Andijon qishloq xo


Download 72.49 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi72.49 Kb.
#1407524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
karantin dastur

Kirish


Tashqi karantin zararkunandalari fani O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini mutaxassisligi fanlari ichida dastlab o‘qitiladigan asosiy fanlardan bo‘lib, tashqi karantin zararkunandalar bioekologiyasi, morfologiyasi va anatomiyasini o‘rganish, qo‘shni mamlakatlarda keng tarqalayotgan zararkunandalarning kirib kelishini oldini olish va ularni aniqlash hamda qarshi kurashda qo‘llaniladigan karantin chora tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha talabalarni bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.



  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanining maqsadi - talabalarga o‘simliklarni tashqi karantin zararkunandalarining yetkazadigan zarari va karantin chora tadbirlarini, zararkunandalarni aniqlashda qo‘llaniladigan usul va vositalarni hamda karantin o‘rnatish, bekor qilishni o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- talabalarga karantin nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan obyektlarni aniqlash;
- entomologik analizlar uchun namunalar olish va taxlil qilish;
- respublika uchun tashqi karantin hisoblangan obyektlar bilan talabalarni tanishtirish;
- xorijiy davlatlardan mamlakat ichkarisiga kirib kelayotgan transport vositalari va ulardagi yuklarda uchraydigan zararkunanda turlarini aniqlashni bilishni va ularni zararsizlantirish bo‘yicha malaka va ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talaba:
- Tashqi karantin zararkunandalari fanini o‘rganish jarayonida qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiruvchi tashqi karantin zararkunandalarining turlarini, sistematikasini, ularning qaysi o‘simlik turlarini zararlashi to‘g‘risida bilishi kerak;
- zararkunandalarning rivojlanishi va ularning ko‘payishi uchun kerak bo‘ladigan harorat, namlik va bir mavsumda necha martagacha avlod berishini, qishlash maydonlarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- zararkunanda turlarini, oila va turkumlarini aniqlash uchun taqqoslash va ularni kolleksiyalarini tayyorlash ularni aniqlagandan so‘ng issiqqonli organizmlar uchun zararsiz bo‘lgan vositalar yordamida zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.



Download 72.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling