haqi hisoblansa:

Debet 2510 Umumishlab chiqarish xarajatlari schyoti
Kredit 6710 - Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan xisoblashishlar schyoti

        1. Yordamchi ishlab chiqarish asosiy ishchilari va boshqa xodimlariga ish haqi hisoblansa:

Debet 2310 - Yordamchi ishlab chiqarish schyoti
Debet 2510 - Umumishlab chiqarish xarajatlari schyoti
Kredit 6710 - Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan xisoblashishlar schyoti

        1. Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bo’yicha va ma’muriy xodimlarga ish haqi hisoblansa:

Debet 9410 – Sotish xarajatlari schyoti
Debet 9420 – Ma’muriy xarajatlar schyoti
Kredit 6710 - Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan xisoblashishlar schyoti
Keltirilgan o’tkazmalardan ko’rinib turibdi-ki, ishlab chiqarish bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq ish haqi xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Sotish va ma’muriyat bilan bog’liq ish haqi xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi va mahsulot sotishdan yalpi foyda hisobiga qoplanadi.


1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling