Andijon shahar 1-umumiy o`rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasi 2021-2022 o’quv yili yakuni bo’yicha hisoboti


Download 22.92 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1389582
Bog'liq
hisobot 2022 aniq 35081


Andijon shahar 1-umumiy o`rta ta’lim maktabi
Aniq fanlar metod birlashmasi 2021-2022 o’quv yili yakuni bo’yicha
HISOBOTI

2021-2022 o`quv yili Aniq fanlar metod birllashmasi o`z faoliyatini yillik ish reja tuzib olish bilan boshladi. Aniq fanlar metod birlashmasiga matematika, informatika fanlarining 18- nafar a’zosi birlashtirilgan, ular tarkibi sentabr oyida o`tkazilgan attestatsiya yakuniga ko`ra 2 nafar birinchi toifali, 4 nafar ikkinchi toifali, va qolganlari mutaxassis o`qituvchilardan iborat.


Dars soatlari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 3271-qaroriga asosidagi Nizomga muvofiq taqsimlandi.
Har bir o`qituvchi yillik ish rejasini davlat dasturi asosida ishlab chiqdi. Ish rejalar metod birlashma yig`ilishida ko`rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya qilindi. Aniq metod birlashma a’zolari har biri o`quvchilarni Xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorlash rejasini ishlab chidqi, shu asosda o`quvchilar bilan tayyorgarlik ishlarini olib bordi.
Maktab I- tur ichki olimpiadasi Nizom asosida o`tkazildi. G`olib o`quvchilar shahar olimpiadasida qatnashib keldi. Aniq fanlar tasarrufiga kiruvchi fanlar bo`yicha qatnashgan o`quvchilar shahar o`rtacha natija ko`rsatdi. 11-sinf da matematika va informatika fanidan munosib ishtirok etdilar ammo sovrinli o’rinlar nasib etmadi. KIUF halqaro olimpiadasida esa 10-sinf o’quvchisi Shuxratbekov Ziyodullo faxrli II- o’rinni egallab yahshi natija ko’rsatdi.
Ilg`or o`qitish metodlarini izlab topish, metod birlashma yig`lishlarida ma’ruza qilish, muhokama qilish va o`rgatish ishlari yo`lga qo`yildi. Zakirova Adelya,Holmirzayeva Nargiza, Arzibayev Komiljon kabi o’qituvchilarning mavzulardagi ma’ruzasi o`rganib, dars soatlarida qollanishga tavsiya qilindi.
“Ustoz-shogird” an’analari yo`lga qo`yildi. Informatika o`qituvchisi Arzibayev Komiljon -informatika o`qituvchisi Boltaboyeva Nazokatga, matematika o`qituvchisi Ashurov Abduvohid - yosh o`qituvchi Begaliyev Diyorga, matematika o`qituvchisi Zakirova Adelya- matematika o`qituvchisi Tolibjonov Botirga biriktirildi.
Ochiq darslar jadvali ishlab chiqildi, shu reja asosida metod birlashma tasarrufida
yil davomida ochiq darslar, tadbirlar, seminar va tanlovlar tashkil qilindi.
Maktabimizda 2021-2022 o‘quv yilida "Ta’lim sifatini baholash bo'yicha PISA 2022 xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha yo'l xaritasida belgilangan tadbirlarning o'z muddatlarida bajarilishi tashkil etilgan. O‘quv yili davomida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ishlarini ya’ni o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish amaliy ko‘nikmalarini shakillantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o'tkazilib bormoqda
2022 yil xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi kutilayotgan PISA yoshidagi ya'ni 15 yosh-u 3 oylikka to’liq to’lgan va 16 yoshu 2 oylikka to’lganlar o‘rtasidagi yoshdagi (taxminan 2006-2007yy tug'ilgan) o'quvchilar ro'yhatini shakllantirib, shu yoshdagi o’quvchilar bilan(8-9 –sinf) tayyorgarlik boshladik. Asosan matematika o’qituvchilari Ashurov A, Djurayeva S. Niyazhodjayev Rlar PISA ga tayyorgarlik uchun mashg’ulotlar o’tkasib turishadi. Bizga bu ishda Andijon shahar koordinator o’qituvchilari seminarlar, treninglar o’tkazib berib bizga ko’maklashyaptilar.
Uslub birlashma o’qituvchilari “Milliy reyting” ga tayyorgarlik bo’yicha ham ish olib borishmoqda.Hususan 9-sinf o’quvchilarini bilim darajasining aniqlash bo’yicha nazorat materiallari yaratdildi, o’zlashtirishiga qarab guruhlarga ajratildi, olingan nazorat ishlari tahlil qilinib, monitoring ishchi gruppasiga taqdim etildi.
Fan to`garak mashg`ulotlari o`z faoliyatini sentabr oyidan boshladi. Ish reja asosida mashg`ulotlar olib borish yo`lga qo`yildi.
Matematika va informatika fan o`qituvchilari uchun dushanba metod kuni samarali tashkil qilish, IT-kunini qiziqarli o’tkazish,tayanch mashg`ulotlariga to`liq qatnashish yo`lga qo`yildi.
Darslardan bo’sh vaqtlarda, o’qituvchi pedagoglarni kompyuter savodhonligini oshirish maqsadida maktab direktori buyrugi bilan, tasdiqlangan reja asosida informatika o’qituvchisi Arzibayev K tomonidan MASTER KLASS lar otilmoqda.
1-yarim yil bo’yicha sinflar kesimida monitoring olindi.
Matematika fanidan:
11-sinflar 76%, 10-sinflar 77%, 9-sinflar 78 %,8-sinflar 77%,
7-sinflar 78 %, 6-sinflar 78 %,5-sinflar79 % tashkil etdi. O’rtacha 77,5%
Informatika fanidan:
11-sinflar76 %, 10-sinflar 75 %, 9-sinflar 78%. O’rtacha 76 %

Aniq fanlar uslub birlashmasida 2022-yil attestasiyadan o’tish maqsadida bir necha o’qituvchilarimiz onlayn ariza topshirish repetisiyada ishtirok etishdi, jumladan, Qobulova N, Niyazhodjayev R, Mirzaitov S,Zakirova A.


Metod birlashma yarim yillikda 3 marta yig`ilish o`tkazib, qilingan va rejalashtirilgan ishlar, ilg`or metodik tavsiyalar yuzasidan fikr almashtirdilar.
II-chorak 27-dekabrdan 24-yanvargacha onlayn formatda, 24 fevraldan oflayn tarzda boshlandi. Yanvar oyida fan olimpiadalarini shahar bosqichi bo’lib o’tdi,
Metod birlashmadagi o’qituvchilar kelgusi yil fan olimpiadasiga puhta tayyorgarlik ko’rishni kelishib oldilar.
Andijon shahar XTBning 2022-yil ____-yanvardagi _______-sonli xati asosida maktabda “Matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fan oyligi” ni o’tkazish to’g’risida maktabning 2022 yil 31yanvardagi ____- sonli buyrug’i ishlab chiqildi. “Aniq fanlar oyligi” ni o’tkazish yuzasidan reja ishlab chiqildi. Shu reja asosida ochiq darslar jadval bo’yicha noan’anaviy usullarda darslar o’tkazildi. DTS talablari bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan BKM larning monitoringi o’tkazildi. O’qituvchilar orasida , “Eng namunali dars ishlanmasi” , “Eng namunali ochiq dars” ko’rik tanlovlari o’tkazishga kelishib olindi.
6-7 sinflar o’rtasida “Zakovat”o’yini, 8 “G” va 8 “D” sinflar o’rtasida “Yosh Informatik” bellashuvi, 7 sinflar o’rtasida da esa “Matematik ring” bellashuvi matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari oyligiga bag’ishlandi.. Bunda o’quvchilarga buyuk ajdodlarimizga bo’lgan hurmat, muhabbat va ular merosini ardoqlash kabi xislatlar singdirildi, ularning topqirligi, tezkorligi, bilim darajasi aniqlandi.
Metod birlashma a’zolari “Besh tashabbus” tadbirlarida hamda maktab va shahar tashkiliy tadbirlarida ham faol qatnashdilar.
Yil davomida uslub birlashmada 5 ta yig’ilish o’tkazildi Metod birlashma a’zolari o’quv yili davomida o’quv seminarlarida qatnashishdi.
Jurnallarga chorak yillik baholar qo’yildi. Imtihon sanalari va konsultatsiya kunlari e’lon qilindi.


1-maktab aniq
fanlar metod birlashmasi rahbari K.Arzibaye.
Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling