Turistik mahsulot tarkibi turizm maqsadlari va jarayonida
turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan, eng kamida
ikkita yoki ko‘plab turistik xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot
vositalari, boshqa turistik zaxiralardan tashkil topgan turistik
xizmatlar paketining tarkibiga kiruvchi majmuadan iborat
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining
3- moddasiga asosan: «Tur – muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik
xizmatlar majmuyi (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish,
transport, rekreatsiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar)
bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat», – deb
belgilangan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, turistik mahsulotning
asosiyelementlari bo‘yicha turistik xarajatlar tarkibi quyidagi holatda
bo‘ladi.
Turistik mahsulotning asosiy elementlari bo‘yicha
turistik xarajatlar tarkibi
Turistik xarajatlar tarkibida ko‘rsatilganidek, turist sayohat uchun
sarf qiladigan umumiy xarajatlarining 50% ini asosiy xizmatlar
turpaketning xarajatlari, 30% ini qo‘shimcha turistik xizmatlar, 20%
ini tovar (sotib olish: suvenir va boshqalar) xarajatlari tashkil etadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy xizmatlar turist xarajatlarining
asosini tashkil etsa-da, qo‘shimcha xizmatlar uchun ham turist
qolgan pulining aksariyat qismini sarflay olishi mumkin ekan.
Jozibador turistik mahsulot yaratish va xizmat kursatish
klasslari
Turoperator faoliyatning asosiy vazifasi tegishli xizmat ko‘rsatish
dasturi bilan mustahkamlangan tur yaratish hisoblanadi. Aynan shu
turistik mahsulot turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, bozorga
chiqariladigan asosiy turistik mahsulot hisoblanadi. Sotishni tashkil
etish usuli va turist talabnomasining turiga qarab turlar individual va
guruhli bo‘lishi mumkin.
Individual turlar. Turistlarga ko‘proq erkinlik va mustaqil
harakatlanish imkonini beradi. Ammo bunday turlar guruhli turlarga
nisbatan qimmatroq, chunki individual turlar tarkibiga kiruvchi ichki
yo‘nalishdagi transport, gid (tarjimon) xizmatlari va ba’zi boshqa
xizmatlar uchun to‘lov to‘lig‘icha turist zimmasiga tushadi. Guruhli
turlarda esa to‘lov guruhdagi a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |