a) Inson tanasidan o’tayotgan tokning turi.
Tokni kuchini insonga turli ta’sir ko’rsatadi. Ko’rsatgan ta’siriga qarab quyidagi tok qiymatlariga ajratiladi: -Tokni sezish chegarasi. O’zgaruvchan tokni 50 gs va miqdori 0.1-1.5 mA, o’zgarmas tokni miqdori 5-7 mA. Shu holatda inson qo’l panjalari titraydi va issiqlikni sezadi;
-Qo’yib yuboradigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 8-10 mA, o’zgarmas tok uchun 20-25 mA. Shu holatda inson og’riq sezadi badani qiziydi.
-Ushlab qoladigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 10-15 mA, o’zgarmas tok uchun 50-80 mA. Shu holatida qo’l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, va inson o’zini tanasini boshqarib ololmaydi.
-Fibrilyasion tok. O’zgaruvchan tok miqdori 100 mA, o’zgarmas tok uchun 300mA. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
Elektr toki ta’siriga tushib qolishdan himoya usullari Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari.Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini taxlili inson tanasidan o’tayotgan tokni meyorida, turli holatida kuchlanish ostida qolishi va turli tarmoqdagi turli factor va parametrlarini ulanib qolishi ta’sirini baholashiga keltiradi.
Elektr tarmoqlar o’zgaruvchan va o’zgarmas tokli bo’ladi. O’zgaruvchan tok bir fazali va ko’p fazalilarga ajratiladi. O’zgaruvchan tokni uch fazali tarmoqlar turi eng ko’p qo’llaniladi. Transformator yoki generator neytral rejimi bo’yicha, uch fazali tarmoqlar izolyasiyalangan yoki mustahkam yerga ulangan bo’lishi mumkin. Agar generator yoki transformator yerdan izolyatsiyalangan bo’lsa, yoki katta qarshilik orqali yerga ulanilgan bo’lsa, izolyatsiyalangan neytral (kuchlanish transformatorlar, kompensasiyalovchi g’altaklar va boshqalar) deb ataladi. Agar yerga ulash qurilmalariga to’g’ridan-to’g’ri, yoki kichik qarshilik aparatlar orqali yerga ulangan bo’lsa mustahkam yerga ulangan neytral (tok transformatorlari va boshqalar) deb ataladi. Izolyatsiyalangan nеytralli uch fazali tarmoqlarni xavfi.Elеktr tarmoqlarni o’tkazgichlari yеrga nisbatan, o’ziga xos hajmiga va faol qarshiligini-siljish tok qarshiligiga ega. Siljish tok qarshiligi esa o’tkazgichlarni izolyatsiyasi qarshiligi bilan tokni yеrga o’tish yo’lini qarshiligini yig’indisiga tеng.
Do'stlaringiz bilan baham: |