Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti turizm(agroturizm) ta’lim yo’naishi talabasi hakimov sardorbekning turizm iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan
Download 0.52 Mb.
|
turizm kurs ishi Sardor
O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent– Samarqand–Buxoro–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qiladilar. Chunki O‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu mintaqalarda yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‘liga taalluqli ko‘pgina obyektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‘zbekistonga guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadilar). Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muhim turistik jozibador manzillar mavjud bo‘lsa-da, turistik infratuzilmaning rivojlanmaganligi tufayli turistlarning bu joylarga kelishlariga to‘sqinlik qiladi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‘tuvchi yo‘l qayta ta’mirlandi. Samarqanddan Surxondaryoga, Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga turistlarni tashish uchun elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l qurildi. Toshkent–Samarqand yo‘nalishini tashkil etuvchi 344 kilometrli masofani atigi 2 soatda bosib o‘tadigan, yuqori tezlikda harakatladigan «Talgo–250» rusumli yo‘lovchi tashuvchi elektropoyazdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir o‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘l izlari yotqizildi. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi temiryo‘l vokzallari qaytadan to‘liq rekonstrutsiya qilindi. Xorijiy turistlarga yuqori servis xizmatlarini tashkil qilish maqsadida bu shaharlarda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda va yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. Turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valutasi va sarmoyalari oqimini ta’minlaydi, unga yaqin bo‘lgan sohalarning tez o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishga yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf-xarajat bilan turizm sohasida katta miqdordagi valuta kelib tushishini ta’minlash mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda turizm uchta yetakchi sohalar qatoriga kiradi, tez sur’atlarda rivojlanadi va muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki turizim: – mahalliy daromadni o‘stiradi; – yangi ish o‘rinlarini yaratadi; – ishlab chiqarishning turistik xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini rivojlantiradi; – turistik markazlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantiradi; – xalq hunarmandchiligi markazlari faoliyatining rivojlanishini tezlashtiradi; – mahalliy aholi yashash darajasining o‘sishini ta’minlaydi; – valuta tushumlari miqdorining o‘sishiga yordam beradi. Turizm sayohatlarning bir turi bo‘lsa-da, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi, turistni sayohatchi deyishimiz mumkin, ammo sayohatchini esa har doim ham turist deya olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan soha hisoblanadi. Turizmbu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni sayyohning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil turistik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling