Аndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Download 10.08 Kb.
|
tashqi taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 06.01.08 – Osimlikshunoslik ixtisosligi
- Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti”
Аndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 06.01.08 –«O'simlikshunoslik» ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti Holdarova Sevaraxon Rahmatjon qiziga qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Tursunov Xayrullo Odiljonovich rahbarligi ostida “Arpa sholi turiga mansub bo’lgan navlarni ko’chat usulida yetishtirishni ilmiy asoslash (Andijon viloyati sharoitida)” mavzusi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan ish dasturiga TAQRIZ Hozirgi kunda jahon aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun boshoqli don ekinlari, jumladan sholi hosildorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo bo’yicha sholi 2018 yilda 155 mln. gektar maydonda yetishtirilib, deyarlik 95 foizi ko’chat usulida ekiladi. Ekin maydoni bo’yicha birinchi o’rinni Hindiston (43,4 mln/ga), ikkinchi o’rinni Xitoy (30,8 mln/ga), uchinchi o’rinni Indoneziya (13,8 mln/ga), to’rtinchi o’rinni Bangladesh (11,8 mln/ga), beshinchi o’rinni Tailand (10,8 mln/ga), oltinchi o’rinni esa V’etnam (7,8 mln/ga) egallaydi.”1 Jahon dehqonchiligida keyingi yillarda sholi don hosildorligini oshirishda yangi innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni ilmiy asoslangan holda qo’llash, bir yilda ikki yoki uch marta hosil olish borasida jadal tadqiqotlar olib borilmoqda. SHu nuqtai nazardan, sholidan ekologik toza, mo’l va sifatli mahsulot yetishtirish uchun mavjud texnologiyalarni takomillashtirish, aniq qishloq xo’jaligi yuritish tizimiga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzgi boshoqli don va boshqa ertaki ekinlardan bo’shagan maydonlardan samarali foydalanish, sholi navlari ko’chatlarini oqilona ekish muddati, sxemasi va ko’chat sonini aniqlash, agrotexnika elementlarini maqbullashtirish, muhim nazariy va amaliy dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqotchining mukammal holatda ishlab chiqilgan yakka tartibdagi ish rejasi hamda ishchi dasturi ilmiy tadqiqotlar olib borish samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridandir. Shu maqsadda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 06.01.08 – O'simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant Holdarova Sevaraxon Rahmatjon qiziga qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Tursunov Xayrullo Odiljonovich rahbarligi ostida “Arpa sholi turiga mansub bo’lgan navlarni ko’chat usulida yetishtirishni ilmiy asoslash (Andijon viloyati sharoitida)” mavzusi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan ish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturda tadqiqot mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda amaliy axamiyati asoslangan hamda tadqiqotning ish rejasi аks ettirilgan. Ushbu ishchi dastur ishga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi hamda ishchi dasturda belgilangan rejalardan tadqiqot ishini olib borishda foydalanish mumkin. “Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” q/x.f.d, professor katta ilmiy xodim S.Abdurahmonov Download 10.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling