Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti turizm(agroturizm) ta’lim yo’naishi talabasi hakimov sardorbekning turizm iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan


Download 0.52 Mb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1521040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
turizm kurs ishi Sardor

Luks klass. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda, odatda,
eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli
mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida
uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport, luks
klass mashinalari, alohida gid xizmatlari va hokazo. Bunday turlar
VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
Albatta turoperator sifatida kelishi kutilyotgan turistlarga dastlabki asosiy turmahsulot sifatida turpaket taqdim etamiz, ushbu kurs ishimda turpaketga ham alohida to’htalib o’tmoqlikni lozim deb topdim. Quyida turdasturlar haqida va uni tuzish to’g’risida so’z yuritmoqchiman.
Turistik xizmatlarni loyihalashtirish va turistik
sayohatning texnologik xaritasini tuzish
O‘zbekistonda turistik xizmatlarni shakllantirish Davlat
standartlari bilan tartibga solinadi. Turistik xizmatni yo‘lga qo‘yish
uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu
bozor ehtiyojlarini o‘rganish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan
muvofiqlashtirilgan xizmatlar va xizmatlarni bajaruvchining
imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‘indisidan iboratdir.
Turistik xizmatlarni loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1Xizmatlarning me’yorlashtirilgan tavsifini belgilash.
2.Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni texnologiyalarini
belgilash.
3.Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish.
4.Sifat nazorati metodlarini belgilash.
5.Loyihaning tahlili.
6.Loyihani tasdiqlash uchun taqdim etish.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat
ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha (masalan, xizmatlar
bo‘yicha ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish, xizmatlar uchun hisobkitob) amalga oshiriladi va ularning har biri uchun alohida
texnologik xarita tuziladi.
Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab
o‘zgarishi mumkin. Turistik xizmatni loyihalashtirishning natijasi
texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik xaritalar, yo‘riqnomalar,
qoidalar, reglamentlar va boshqalar)
Ayrim turistik xizmatlarni loyihalashtirishni turistik sayohat
misolida ko‘rib chiqamiz:
turistik sayohat xizmatini loyihalashtirish tartibi ikki bosqichni
nazarda tutadi:
1. Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq turistik
sayohatga qo‘shiladigan har bir xizmatni loyihalashtirish;
2. turistik sayohat xizmatini yaxlit loyihalashtirish.
Turistik korxona amalga oshiradigan turistik sayohat xizmatlarini
loyihalashtirish turistik korxona imkoniyatlarining turistlar ehtiyoji
bilan o‘zaro mutanosibligini nazarda tutadi.
Turistik sayohat xizmatining qisqacha bayoni aholining sayohatlar
turi va shakliga bo‘lgan ehtiyoji hamda muayyan hududdagi
rekreatsion imkoniyatlarni o‘rganish asosida tuziladi. Xizmatning
qisqacha bayoni turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturining loyihasida
aniqlanadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling