Andijon qishloq xo


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi


Download 72.49 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi72.49 Kb.
#1407524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
karantin dastur

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi
Tashqi karantin zararkunandalari fani asosiy ixtisoslik xisoblanib, 7-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan Entomologiya va zoologiya asoslari, fitopatologiya, dehqonchilik, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni biologik va kimyoviy usullarda himoya qilish, o‘simliklar karantini, o‘simlik zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarini ko‘payishini va tarqalishini bashorat qilish fanlari bilan doimiy aloqadadir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Tashqi karantin zararkunandalari fanini o‘rganish orqali chet davlatlardan tashqi karantin zararkunandalarini kirib kelishini va ularning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararini oldi olinadi.
Bu fanni o‘rganish jarayonida talabalar o‘simliklarni tashqi karantin zararkunandalarining yetkazadigan zarari va karantin chora tadbirlarini, zararkunandalarni aniqlashda qo‘llaniladigan usul va vositalarni hamda karantin o‘rnatish, bekor qilishni o‘rganishi lozim. Shuning uchun ushbu fan asosiy umumkasbiy fanlardan hisoblanib, o‘simliklar karantini va ximoyasining ishlab chiqarishdagi ajralmas bo‘g‘inidir.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

  1. Asosiy qism

Fanning nazariy mashg‘ulotlar mazmuni
Ma’ruza mashg‘ulotlari
Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Karantin zararkunandalarini aniqlash usullari
Tashqi karantin zararkunandalari fanining maqsadi va vazifalari. Karantin obyektlarning dalalarda tarqalishini aniqlash usullari. Karantin obyektlarining ekspertizasida qo‘llaniladigan jihozlar. Entomologik ekspertiza usullari.



Download 72.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling