Andijon moshinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti
Download 1.91 Mb.
|
Odilov Jamshidbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- K I R I S H KIRISH
- Operatsion tizimlar tarixi
ANDIJON MOSHINASOZLIK INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI K 18-22 guruh talabasi Odilov Jamshidbekning Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanidan Tayyorlagan Mustaqil ishi ”Zamonaviy operatsion tizmlar qiyosiy tahlili” REJA: 1.Kirish 2. Operatsion tizimlar tarixi 3. Windows haqida 4.Linux haqida 5. Mac OS haqida K I R I S H KIRISH ”Zamonaviy operatsion tizmlar qiyosiy tahlili” taqdimotidan ko’zlangan maqsad shuki hozirgi operatsion tizimlar haqida to’liq ma’lumot to’plagan holda ularni qiyosiy tahlil qilib, bu tizimlarni avzallik va ustunliklari haqida ma’lumot berish Operatsion tizimlar tarixi Birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Oʻsha davrda birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob-kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi. Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling