Andijon shahar 5-umumta’lim maktabi tarbiya fani o’qituvchisi


Download 1.63 Mb.
Sana27.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1234471
Bog'liq
Surat va siyrat

ANDIJON SHAHAR 5-UMUMTA’LIM MAKTABI TARBIYA FANI O’QITUVCHISI

FERUZA RAXMATULLAYEVA

MAVZU:


SURAT
VA
SIYRAT
MAVZUGA DOIR ATAMALAR
Surat
Siyrat
Imij
Dress-kod
Tashki-lot imiji
Shaxsiy imij

Imij – shaxs, hodisa, narsani ommalashtirish, reklama qilish maqsadida odamlarga hissiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatishni ko‘zlab shakllantiriladigan qiyofa.

IMIJ so’zi inglizcha “image” so‘zi “ko‘rinish”, “qiyofa”, “siymo”, “timsol” ma’nolarini anglatadi.

Tashqi qiyofa deganda faqat yuz ko‘rinishi, soch rangi va shu kabilarnigina emas, balki kishining yurish, eshitish, gapirish, kulish, yig‘lash kabi xislatlarini ham tushunaman, chunki kishining ichki olami go‘zal bo‘lsa, bu uning tashqi qiyofasida ham o‘z aksini topadi. F. Shalyapin

Jozibali imijga ega bo‘lmay, ya’ni odamlarning qalbidan joy olmay turib, katta natijalarga erishish mumkin emas. Kishilar oldidagi tanlash muammosining keskinlashuvi hamda barcha bozorlarda raqobat o‘sishi natijasida imijga bo‘lgan e’tibor ortmoqda.

Har qanday jamoa o‘z imijiga ega bo‘lishi zarur. Jamoa imijini yaratish vazifasi jamoaning har bir a’zosi zimmasiga yuklatiladi.

Imij insonlar uchungina emas, balki tashkilotlar uchun ham zarurdir. Tashkilot, firma jahon bozoridan o‘rin olishi, uni uzoq vaqt saqlab turishi uchun ham o‘z imij(brend)iga ega bo‘lishi zarur.

Asling kabi ko‘rin yoki ko‘ringaning kabi bo‘l. Jaloliddin Rumiy

“Dress-kod” atamasi inglizchadan olingan bo‘lib, “Libos kodeksi” degan ma’noni bildiradi.

Poyabzal atrofdagilarning ko‘ziga tashlanib turmasligi va egasiga noqulaylik tug‘dirmasligi kerak. Qulaylik va ixchamlik poyabzal tanlashdagi asosiy sifatlardir.

Paypoqlar rangi poyabzal rangiga mos tushishi lozim. Paypoqlarda rangli rasmlarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.

Rasmiy vaziyatda pidjak tugmalari qadalgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Nonushta, tushlik, kechki ovqat vaqtida stolga yoki stol yonidagi kresloga o‘tirganda pidjak tugmalari yechib qo‘yiladi.

Shim old tomonidan poyabzalning ustiga salgina taxlanib turishi, orqa tomondan poshnaning boshiga yoki o‘rtasiga yetishiga e’tibor beriladi. Shim chiziq chiqarib yaxshi dazmollangan bo‘lishi kerak.

Kamar charmdan, to‘q rangli va oddiy to‘qaga ega bo‘lishi jiddiylik belgisi hisoblanadi.

Ko‘ylak bel atrofida taxlanib qolmasligi, shishib turmasligi va kamar ostidan chiqib ketmasligi kerak. Oq va bir tusli ko‘ylaklar yaxshi ta’b, obro‘, salohiyatdan darak beradi. Ko‘ylak kostyumdagi eng to‘q rangdan yorqinroq bo‘lishi lozim.

Galstuk kostyumga mos bo‘lishi, ko‘zga yaqqol tashlanmasligi zarur. Qishda qoramtir to‘q rangdagi, yozda yorqin tusdagi galstuk taqqan ma’qul. Galstukdagi asosiy rang kostyumdagi ranglardan biriga mos bo‘lgani afzal.

Go‘zal sifat va husni xulq bezamagan kishini hech qanday kiyim ko‘rkam qila olmas. Mahmud Zamaxshariy

UYGA VAZIFA: “Ayollar uchun ish kiyimi” matnini o’qib-o’rganish. “Oltin qoida”ni yod olish.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling