4. Bo’yash usuli bilan pardozlash. Bu usulda chizmadagi detal sirti qalam bilan ishqalanib qoraytiriladi yoki bo’yoq, tush suyultirib mo’yqalamda bo’yaladi.
| | 1. Umumiy ma`lumotlar. Ortogonal proyeksiyalardagi chizmalariga ko‘ra ularning fazoviy shakllarini tasavvur qilish qiyin. Bunday hollarda buyum chizmasini uning yaqqol tasviri bilan to‘ldirish zaruriyati tug‘iladi. Bunday tasvirlar aksonometrik proyeksiyalar bo‘la oladi. Lekin aksonometrik proyeksiyalarning hammasi ham yaqqol bo‘lavermaydi. Buyumni yaqqol qilib tasvirlash proyeksiyalash yo‘nalishi va proyeksiyalar tekisliginig vaziyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aksonometrik proyeksiya qisqacha aksonometriya deb yuritiladi (aksonometriya grekcha so‘z bo‘lib, axon – o‘q, metrien – o‘lchayman, ya’ni o‘qlar bo‘yicha o‘lchash degan ma’noni bildiradi.) 2. Aksonometrik o‘qlar va ular bo‘yicha o‘zgarish koeffisientlari Dekart koordinatalar sistemasidagi uchala koordinata o‘qlari uchun umumiy bo‘lgan e uzunlikni masshtab birligi sifatida qabul qilamiz. Buni natural masshtab birligi deb ataymiz. Natural masshtab birligi e kesmani OX, OY va OZ koordinata o‘qlariga qo‘yib, ularni P tekislikka proyeksiyalasak, ex, ey, ez, kesmalar hosil bo‘ladi. Bu kesmalar aksonometrik masshtab birliklari deb yuritiladi. Ularning e ga nisbatlari aksonometrik o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffitsientlari deb yuritiladi va quyidagicha belgilanadi: Aksonometrik proyeksiyalar uch turga bo‘linadi: Aksonometrik proyeksiyalar uch turga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |