Andijon mashinasozlik instituti


Download 99 Kb.
bet3/7
Sana26.11.2021
Hajmi99 Kb.
#177828
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozor tushunchasi, uning tuzilishi va turlari

Beshinchidan, jamiyat a’zolarining talab-extiyojlarini ishlab chiqarishga yetkazib, uni shu yo’lda o’stirishga xizmat qiladi.
Oltinchidan, tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlarning naqadar o’rinli ekanini, ularni naqadar jamiyat tan olishini aniqlash, harajatlarni pasaytirishga undaydi. Agar mehnat tovarga behuda sarflangan bo’lsa, bozor uni tan olmaydi. Bozor qiymatni Tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi.
Yettinchidan, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi bir-biriga bog’liqlik va teng xuquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustaxkamlash vazifasini bajaradi. Bozor mehnat taqsimotini chuqurlashtirib, ishlab chiqarishning davlatlararo miqyosda aniq ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-extiyojni mo’ljalga olib yuritilishini taqozo etadi. Qayd qilingan vazifalarning barchasi bir-biri bilan bog’liq va birgalikda amalga oshadi. Buning uchun bozor turlari bir-birini taqozo
etishi shart.
Bozor tizimining o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Markaziy ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o’zining xayotiy emasligini, axolining o’sib boruvchi extiyojlarini ta’minlay olmasligini yaqqol ko’rsatdi. Xayot u tizimni yuqori samara beruvchi, inson manfaatlariga mos tushuvchi va unga xizmat qiluvchi yangi iqtisodiy tizim, ya’ni bozor tizimi bilan almashtirish lozimligini kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’ydi.
Bozor tizimining asosiy ustunliklari uning bajaradigan qator vazifalaridan kelib chiqsa-da, ayrim ijobiy jihatlarini quyidagi qiyosiy taqqoslash ko’rinishidagi jadvalda keltiramiz.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo`lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo`jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo`llaniladigan, ilmiy amaliy tushunchadir. Bu tushuncha yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o`xshab ko`rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o`ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko`p qirrali bo`lib, mazmuni o`zgaruvchan ekanligidan turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor
tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining davrlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatadi.
Dastlab ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir birlari bilan
tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, xunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajlratilib, ,,bozor joyi’’ , deb e’lon qilindi. Shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin bozor u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko`rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo`lib, o`z tovarini boshqa tovarga
ayirboshlashda vaqt va masofada farq bo`lmagan, bir birlariga bir vaqtning o`zida o`sha joyda ayirboshlash sodir bo`lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish turli xil jarayonda bo`lingan va T-P-T ko`rinishida bo`la boshlagan. Tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatidan bir vaqtda bo`lmasligi
mumkin. Chunki sotuvchi o`z tovarini bir paytda sotib pul qilib, boshqa paytda , boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug`ullanidagan maxsus qatlamlar paydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar- pul xarakatini tezlashtirish imkoninin berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog`laydigan vositaga aylandi.
Bunda ishlab chiqaruvchi va iste’molchining bir-birlari bilan uchrashishi
shart bo`lmay qoldi. Ularning savdogarlik vositachilar orqali aloqa qilishlari yo`lga qo`yildi. Endi bozor tusunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar- pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi –sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar –ishchi kuchining paydo bo`lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchi ham bozor jarayoni orqali o`tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri bo’lmay, yoki bilvosita, bozor orqali sodir bo`ladigan bo`ldi.
Shunday qilib, xozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan ist’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va haridorlarning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyilini asosida ayirboshlash yurituvchilarning harajatlari qoplanib, foyda olishi va to’lovga qodir bo’lgan haridorlarning talabini qondirish va roqobatchilikning mavjud bo’lishidan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o’tish davri
suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga yengil-yelpi qarab, uning almisoqdan qolgan eski, bir tomonlama, hozir ma’nosini yo’qotgan ta’rifini ko’rsatish xollari uchramoqda. Turli kishilar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ra’rif berilib, u qizg`in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va haridorlar tartibsiz to’planib, juft-juft, to’p-to’p, gurux- gurux bo’lib oldi-sotdi qiladigan joy deb xisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro’z ulashadigan fayzu barakatli, sirli daturxon deb
ataydilar. Boshqa bir gurux mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni, ayniqsa, sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan va boyidigan, aldamasa tura olmaydigan muttahamlar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib, o’nga sotadigan noinsof olib sotarlar, firibgar vositachilar to’planadigan, kishilarni aldashning turli xiylanayranglari ishlatiladigan bir nopokiza makon sifatida ta’riflaydilar. Bu ta’riflar ma’lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifodalasada, shu bilan birga unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo’lib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o’rnini ochib bera olmaydi.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan iqtisodiy jarayondir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o’rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yigi’ndisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech
qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro’z xam ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan,
O’zbekistonda mavjud bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, shchi kuchi tovar pulga sotiladi va sotib olinadi.
Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo’lgan xizmatlar bajariladi. Xar bir jismoniy shaxs yoki korxona o’zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o’ziga kerakli bo’lgan yuzlab tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor subyektlari ya’ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko’rmasliklari, tanimasliklari xam mumkin. Ular turli xujjatlar , shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali savdo qilishlari mumkin. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan paxta, pilla, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, asbob –uskuna, o’g’it, urug’ va boshqa yuzlab tovar va xizmatlarning o’z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan tog’ridan-to’g’ri iste’molchilarga jo’natilgan fikrimizning dalili bo’lib, bozor aloxida savdo-sotiq qiladigan joy deb tushunish to’g’ri emasligini ko’rsatadi.
Undan tashqari tovar va xizmatlarni pul orqali oldi-sotdi qilish jarayonida ayrim shaxslar yoki korxonalar sarflangan mehnat va moddiy xarajatlarga nisbatan yuqori darajada ortiqcha foyda oladi, tez boyiydi, ularning ayrimlari esa foyda olish u yoqda tursin, qilgan sarf harajatlarini ham qoplay olmay, katta zarar ko’radilar, sinib xonavayron bo’ladilar. 1997-yilda Respublikamiz qishloq xo’jaligida 662 ta, boshqa sohalarda 302 ta korxona zarar ko’rib, shundan 300 ta qishloq xo’jaligi korxonalari bu zararni o’zining mol-mulki xisobidan qoplashi
mumkinligi, qolgan 332 tasi esa o’z zararini qoplay olmay xonavayron
bo’lishga maxkum ekanligi, sanoat va bankrot deb e’lon qilinganligi
302 ta zarar ko’rgan korxanalardan 145 tasi bankrot deb e’lon qilinganligi, 1999-yilda esa 898 ta qishloq xo’jaligi korxanalari shirkatlarga aylantirilib, ularning 12,3 foizi, ya’ni 119 ta shirkat xo’jaligi yilni zarar bilan yakunlaganligi , 2000-yilda esa 139 ta korxona o’z faoliyatidan 1385,0 mln.so’m zarar ko’rganligi, bozorning yoppasiga baxt-saodat keltiruvchi afsonaviy joy emasligini yana bir bor isbotlaydi.
Endi nima uchun bu bozorda kimlardir mehnat qilmasdan yoki sarflagan xarajatlariga nisbatan boshqalardan ortiqcha daromad oladi, boshqacha esa sarf-xarajatlarini qoplay olmay, mehnatiga yarasha daromad qila olmaydilar, xonavayron bo’ladilar?- degan savol hammani qiziqtiradi.
Shuni aytish lozimki, bozorda hech qanaqa iloxiy yoki afsonaviy kuch yo’q, aytilganlarning hammasi bozor munosabatlarining o’zidan kelib chiqadi. Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo’lsa, baxolar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovardan sotuvchi keragidan ortiq daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, baxolar pasayib ketib, sotuvchilar zarar
ko’ra boshlaydilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no’noqlik va xo’jasizlik yuz berib, ortiqcha harajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa , zarar yanada oshib ketadi, chunki, bozor bunday ortiqcha bexuda sarflarni xisobga olmaydi.

2.2. Bozorning turli asnolarda tuzilishi.


Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil me’zonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik
(erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlariga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanmagan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin.


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling